Adabiyotshunoslik tarixi


Sak (skif)larning adabiy qarashlari



Download 0,86 Mb.
bet28/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Sak (skif)larning adabiy qarashlari. Jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan saklar e.a. VI-V asrlarda Qora den­gizning shimolidan Yoyiq (Ural)ga qadar hududda yashaganlar. Bu turkiy qavm shakG’ sakG’sayG’sakaG’saqaG’saxaG’iskifG’skifG’massaget kabi turli tillarda turlicha nomlangan, biroq so‘zning asl o‘zagi saq bo‘lib, manbalarda xunlarning ajdodlari sifatida ko‘rsatiladi66. Qadimshunos S.L.Rudenko Oltoy o‘lkasida olib borgan arxeologik qazishmalar natijasida saqlarning kiyimlarida aks etgan o‘ziga xosliklar, Assuriyaning ittifoqchisi sifatida qatnashgan jang­lardagi harbiy mahorati, ularning suratlari esa Bobilning Namrud saroyi xarobalarida chizib qoldirilgan rasmlarda aks etganini qayd etadi67. Shuningdek, saqa madaniyatiga oid kuza­tishlar yunon tarixchilari Arrian, Pliniy, Strabon, Polien, Ktesiy asarlarida uchraydi. Bu manbalardagi ma’lumotlarni jamlaganda, saqalar e.a. II asrgacha Turonda hayot kechirganligi ma’­lum. Bu haqda turk manbalarida ham yozishgan: “Turklar Tangritog‘ (Tyan-Shon)ning shimoliy va g‘arbiy yonbag‘irlaridan to Orol ko‘­liga qadar uzangan cho‘llarda ilk bor tarix sahnasiga chiqdilar. Turklarning bizga ma’lum bo‘lgan ilk siyosiy tashkillanishi miloddan oldingi VIII asrga to‘g‘ri keladi. Bu paytda Tangri tog‘­lari atrofida tashkio topgan va Chindan Evropaga qadar yoyilgan Saqa imperatorligi qurildi68.
Ilk afsona va miflardagi adabiy-estetik qarashlar. Dunyo­ning yaratilishi, osmon jismlari, inson va jonzotlarning vujudga kelishi, inson va tabiat munosabatlari asosida shakllan­gandir. Shuning uchun ham qadimgi miflar kosmogoniya, ya’ni Olam­ning yaratilishi, Buyuk to‘fon davri, G’arb va Eron istilosi kabi masalalar aks etgan.
Ilk turk nasri buloqlarini axtarganda Mahmud Koshg‘ariy nazar­da tutgan afsona, rivoyat, hikoyat va asotirlarni o‘rganish mavzuga etarli manba bo‘la oladi. Qadimgi «To‘maris» va «Shiroq» afsonalarini nasr yo‘lida tarqalib, bizgacha ayni shunday shaklda saqlanganini esga olsak, uning og‘zaki adabiyotdagi ildizlarini tasavvur etishga imkon topiladi. «O’zbek nasri tarixidan» jamoa tadqiqoti mualliflari bunga Mug‘ tog‘i qasrida topilgan so‘g‘d taqvimi, Sharqiy Turkistondagi so‘g‘d tilida yozilgan ona va qiz o‘rtasidagi oilaviy maktubni ham kiritadilar12.
Avesto”da ezgu so‘z poetikasi. Sharq xalqlarining qadimiy adabiy, ma’naviy, madaniy va falsafiy nodir yodgorliklaridan biri “Avesto” (Beruniy “Osor ul-boqiya”da “Abisto” deb yozadi) ming yillar davomida tarixchi, filolog, madaniyatshunos, etnog­raf olimlar tomonidan jahonning turli mamlakatlarida o‘rgani­lib kelinmoqda.
Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto” (hozirgi tilda “Asosiy kitob” ma’nosida) diniy e’tiqod kitobi bo‘lishi bilan bir vaqtda so‘z san’ati yodgorligi hamdir. Zardush­tiylar ezgu ishlar ma’budi Axura Mazda (Xurmuzd, yunonlarda Xirmis, Germes)ga ibodat qilish bilan birga Quyosh, olov, zamin – Er, suvga – daryo va soylarga, shuningdek, nomoddiy, ma’naviy, umuminsoniy ideallarga: Asha (haqiqat)ga, Baxt-iqbol ma’budasi – Aishga (tole’, taqdir)ga sajda qilishgan. Axura Mazdaning olti yordamchisi yoki tajalliysi – Amesha Spentalarga sajda qilinib, yashtlar – salovatlar aytiladi. Bu olti tajalliylar – Axura-Mazdaning kuch-qudrati timsollari: 1. Vohu-Mana –ezgu niyat. 2. Asha-Vaxishta – eng yaxshi haqiqat. 3. Spenta-Armayti – muqaddas halollik, sofdillik. 4. Xshatra-Varya – tilakli hokimiyat. 5. Xarvatat – butunlik, yaxlitlik. 6. Umuratat – uzoq umr, abadiy hayot. Bu olti ideal – axloqiy va ma’naviy kamolotga eltuvchi kuch­lar insonlar uchun eng oliy qadriyatlar sifatida ulug‘langan.
“Avesto”da mana shu olti muqaddas kuchlarni Axura Mazda eng avval yaratganligi aytiladi. Bu esa Aflotun g‘oyalar nazariyasiga ham muvofiq keladi. Ya’ni, axloqiy, ma’naviy ideallarga sadoqat, ularni qadrlash inson olamini hayvonot olamidan ustunligini ko‘rsatadi. Mana shu fazilatlari, xislatlarning yo‘qligi hayvon­larga yaqinlikni bildiradi.
“Avesto” tili qadimgi sanskrit bilan qadimgi pahlaviy tili qorishig‘idan iboratligi aniqlangan. “Avesto”da Baxdi (Boxtar, Baqtriya), Oral, Amudaryo havzasi – Xorazm vohasi realiyalari saqlanib qolganligidan zardushtiylik avval Xorazmda paydo bo‘­lib, keyin (ehtimol, kayoniylar davrida yoki sosoniylar davrida) Hindistonga va Eronga tarqalganligini taxmin qilish mumkin. Ming yillar davomida yo‘qolgan “Avesto” matni frantsuz olimi Anketil dyu-Perron tomonidan topilib, 1771 yilda frantsuzchaga tarjima qilindi.
“Avesto” matni to‘rt katta qismdan iborat:

  1. Vandidod yoki Videvdod – yovuz kuchlar, devlarga qarshi duolar.

  2. Visparad – Axura Mazda va olti ma’naviy qadriyat – ideallarni ulug‘lovchi ibodat qo‘shiqlari.

  3. Yasna kitobi – barcha ma’budlarga duo-iltijolar. Gohlar – munojot qo‘shiqlari ham shu bo‘limda.

  4. Yashtlar – eng qadimiy avlodlar – madhlar, gimnlardan iborat.

Vendidod (ma’nosi: devlardan uzoqlashtiruvchi qonun yoki devlarga qarshi nizomlar) – bu bo‘limda ezgulik Tangrisi Axura Mazdaning o‘z payg‘ambari Zardushtga yovuzlik, yomonlik etakchisi Axriman (sanskritcha Angri Manyu)ning zararli kirdikorlarini tushuntiradi. Zardushtning savollariga Axura Mazda javob beradi. Bu javoblarda ezgulik ma’budi Xurmuz zardushtiylarning qadimiy vatanlarini, u erda bor yaxshiliklarni va Axrimanning tabiatga, insonlarga zararli kuchlari nimalar ekanligini bil­diradi. Bu mamlakatlarning nomlari qadimiy sanskritcha ekan­ligi shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik Hindistonga, undan keyin Eronzaminga va Yunonistongacha tarqalgan.
Evropa olimlari “Avesto”ning “Videv” qismini geografik poema deb ataydilar. Bu bo‘limda er kurrasining odamlar yashay­digan qismlarida Axura Mazda qanday ne’matlar yaratgan, Axriman o‘sha joylarda insonlarga zarar va halokat keltiruvchi jonzotlarni, yovuz kuchlar, devlar, turli kasalliklarni keltirib chiqargani aytiladi.
Axura Mazda aytadiki, Er yuzida insonlar uchun tayyorlangan eng yaxshi mamlakat Oriynam-Vayja bo‘lib, u erda xushmanzara Vahvi daryosi oqadi. Avestoshunoslar69 buni Oriylar eri, Pomir-Oloy yoki Hindikush mintaqasi deb taxmin qiladilar. “Avesto”da aytilishicha, bu mamlakatda (Oriyon-Vayjada) Angri-Manbu, Ahriman devlar bilan ilonlar mavjud, o‘n oy qish fasli va ikki oy yoz bo‘ladi.
Axura Mazda yaratgan ikkinchi mamlakat Hova bo‘lib, u erda sug‘dlar yashaydi. Bu joyning ofati chorva mollarni halok etuvchi zaharli pashshalardir. Bu so‘zlarga ko‘ra, So‘g‘diyona zaminida, Zarafshon vohasida qadimgi vaqtlarda botqoqliklar bo‘lganini bildiradi.
Uchinchi mamlakat – Mouru, aholisi Artaga – Olov ruhiga sadoqatli odamlar yashaydi. Axriman bu erga yuborgan ofat gunoh, zino ishlaridir.
To‘rtinchi mamlakat – Bahdi (Baqtriya), bu joylarda bayroqlar hilpirab turadi (harbiy qudratga ishora bo‘lsa kerak). Bu joyning ofati bug‘doylarni eb ketuvchi hasharotlar chumoli, chigirtka­lardir.
Beshinchi mamlakat – Mouru va Bahdi o‘rtasida joylashgan Nasayo bo‘lib, u joyning ofati gunohli shakkoklik, dinga, Xudoga ishonmaslikdir.
Oltinchi mamlakat – Xorayvo, bu joyda bir uyda odam o‘lsa, barcha u erni tark etadi. Yig‘i, faryod ko‘payadi.
Ettinchi mamlakat – Vaqarta. Ofati Girshasp shohni yovuz pari asir etganligidir.70
II asr yunon muallifi Diogen Laertiy yozishicha, fors af­sungari Zaroastr (Zardusht) davridan Troya urushiga qadar besh ming yil o‘tgan. Zardusht davridan Kayxusrav (Kserks) davrigacha olti ming yil o‘tgan.71 Bundan Troya urushi Kayxusrav davridan ming yil avval yuz bergan bo‘lib chiqadi. Bunday ma’lumot boshqa hech bir tarixchining asarida uchramaydi. Agar bu sanani to‘g‘ri deb o‘ylasak, Zardusht kitobi “Zand Avesto” yozilgan davr yanada qadimiyroq bo‘lib chiqadi. Diogen Laertiy o‘z kitobi muqaddima­sida aytgan bu ma’lumotdan insoniyat tarixida falsafa ilmi yunonlardan avval – Bobil, Assuriya, Misr, Xaldeya, Finikiya, Eronzamin va Turonzaminda paydo bo‘lgan degan fikr kelib chiqadi. Ammo boshqa manbalarda Zardusht Kichik Osiyo farzandi Fisog‘urs (Pifagor) bilan bir davrda yashagan, deyiladi. Beruniy “Osoru-l-boqiya”da yozishicha, miloddan avvalgi VIII asrda yashagan Buxtunnasrga somiriylar Isroiy davlatini egallashga yordam bergan, so‘ng ular Falastinga joylashgan, somiriylarning diniy e’tiqodi “yahudiylar (Tavrot) va otashparast (zardushtiylik) e’tiqodlarining qorishganidir”72. Beruniyning yozishicha, somi­riylar agar boshqa dindagi kishilarga biror eri tegib ketsa, yuvinib olardilar. Bu odat ham zardushtiylik odatiga o‘xshaydi.
Somiriylar hozirgi arablarning ajdodlari bo‘lib, otashpa­rastligi sababli eronliklar kabi To‘fon butun Er yuzini qop­lamagan, “To‘fon Taxmuras zamonida, Shom va Mag‘ribda (shimoli-g‘arbiy Afrikada – Jazoir, Marokash, Tirablus)da sodir bo‘ldi-yu, odamlar yashaydigan joylarning hammasida bo‘lmadi”, - deydilar. “To‘fonni inkor etishda, - deydi Beruniy, - hindlar, xitoylar va boshqa bir qancha Sharq xalqlari ular (otashparastlar) bilan bir fikrdadirlar”73. Bundan faraz qilish mumkinki, dahshatli to‘fon Nil daryosi toshganligi va ummon (okean) suvining ko‘tarilishi (ehtimol, ummonga osmondan katta meteorit tushganligi) bilan bog‘liqdir?

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish