Adabiyotshunoslik tarixi


Tasavvuf poetikasi va estetikasi



Download 0,86 Mb.
bet34/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Tasavvuf poetikasi va estetikasi
Tasavvuf tarixida milodiy VIII asrlarga kelib, Saodat asri­ni qo‘msash, payg‘ambarlik sifatlarini targ‘ib qilish, bora-bora zuhd va taqvoni kuchaytirish lozim ko‘rildi. Hali “sufiy” so‘zi urf bo‘lmay turib, zohid va obidlarda dastlabki sufiylik bel­gilari zohir bo‘ldi. Obid ibodat qilishga, taqvoga berilgan bo‘lsa, zohid dunyo lazzatlaridan o‘zini parhez qilishi bilan tasavvuf ahliga yaqin turadi. Ulardagi farq halol va haromga munosabatda ko‘rinadi. Obid fikricha, Qur’onda halollangan narsalargina halol, zohid fikriga ko‘ra esa, Qur’oni karimda tilga olingan narsalar bilan birga Payg‘ambarimiz o‘z hayotlari davrida halol deb bilgan narsalar ham haloldir. Keyinroq buning qatoriga mehnat tufayli yaratilgan va erishilgan narsalar halollik bel­gisi sifatida qo‘shilgan. Ibrohim Adham tarixi shuni ko‘rsa­ta­diki, sahrodagi o‘tin yoki daryodagi suv hech kimniki (yolg‘iz Allohga tegishli) emas, uni olib kelib bozorda sotsa, o‘z mehnatinigina bozorda sotgan sanaladi, buning evaziga kelgan taom haloldir. Ahmad ibn Hanbal zohidning uch martabasini belgilaydi: 1) avom zuhdi – haromni tark qilmoq; 2) xavvos-xoslar zuhdi: haloldan boshqasini tark qilmoq; 3) siddiqlar zuhdi – Allohdan boshqa narsalarning hammasini tark qilmoq. Demak, zohid dunyoni emas, balki haromni tark qiluvchi sifatida maydonga chiqqan. Imom G’azzoliyning yozishicha, zuhd maqomi ham ilm, ham hol va amaldan kelur79.
Ibodat maqomi haqida “Ibodati islomiya” kitobida, Muhammad Zohid Qutquning “Iymon qushining ikki qanoti” asarlarida ham fikrlar bor. Qur’oni karimda aytilishicha, “Alloh xalqni sevadi va uni o‘z muhabbati sari etaklaydi». G’arblik tasavvufshunos olimlar beta’ma ibodat haqida so‘z ketganda, ilk sufiylardan Robia Adaviya (713G’718-801)ning tafsilini talqin qiladilar. Uning yagona tilagi Alloh vasliga vosil bo‘lish, zuhdu ibodat ta’ma uchun emas, balki qalbdan “fi safiyulloh” (Alloh yo‘lida) bo‘lishidir. Tasavvufshunos olima Annamariya Shimmel kitobida Robia (r.a.) haqidagi mashhur rivoyat keltiriladi: Robiani bir qo‘lida o‘t va bir qo‘lida suv (idishda) bilan ko‘rdilar, sababini so‘raganlarida, suv bilan do‘zax o‘tini o‘chirmoqqa qaror qilganini, olov bilan jannatga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lganini aytdi. Xalq uni esdan og‘gan deb o‘ylab, tavba qi­lishlikni va bu shirkdan voz kechishlikni talab qildi. Robia aytdi: Toki insonlar do‘zax o‘tidan qo‘rqib yoki jannatga ta’ma qilib ibodat qilmasinlar, ibodat qalb ziynatiga aylansin80. Mumtoz adabiyotdagi munojot (Allohga iltijo) janri ham Robianing ilohiy qo‘shiqlaridan boshlangan. U qalbida Allohdan boshqaga muhabbat o‘rin ololmasligini kuylaydi. Alloh vasliga vosil bo‘lish umidi, o‘z jismini tark qilib, Tavhid ruhi bilan yashash haqidagi fikrlarni mutasavviflar ilk bor Robia asar­larida ko‘radilar.
Hijriy II asrda mazhab ayirmalari haqidagi qarashlar kuchaya boshladi. Shia va sunniy mazhabi o‘rtasidagi nifoqlar ham shu davrda shiddatli kechgan. Hazrat Alining izdoshlari “shia” tarafdorlari sifatida ko‘rindi, dastlab ularga qarshi o‘laroq O’mayn ibn Abu-s-Salta, ya’ni xavorijiylar (xalifalikka hech bir shaxsni lozim bilmaganlar) kuzatildi. Ular gunohi kabir haqidagi qarashlarini e’lon qildilar, azrakitlarning aytishicha, gunoh qilgan mo‘’min musulmon emas. Sifriyya qarashidagilar gunoh qilganning avlodi emas, balki faqat o‘zi o‘limga mahkum ekanligini aytadilar. Ibodiyya tarafdorlari gunohkor ibodat bilan o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishi mumkinligini e’tirof etadilar. 670-770 yillarda murjiyya tarafdorlari Allohning karami va marhamatiga umid (raja’) bilan yashashni talqin qildilar. Shunday qilib, mazhabchilik kuchaydi. Biroq tasavvufiy ilm tarafdorlari mazhablararo kurashlardan ham o‘zini parhez tutdilar. Xorijdagi islomshunoslar tan olib yozganidek, «Sunniy ulamolar to‘rt imom (Abu Hanifa, Malik ibn Anas, Imom Shofiy va Ibn Hanbal)ning ulug‘vorligini tez orada tan oldi va hijriy uchinchi asrning oxirlaridan so‘ng biror maktab vakili bo‘lgan ulamoning boshqa maktab tamoyillariga rioya etganini kamdan-kam ko‘ramiz... Aynan o‘sha paytda maktablar o‘rtasidagi o‘zaro bag‘rikenglik va yaxshi fikr munosabatlarini hamma birday qabul qiladigan bo‘ldi»81. Jaloliddin Rumiyning «men 72 mazhab egalari bilan birgaman» degan so‘zlari ham bunga dalildir. Demak, dindagi mazhabchilik bilan tasavvufdagi tariqatlanish bir hodisa emas. Chunki mazhablararo kurashda ma’lum ma’noda siyosiy da’vo – xalifatga intilish mavjud, tasavvufda esa ta’ma va mansab uchun kurash harom sanalgan. Uning uchun birdan-bir kurash yo‘li nafsi ammoraga qarshi qaratilgan.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish