Adabiyotshunoslik tarixi


Til tafakkurning reallashuv shakli



Download 0,86 Mb.
bet27/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Til tafakkurning reallashuv shakli. “Tillar tarixiy ma’­lu­motlar xazinasi... tillar bu yonmaydigan, yuvilib ketmaydigan, mafkuraning ta’siriga berilmaydigan arxiv, bosh intellektual merosdirki, bu sonsiz ajdodlar avlodi (silsilasi)dan bizgacha etib kelgan”60. Turk tilining o‘tmishiga nisbatan tukyu, xoqoniy, chig‘atoy, eski o‘zbek tili atamalari qo‘llansa-da, olimlar turkiy tillarning genezisi haqida fikr yuritarkan, “bronza davrida cho‘pon-chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi turklar ja­miya­ti shakllangani, uning natijasi o‘laroq turk etnogenezi vujudga kelgani”61 haqida fikr qiladilar.
Akad. N.A.Baskakov turk tili tarixini quyidagi davrlar bilan bog‘liq holda tizimli o‘rganishni taklif qiladi: Oltoy davri (1), xunnlar davri, milodiy V asrgacha (2); qadimgi turk tili, V-X asrlar (3); o‘rtaturk tili, X-XV asrlar (4); yangi turk tili yoki ayrim qavmlar tillarining taraqqiyot davri, XVI-XX boshlari (5) va eng yangi davr sifatida 1917 yildan keyingi davr ko‘rsatiladi (6)3. Bu tasnifda sho‘rolar davrida amalga oshiril­gani uchun 1917 yilgi to‘ntarishidan keyingi til siyosatiga alo­hida davr sifatida qaralgan, biroq Oltoy tillari davri haqidagi g‘oya jahonning ko‘p olimlari tomonidan tan olingan. Bunda Oltoy tillari davri (e.a. VI mingyillikkacha kechgan davr)da turk, man­jur–tungus tillari, mo‘g‘ul tillari mavjudligi manbalarda e’ti­rof etiladi62. Bu fikrga aniqlik kiritish maqsadiga B.Ya.Vladi­mir­tsov yozadi: “mo‘g‘ul tili ham turk va tungus tillari bilan birga bir bobotilga borib taqaladiki, uni shartli ravishda Oltoy tillari deb ataydilar. Oltoy tili mavjud bo‘lganmi, yo‘qmi noma’lum, biroq Oltoy tillari mo‘g‘ul, turk, tungus tillarining o‘zaro aloqasi tufayli rivojlanish davriga kirgan”63. Ma’lumki, Oltoy davriga tegishli moddiy yodgorliklar bizgacha etib kelma­gan. Shuning uchun, bu davr haqidagi tasavvur tarixiy yodgorliklar yoki yozma yodgorliklar bilan emas, balki “bu davr tillari va ularning xususiyatlari haqida gipotetik tiklangan qiyosiy-tari­xiy metod vositasida ayrim o‘lik va hozirgi jonli tillar, bir tomondan, tungus-manchur, boshqa jihatdan, turk-mo‘g‘ul guruhlari­dagi tillarning keyingi differentsiyalashuvini kuzatamiz”64. Turklarning xo‘jalik va turmushi bilan bog‘liq ayrim so‘zlar barcha Oltoy tillari uchun umumiy bo‘lgan mo‘g‘ul va turk tillarida buqaG’bug‘a, buxa (mol), buxuG’ bug‘u (kiyiksimon hayvon), bo‘ka (qo‘y) so‘zlari o‘zakdosh bo‘lib, hayvonlarga nisbatan qo‘llanilgan. Shuningdek, bu so‘zlar faqat hayvon nomlarini ifodalabgina qolmay, balki qadimgi inson qarashlaridagi totem va kultlarni ham ifodalaganki, ayni mana shu kultlar orqali qadimgi turklarning diniy va san’at haqidagi tasavvurlari shakllangan, dastlabki ieroglifik yozuvlarda buqa tasviri hilol (yangi oy) shaklida tasavvur qilingan. G’or yoki toshlarga tushirilgan hay­vonlar suratlari orasida buqa qadimgiroq ekani to‘g‘risida so‘nggi polialit (ilk tosh davri, 12-mingyillik) davriga oid Altamir (hozirgi Ispaniya hududida) g‘oridagi ho‘kiz surati, Zarautsoy qoyatoshidagi Buqalar jangi tasviri haqida qadimshunoslar xabar beradi65.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish