Adabiyotshunoslik tarixi


Qadimgi Rimda adabiyotshunoslik



Download 0,86 Mb.
bet19/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Qadimgi Rimda adabiyotshunoslik
Qadimgi yunon adabiy-estetik madaniyatining durdonalari, Gomer dostonlari, Gesiodning she’rlari, Esxil, Sofokl, Evripid dramalari, Aristofan komediyalari Ellada xalqlarning milliy iftixorlariga aylangan, bu shoirlarning asarlari turli yunon qabilalarini yaxlit bir millat, xalq bo‘lib shakllanishiga hayot­baxsh ta’sir ko‘rsatgan edi. Yunon adabiyotining durdona asarlari Rim adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Rim shoirlarining ko‘pchiligi yunon adabiyotidan ilhomlanish bilan birga yunon dostonlari va dra­malarini lotin tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullandilar. Rim shoiri Liviy Andronik yunon she’riyatining shoh asarlaridan biri “Odisseya” asarini tarjima qilib, Rim adabiyotini boyi­tishga xissa qo‘shdi. “Iliada” dostonida janglarda qahramonlik ko‘rsatgan Axilles, Gektor, Patrokl, Agomemnon, Menelay, Odissey kabi bahodirlarning jasoratlari kuylangan bo‘lsa, Rim shoiri Vergiliy “Eneida” dostonida imperator Oktavian Avgust davrigacha bo‘lgan rimliklarning shon-shavkatlarini ulug‘lab, bu bilan Rim xalqida vatanparvarlik tuyg‘ulari va milliy ongni uyg‘otishga xizmat qiladi. Agar zodagonlar naslidan bo‘lgan har­biylar va davlat mansabdorlari qirg‘in urushlari, bosqinchilikni maqtasalar, xalqparvar shoirlar adolatsiz, bosqinchilik urushlar­ning sababchilarini o‘z she’rlarida hajv qildilar.
Shoir Vergiliy ko‘p yillar hukmdorlarni maqtab yozganidan so‘ng, oxiri uzlatga erishdi. Bu bilan hukmron tabaqalar ham, xalq ommasi ham shoirlarning ijodiga ehtiyoji bo‘lgani ko‘rinadi. She’riyat Yunonistonda ham, Rimda ham jamiyat, xalq hayotidagi dolzarb, muhim, jiddiy muammolarga o‘z munosabatini bildirgan. Agar Rim shoiri Vergiliy imperator Avgust saroyida e’zozlangan bo‘lsa, boshqa bir iste’dodli shoir Goratsiy respublikachi Brut armiyasida imperatorga qarshi jang qilgan. Shunga qaramay, O.Avgust bag‘rikenglik qilib (yoki Goratsiyning shoirlik iste’­dodidan foydalanish maqsadida), uni afv etgan va shundan so‘ng shoir imperatorning badavlat do‘sti Metsenat homiyligida, siyo­sat­ga aralashmay, nisbatan osoyishta va farovon yashab, go‘zal inso­niy tuyg‘ularni kuylab, ijod qilgan.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish