Adabiyotshunoslik tarixi


-modul. O’RTA ASRLAR ShARQDA ADABIYoTShUNOSLIK



Download 0,86 Mb.
bet32/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

5-modul. O’RTA ASRLAR ShARQDA ADABIYoTShUNOSLIK.
ISLOM RENESANSI. TASAVVUF ESTETIKASI
Reja:

  1. Islomga qadar arab adabiyotshunosligi.

  2. Islom renesansi. Adab ilmlari tasnifi.

  3. Markaziy Osiyoda adabiyotshunoslik ilmining shakllanishi.

  4. Ilmi aruz, ilmi qofiya va badoe’.

  5. Tazkirachilik taraqqiyotidan.

  6. Yaponiyada adabiy-estetik qarashlar.



Arab mamlakatlarida adabiyotshunoslik
Arablar-somiylar. Somiylarning asli Markaziy Afrikadan degan gipoteza mavjud. Bu taxmincha undan dalillar ko‘p, albatta. Ular orasida tilga doirlari ham bor. Arablar tilida faqatgina «sher» tushunchasini ifodalash uchun 60 dan ortiq so‘z mavjud. Hamma gap shundaki, arablar hozir egallab turgan xududda bitta ham arslon yashamaydi, ularning izi ham biror go‘shadan topil­magan. Bundan boshqa ishonarliroq sabablar ham bo‘lsa bordir. Biroq arablar hozir ularga nisbat beriladigan juda katta yarim orolda juda qadimdan yashaydilar. Sharqliklar bu xududni Arabiston deb atashadi.
Milodning boshlariga kelib, iqtisodiy shart-sharoit va va­ziyat yarim orol imkoniyatlarini susaytirib yuborgan, xalq tig‘iz­ligining ortib ketishi, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qayta taqsimlashni kutish mumkinligidan darak beradi. Shunday bo‘ldi ham, tarixchilar ishora etgan Ma’rib tug‘onining ishdan chiqish voqealari (to‘rt marta - miloddan oldingi II asr, milodning 450-, 542-, 750-yillar), bo‘liq erlarning sahroga qo‘shilishi, iqtisodiy qiyinchiliklarning ortiq bu jarayonning poyoniga etkazdi. Buyuk xalq ko‘chishlari boshlandi.
Arab qadimda Sharq va O’rta Er dengizi bo‘yida paydo bo‘lgan ma’rifat va madaniyat an’analarini, tamaddun kurshaklarini o‘z­lash­tira borib, 10-13 asrlarda ular bilan G’arbni ham tanish­tirdilar va shu bilan Evropa fanining, madaniyatining Uyg‘onish davridagi buyuk ko‘tarilishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Evropa qadimgi Sharq­ning tibbiyoti va matematikasiga, astranomiyasi va filoso­fiya­siga, tarixi va geografiyasiga ana shu tariqa oshno bo‘ldi. Ayniqsa, arab tilidagi adabiy-jo‘shqin she’riyat va ma­roqli nasr alohida qi­ziqish tug‘dirgan, uning Evropa adabiyotiga ta’siri juda sezilarli bo‘lib chiqdi. Evropa romanchiligi, sevgi lirikasi, hayvrnlar ha­qidagi didaktik hikoyalar, avantyurava galant novellalari kabi janrlarning Evropadagi ulkan rivoji arab o‘rta asr adabiyoti ta’­siri sifatida baholanadi. Arab ada­biyoi deganda, shubhasiz, katta hududda yashovchi arablarning uklan adabiyoti tushuniladi. Bu adabiyot hozirgi paytda turli ijtimoiy­lik, badiiylik, didaktika mundari­ja­lari kashf etgan esa-da o‘z bosh ildizi bilan o‘sha qadimgi o‘z aso­siga, ilk (arab) tilidagi an’analariga taqaladi. «Johiliyya» ata­masi manbalarda ikki tur­li tushuniladi. Birinchisi atamani keng ma’noda tushunish bo‘lib, islomdan oldingi arablar hayotini ang­lashadi va barcha davr-za­mon­larni qamraydi. Unga muvofiq, arab­larga doir makon va zamon ikkiga-islomdan oldingi va islom-ga aj­ratiladi; bu tushuncha arablar tomonidan qo‘llaniladi. Ikkinchi tushuncha ilmiy kuproq anlash bo‘lib, evropali olimlarda qo‘llanish topgan. U arablar­ning islomdan oldingi yaqin kechmishini, eramiz­ning 450-622 yil­lari o‘rtasidagi hayotinigina o‘z ichiga oladigan siyosiy-ijtimoiy vaziyatni nazarda tutadi.
Johiliyya davri turmushini 4 omil belgilaydi: sahro, bada­viy, tuya va xurmo. Sahro (cho‘l) va badaviy (cho‘lli) arab yarim oroli kundalik turmushining harakatga keltiradigan ikki dinamik bo‘lsa, sahroning eng erkin jonvori, badaviyning sahrodagi og‘ir hayotini engillashtiruvchi eng yaqin yordamchisi. U Arab bir o‘r­kachli bada­viyni go‘sht, sut, yung (kiyim) bilan taminlaydi, barcha boshqa hayotiy zaruriyatlarini qoplaydi.
Badaviylarda din turmushning muhim sharoitlaridan biri. Arab­larning bir necha qabilasigina keng tarqalgan dunyoviy din­lar­dan bahramand bo‘lganlar. Aytaylik, g‘assoniylar, tayylari nasro­-niy­lar edilar. Madina (yasrib) uning atrofi va xaybar­dosh­larning ko‘pchiligi mudaizmga itoatda bo‘lganlar. Arablar­ning qolgan juda katta qismi turli ma’budlarga, o‘z iloh sanam­lariga sajda etishgan. Ularning primitiv diniy tushunchalari yak­ka xudolik tushunchasini sig‘dira olmas, shunga ko‘ra, undan ko‘p­chilik yiroq edi. Arablar o‘zlarining qadrdon, yaqin sodda dinlari sanamparastlikka ruju qo‘yishgan, uni ehtiros bilan avayla­shar­di. Ba’zilar hatto xurmo hosili ko‘p etilgan yili undan o‘z sanamlarini yasab olishar, yana hosil etilgucha unga sajda etishar, hosil tugay boshlasa, etishmov­chilik sezilgan lahzalarda-yoq uni yana eb qo‘yishardi. Ular yana sanam (iloh) yasash uchun yangi mo‘l ho­sil taraddudini ko‘rishardi. Ayti­lishicha, Makkada, Ka’ba atro­fida 360 ta cho‘qinish manbai qo‘yil­gandi. Ular turli qabila yoki hatto oilalarga tegishli, ayrimlari ixtisoslashgan (yomg‘ir chaqi­radi, qum bo‘ronni susaytiradi, biror darddan xalos etadi) edi.
Eng yuqori iloh sifatida Alloh (al-Iloh) tan olinar, u bosh­qalardan ulug‘ edi, uni olamning yaratuvchisi deb tan oladilar. Biroq badiiy va uning kundalik turmushidan yiroqda, tepada, mavxumi bo‘lgani uchun o‘zlariga yaqin va qadirdon, o‘z ro‘parala­ridagi sanam ilohlari-tabiat kuchlariga ko‘proq talpinardilar. Biroq yana aytish kerakki, kundalik tashvishlar bilan band badav­latlarning diniy hissiyotlari juda sust edi. Shunga ko‘ra, ular yaratgan adabiyotda ilohlar, sanamlar, budlar va mozorlar tasnif­larini deyarli uchratmaymiz. Ozroq borlari ham islom davrida yo‘q bo‘lib ketgan, bizga etib kelmagan.
Arablar islomga qadar san’atni oshig‘ich qadrlashmagan, uni mu­kammallashtirish, rivojlantirish kabi faoliyat bilan shug‘ul­lanma­gan­lar. Biroq arablar so‘z san’atini sevishar, o‘z his-tuyg‘u va fikr­larini ifoda etish vositasi tilni, uning sofligi va ifo­da qobi­liyati tiniqligini yuksak qadrlashadi. So‘zsiz bu san’at rivojining boshi Ayyub qo‘shiqlari orqali miloddan oldin XXIII asrlarga tegishli, biroq bizga etib kelgan yodgorliklari V asr­ning ikkinchi yarmiga taqaladi.
Johiliy adabiyoti og‘zaki edi, uning mualliflari badaviy shoirlar bo‘lib, ular yozishmasdi; to‘g‘rirog‘i, yozishni ular o‘zlariga ep ko‘rmasdi, hatto yozuvni bilishmasdi ham. Arab tilida bir necha asrlar davomida yaratilgan johiliy adabiyot haqli ravishda, ja­hon madaniyatining ajralmas va boy bo‘lagi. U umumdunyo adabiyo­tining barcha xususiyat va xossalarini o‘zida ko‘zgudagidek aks et­tiradi. Biroq ayni paytda uning faqat o‘zigagina xos qator si­fatlari borki, ular alohida tadqiq va hukm talab etadi.
Adab(iyot)ining turlari deganda arablar dastavval uning ba­diiy va nazariy qismlarini nazarda tutadilar. Fikr qilishla­richa, badiiy adabiyot so‘zomollik iste’dodi tabiat tomnoidan in’om etil­gan yoki u faoliyat natijasida unga erishgan ilhomdor odamlar tomo­nidan yaratiladi. U ikki nav’da:
a) she’riyat (poeziya) – o‘sha yig‘noq nutq; uning shakliy negizida ritm, o‘lcham va qofiya, g‘oyaviy negiziya esa xayol (tasavvur) bor; johi­liyya davri adabiyotining katta qismi nazmda edi;
b) nasr (proza) – ritm, o‘lcham va qofiya qonunlariga bo‘ysun­maydigan, she’rga qo‘yiladigan shakliy talablardan xoli nutq; uning g‘oyaviy negizida hayol (tasavvur) va realistik, mantiqiy izchil tafak­kur bor. Johiliyya adabiyotining juda oz qisminigina proza tashkil etadi.
Nazariy adabiyotga kelsak, u arablar tafakkurida badiiy ada­biyot­ning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. U ham ikki nav’da:
a) adabiy tanqid – badiiy adabiyotni mohiyatan ilmiy o‘rga­nadi, uning san’at asari bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy unsur­lari va fazilatlarini tanqid qiladi;
b) adbiyot tarixi – adabiyotning uzoq asrlar davomidagi ri­voji jarayonlari tavsifi, ularning ilmiy tahlili bilan shug‘ul­lanadi.
Biroq johiliyya davri taraqqiy adabiyot bo‘lmagan va u haqdagi hozir mavjud adabiyot keyinchalik, sadru–l-islom davridan bosh­lab ijod etilgan.
Johiliyya davrida arab adabiyoti og‘zaki shakllar juda rivoj­langan, biroq u asosan badiiy adabiyotning she’riyat nav’inigina o‘z sirasiga olardi. Johiliy shoirlarining ilhomli ijodlari ovo­zasi hozirgacha, baralla eshitilib turibdi. Nasr u davrda kamroq rivoj­langan edi. Nazariy adabiyotning esa hali butunlay kurtak yozmaga­nini ko‘ramiz; u keyinroq, ilk islom davridan yozila boshladi. Shunga ko‘ra, arab johiliy adabiyotidan bizning tushun­chamizdagi ta­lablarga javoblar xohlasak, ularni bevosita she’r­lar tahlilidan, qasidalarning bahsidan qidirishimiz lozim. Hozir dunyoga mashhur arab johiliy she’ri, tarixi, tasniflari haqida va boshqa chuqur nazariy tahlilli asarlar va hatto fanlar ham ancha keyin yaratiladi. Biroq ularning asoslari johiliy davri adabiyoti zamirida mavjud edi va ularni keyinroq johiliy nazmi zamiridan sintez etishdi.
Johiliyya davridagi arablardagi adabiy nazariy vaziyat ha­qida ma’lumot beradigan va o‘sha davrda yaratilgan materialla­ridan fan ega emas. Ayrim mavjudlari epizodik xarakterga ega bo‘lib, asosan, qo‘shni yaxudiy, grek, rim, misr manbalarida uchray­di va ulardan foydalanishda, sezilib turibdiki, ayrim qiyinchi­lik­lar mavjud
Mavzuga taaluqli ilmiy adabiyot, gapni tugal ma’noda tushun­ganda, keyinroq, islom (asosan, abbosiylar) davrida yaratilgan. Bu davr ilmiy adabiyoti katta hajmdagi mahsulga ega; ularning ko‘pi mashhur olimlar tomonidan bajarilgan tadqiqotlar yakuni. Biroq hamma gap shundaki, tadqiqotchilarning ko‘pi johiliy (g‘ayridin) hayotning badiiy ifodasi bo‘lgan adabiyot va uning vakillariga o‘z islomiy tafakkurlaridan kelib chiqib baho berganlar. Ko‘p hol­larda bunday sharoit masala mohiyatiga ilmiy va adolatli qa­rashni orqa planga surib tashlaydi. Zamonaviy tadqiqotchi esa masala mohiyatini yuzaga chiqarish, islomga bo‘lgan davrda turmush tarzini belgilagan badaviylar madaniy-ma’rifiy hayoti bulog‘i ko‘zini ochish uchun ko‘p ter to‘kish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bu masalani tavsiflashda, bi­rinchidan, bizgacha etib kelgan badiiy birlamchi manbalarga tayanish va ikkinchidan, islom davri mahsu­lotiga munosabatda o‘ziga xos va tanqidiy tamoyillarga tayanish kerak bo‘ladi.
Arab adabiyoti tasnifi olimlar tomonidan umumiy tarzda qu­yi­dagicha tasnif etiladi:

  1. Johiliyya davri (475-622).

  2. Chahoryorlar va umaviylar davri (622-750).

  3. Abbosiylar davri (750-1258).

  4. Turklar hukmronligi davri (1258-1798).

  5. Uyg‘onish davri (XVIII asr oxiri - XX asr birinchi yarmi).

  6. Eng yangi davr (XX asr ikkinchi yarmi - hozirgacha).

Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib aytiladigan, johiliy davri adabiyoti o‘z qonuniyatlari bilan umaviylar davrida ham o‘z huk­mini o‘tkazgan. Shunga ko‘ra, ularni birlashtirish mumkin. Shu­ningdek, johiliy davri 475 yildan ko‘ra ancha ilgaridan boshla­nadi, biroq bizgacha uning namunalari etib kelmagan. Yana: G’arbda, Ispaniya tuprog‘i va G’arbiy shimoliy Afrikada 710 yillardan boshlanish oladigan arab Andalus (umaviy-abbosiy) adabiyoti XV asrlargacha mavjud bo‘lgan.
Arab adabiyoti rivoji, aslida, jamiyat rivoji marhalalari bilan bir kechdi. U mamlakat tarixi bilan rivojlandi, u o‘zga­rishi bilan birga o‘zgardi. Bunda vaziyat arab qabilalarining o‘za­ro munosabatlari va arablarning boshqa xalqlar munosabatlariga qarab belgilangan. Shu munosabatlar, odatda, adabiy ko‘tarilishga sabab bo‘lardi. Olimlar shunaqa uch ko‘tarilishini belgilashadi:

  1. Johiliy – umaviylar davrlari ko‘tarilish marhalasi;

b) Abbosiylar davri ko‘tarilishi marhalasi;
v) Hozirgi zamon adabiyoti ko‘tarilishi marhalasi;
Johiliy umaviy davri ko‘tarilishi arab adabiyotida birinchi bor ro‘y bergan rivojlanish marhalasi bo‘lib, u islomgacha bo‘lgan asrlarda boshlanib va barkamol yoshlik yillarini kechirdi. Bu davrda janubiy arablarning shimoliylar bilan qo‘shilib ketishi, bozor­larda va diniy markazlarda turli qabila tillarining ara­la­shib ketishi, barcha arablarning boshqa halqlar bilan munosa­batlari, kirishuvlari sodir bo‘ldi. Adabiyot o‘zaro qabila kurash­lari bilan arablarning boshqalarga hujumi yoki arablarga hujum bilan ilhom va ravnaq topardi, bozorlarda, musobaqalarda tobla­nardi. Bu ko‘ta­rilishga keyinchalik, Qur’on, islom fathlari ham rang beradi.
Johiliyya arablarida adab(iyot) og‘zaki shakldagina mavjud bo‘lganligini aytgan edik. To‘g‘ri, ko‘pchilik ko‘chmanchi badaviy­lar­dan iborat arab somiylari jamoasida yozuv juda keng tarqalmagan edi. Biroq masala mohiyati faqat bunga taalluqli emas. Chunki adabiyot maxrajlarini sinchiklab o‘rgangan olimlarning ta’kid­lash­laricha, adabiyoti she’rdan boshlanishi olgan xalq faqat arab­lar emas. Shun­day qilib, avval nazm tug‘ilgan. Arablarda nasr ancha keyin adabiy sahmasiya paydo bo‘ldi, ancha sust tezlik bilan hara­kat qildi. Biroq she’riyat ularda shahdam qadamlar bilan bordi. Aytganlarimizdan arablarning birinchi nutqiyoq she’rda bo‘yagan ekan degan xulosa chiqarilmasligi lozim. Ammo masalaning e’ti­boriga loyiq tomon­lari ko‘p. Uning biri shuki, nazmiy nutq nas­riyga qaraganda eslab qolishga ko‘proq o‘ng va bunga undagi rit­mika, qofiya va musiqaviylik kabilar sababkordir. Nasr esa yodda o‘z holicha o‘zgarmay qiyin saq­lanadi, u oddiy maromdagi tilga to‘liq mosligi uchun katta talqinga tez uchrashini har qadamda kuzatish mumkin. Demak, u to‘liqligicha qiyin saqlanadi o‘zgarish­larga tez uchraydi. Aytilganlarning bar­chasi zohiriy omillar, al­batta. Biroq she’riyatning nasrdan olg‘ir­ligiga yana bir judda jiddiy omilni botiniy ko‘rsatkichni ham ro‘kach qilish mumkin. U ham bo‘lsa, nasrning tafakkur va idrok na­tijasiligi nazm (she’­riyat) esa sezgi ko‘rsatkichi. Ma’lumki, inson oldin sezadi, so‘ng tafakkur qiladi, tafakkurga cho‘madi.
Johiliyyada og‘zaki bo‘lishiga qaramay, badiiy adabiyot juda rivojlangan. Ayniqsa, sheriyat (poeziya) yuksak ravnaq topgan edi. Biroq yozma tadvin (fiksatsiya) talab etadigan nazariy adabiyotning butunlay paydo bo‘lganini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, johiliy adabga doir nazariy qarashlarga doir fikrlarni yoki bevosita she’rlarni o‘zimiz tahlil qilib topamiz yoki ancha keyin yaratilgan ilmiy ada­biyot­lardan olamiz. Biroq ta’kidlash kerakki, johiliyya ulkan ada­biyotning nazariy asoslari o‘sha davr manbalarida birlamchi sifati bilan mavjud bo‘lgan, ularni keyingilar qog‘ozga tushi­rish­gan, to‘qib chiqarilgan emas.
Johiliyya davrida adabiy hayot. Johiliyyada nasr (proza) ri­voj­lanmagan shaklda mavjud edi. Buning ustiga u og‘zaki bo‘lib, bizning davrimizga emas, balki undan oldinroq davrlarga ham juda kam narsa etib kelgan. Biroq bu deganlarimiz, o‘sha davrda arablar nasrni unchalik e’tirof etmaganlar, shuning uchun e’ti­borsiz qoldirganlar degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Jo­hiliyya arablarida nasr (proza) turlari ikkita: nasr mursal (od­diy nasr), nasr musajja’ (saj’langan nasr). Ular o‘zaro faqat qofiya borligi va yo‘qligi bilan ajraladi. Nisbatan sust rivoj­langan johiliyya prozasida bizga ma’lum janrlarning ayrimlari­gina og‘zaki mavjud edi. Bular:

  1. xitoba – oratorlik, va’zxonlik, ritorika;

  2. masal – maqol aytish, matal so‘zlash;

  3. hikam – o‘git hikmati, aforizm, pand-nasihat, ibratli so‘zlash;

  4. latoif – latifalar so‘zlash, qiziqarli kichik hikoyalar aytish;

  5. qisas – qissalar aytish, buyuklar, qabila qahramonlari va shilari haqida doimo so‘zlash.

Johiliyyada hali qisas ancha sust, shuningdek, bizga keyinroq epistoler, tarixiy (roman) nomlanuvchi mashhur arab prozaik jan­lari hali boshlanish ham olmagan edi. Arablar tarixiy va afso­naviy mundarijali hikoyalar, latifalar tinglashni juda yoqtira­dilar o‘z­lar ham maroq bilan aytadilar. Ularni ijod turlari­ning, bino­barin, nasrning ham og‘zaki bo‘lishini arablar yozuvni bilmaslik­lari, badaviylar savodsiz bo‘lganliklarini, ro‘kach qi­lib tushuntira­verish unchalik to‘g‘ri emas. Shaharlilar va o‘troq aholi yozuvni bilishardi, biroq undan iqtisod va savdoda, siyosat­da bitimlar, ahd­lar va kelishuvlarni rasmiylashtirganida ancha­gina keng foydala­nishgan. Arablar yozuvdan hech qachon hikoya to‘p­lamlari, latifalar saylanmasi, she’r devonlari yoki kitoblar taklif etishda qo‘llash­magan. Bitim, ahd, kelishuvlar esa jo‘n bitilar, ularning badiiyyat bilan alohasi yo‘q edi.
Johiliyya nasrida janrlar masalasi juda qiziqarli. Gap shundaki, arablardan turli maqsadlarda foydalanishgan; u aytish va tinglash – ovunchoq, o‘rgatish va uqtirish – o‘git, pand–nasihat kabilarda, siyosiy va ijtimoiy faoliyatda qo‘llanish topardi. Janr­lar johiliy nasr anashu zaruriyatlardan paydo bo‘lgan edi. Janrlar to‘g‘risida so‘zlaganda ham shundan kelib chiqib ayrim olimlar ularni umuman ikkiga ajratadilar:
a) aforistik (hikmatnoma) janrlari;
b) qissachilik janrlari;
Aforistik janrlar tadriji qadimgiroq. U turmush tasodif­larida ko‘rsatiladigan so‘zamollik, hikmatli so‘z, yaxshi o‘gitdir aforizm (hikmatli so‘z, maqol)lar orasida engil tushunarli, oddiy turmush iboralariga o‘xshaydi. Biroq ularda arxanizmlar ham uchrab turadi va bu narsa foydalanishini qiyinlashtiradi, izoh va qunt talab etadi.
Islomgacha maqol janrida ijod etgan ijodkorlar bu sohada kamolatga erishgan edilar. Maqollar o‘sha davrda yashagan qavm hati va ijodi haqida ularning fe’li a’molari, xulq atvorlari haqida hatto qissalardan ham to‘liqroq va etuk shahodat beradi. Buni shuning bilan ham isbotlash mumkinki, maqol (masal) va aforizm (hikam)lar keng omma, barcha tabaqa tilida in’ikoslanishi bilan bir qatorda, ularda qavmning dunyoqarashi, fikr va o‘ylari hamda orzulari ham jo bo‘ladi. Yana bu qiziqarli tomoni shundaki, keng xalq ommasiniki bo‘lganligi sababli maqol va hikmatlarning tili adabiy bo‘lmasligi ham mumkin.
Xitoba (va’zxonlik, oratorlik) janri juda keng tarqalgan edi. Johiliy va’zxon (xotib)lari har bir sabab bilan va’zxonlik qilaverishni yoqtirishardi. Ma’lumki, o‘sha davrda arab jamoasi, asosan, yozilgan qonunlarni pisand qilmovchi, davlat tizimini ang­lashni istamovchilar yakka ko‘chmanchilardan tashkillangan edi. Juda qadimdan mavjud bo‘lgan xitoba san’ati namoyandalari – xotiblar jamoaga qabila yoki qavmni nutq musobaqalaridagi tortishuvlarda obro‘siga munosib taqdim etish uchun o‘z tarafi fazilatlarini yoqlash, alohida shaxs yoki qavm-qabilalar orasida (ko‘pincha arzimas sabab bilan) ko‘tarilgan adovatlarni bostirish, ularni yaratish, muzoka­ralar olib borishga va tinchlik o‘rnatishga ishonarli da’vat qilish uchun jangda qasos olishga ilhomlan­tirish uchun juda ulkan xizmat etishardi. Xotiblar, qabilalar boshliqlarini yaratish, xokim, ma­liklar o‘rtasiga elchilar ayir­boshlash ishlarining bosh mas’ullari edilar. Badaviylar nasr­ning bozorlarda, tantanalar paytlarida, bo­zor oldi-sotishlari (dalolchilik ishi)da murojaat etishar edi. Va’zxon (xotib)lar ko‘p, ular etuk va bilimli zamon ziyolisi bo‘la­dilar, umumxalq ehtiromida edilar.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish