Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet30/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

O’rxun-Enasoy obidalari. O’rxun–Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi adabiy-tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O’rxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizlargacha, Ural­dan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodno­malar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XU asrda ham O’rxun yozuvidan foydalanilgan. O’zbekiston hududida (Farg‘ona, Surxondaryo v.b. joylar)dan 20 dan ortiq turkiy–run yozuvi yodgorliklari topil­gan.
Yirik O’rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissalariga mazmunan yaqin keladi.
Kultigin bitiktoshi 732 y. Turk xoqonligi(551–745)ning lashkarboshisi sharafiga o‘rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulug‘ bitikdan (muallifi Yo‘llig tigin) iborat. Vatan manfaati yo‘lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta bo‘lishi uchun kurash bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabg‘ach, Tibet, Sug‘d, Turgash, Qirg‘iz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomo­nidan o‘qilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Ba’zi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari ma’lum. O’zbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan.
Yozma manbalar orasida O’rxun-Enasoy obidalari islomgacha yaratilgan turk nasrining tengsiz yodgorligi ekanini rus olimlari V.Jirmunskiy, A.Shcherbak tan olib yozishgan. Toshbitiklardagi «Yo‘q chiqan buduniq ko‘p ko‘bartdim, chiqan buduniq bay qildim, az buduniq o‘kush qildim» (Mazmuni: yo‘qolib borayotgan xalqning sonini orttirdim, qashshoq xalqni boy qildim, ozchilikni ko‘p xalq qildim») so‘zlari mardona turk nasrining so‘nmas ovozi sifatida yangraydi. Bu obidalar tarkibidagi «Bilka Qoon», «Kultekin» va «To‘nyuquq» bitiklari qadimgi turk bahodirla­rining shavkati va turk erining mustaqilligi uchun olib borgan janglarni badiiy lavhalarda aks etganidir. Toshbitiklardan boshqa runiy yozuvida qog‘ozga bitilgan qadimgi manba «Irq bitigi» («Ta’birnoma»)da ham ilk turk yozma nasrining belgilarini ko‘rish mumkin.




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish