Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet40/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Ritm va vazn munosabati. Allomaning "Hindiston" (to‘la nomi "Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotla­rini aniqlash kitobi") asarida hind she’r ilmiga maxsus bob (13-bob) yaratilib, unda asar hind tili grammatikasi va fonetikasi qoidalarining she’r ilmida aks etishi muammolari o‘rganilgan118. Bunday ilmiy mulohazalar qatorida ushbu bobga tegishli sakkizta kitob haqida ma’lumot berilgan. Ular «Aindra» (Indra tuzgan), «Chandra» (Buddaning suhbatdoshlaridan Chandra ishlagan), «Sho­kata» (Shokatoyana qabilasi tomonidan tuzilgan), «Ponini» (tu­zuv­chining ismi bo‘yicha), «Kotantra» (Sharvavarman tuzgan), «Shashidevavritti» (Shashideva tuzgan), «Durgavivritti» (mual­lif ismi bilan yuritilgan) va «Shish’yahi-tovritti» (Ugrabxo‘ti tuzgan). Bu hind mumtoz she’rshunosligining mutaxassislar tomonidan tuzilgan ro‘yxati emas, balki Beruniy tomonidan o‘rganilib, so‘ngra har bir asarga qisqa istiografik tavsifdan so‘ng ular asosida tushunti­rilgan hind vaznshunosligi manbalari­dir119. Bu sakkiz kitobdagi fikrlarni umumlashtirib Beruniy yozadi: «Bu ilm (ya’ni nahv ilmi – H.B.)dan keyin chanda degan ilm keladi. Chanda aruz ilmiga muqobil turadigan she’r vaznlaridan iboratdir. Hindlar chandaga juda muhtojlar, chunki ularning kitoblarida nazm bilan tuzishni maqsad qilib olganlar. Chanda, ya’ni she’r vazn san’atini dastlab Pingalu va Chalitu yuzaga chiqargan. Bu bobda ishlangan kitoblar ko‘p. Ularning eng mashhuri "Gaysitu" kitobi bo‘lib, tuzuvchisining ismi bilan aytilgan, hatto aruz ham shu ism bilan atalgan... Ular Xalil ibn Ahmad va aruzchilarimiz belgilaganidek, harflarni sanashda sukunli (hara­katsiz) va harakatli harflarni mana shu ikki belgi G’ < bilan tasvirlaydilar. Bularning birinchisi, ya’ni so‘l tomondagisi (chun­ki ular so‘l tomondan yozadilar) lagxu deb ataladi. Bu engil demakdir. Ikkinchisi, ya’ni o‘ng tomondagisi guru deb ataladi. Bu og‘ir demakdir. Og‘ir vaznning miqdori avvalgining, (ya’ni engil­ning) ikki barobari bo‘lib, ikki engil bir og‘ir o‘rnida turadi...»5 Ko‘rinadiki, she’r vaznlarini diaktirik belgilar orqali para­dig­masini aniqlash arab tilidagi she’rshunoslikda Beruniydan boshlangan. Ma’lumki, aruzning o‘zgarmas qoliplarini yaratgan arab olimlari hijo va ruknlarni belgilar bilan emas, harflar va ular asosida yasaladigan (ma’no anglatish anglatmas­ligidan qat’i nazar) so‘zlar bilan (mafoiylun, foilotun kabi) ifodalagan. Ayni holat arab aruzida xafif (engil) va saqil (og‘ir) sabab sifatida yuritilganini unutmagan holda Beruniy asarida qadi­miy hind she’r tizimi arab va ajam metrikasiga qiyosan o‘rga­nilganini aniqlash mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Beruniy asarlarida yunon, arab va hind she’r nazariyasi uchun asos bo‘lgan ritmik birliklar ishlab chiqil­gan. Bunday birlik sifatida yunonlilarda “metr”, arablarda “rukn” va hindlarda “shloka” olingan bo‘lib, ularning o‘zaro muno­sa­bati izchil tartibda o‘rganilgani yuqoridagi iqtibosdan ma’lum. Beruniyning bu asari nafaqat hind she’r tuzilishi, balki hind-ovro‘pa tillari­dagi fonetik hodisalarni ham anglashga yordam beradi. Chunki hind-evropa oilasiga kiruvchi tillar qadimgi sanskrit asosida yaratil­gani barcha mutaxassislarga ayon.
Obrazli tafakkur, badiiy san’atlar. Beruniy adabiy merosi tarkibida adabiy-nazariy qarashlar va o‘ziga zamondosh bo‘lgan shoir­lar ijodiga munosabat etakchilik qiladi. «al-Javohir» asari qim­matbaho toshlar va ma’danlar tasnifiga bag‘ishlangan. Unda ayrim la’l va ma’danlar haqida ma’lumot berarkan, u haqda adiblarning fikrlarini ham keltiradi. Masalan, «Lu’lu’» bobining «Gavhar va uning nomlarining adiblar tomonidan ta’riflanishi» faslida adabiyot masalalariga to‘xtaladi. Shoir qo‘llagan badiiy san’atlar­ning o‘sha tasvirdagi narsa yoki hodisaga mos kelish-kelmasligini sharhlarkan, bir shoirning (arab tilidagi she’rning mazmuni)
Mening qalbim nozik qomatli,
beli niholday harakatlanuvchi jononga qaratilgan,
U qiz husnu jamolda dengiz qirg‘oqqa
uloqtirgan gavhardek
baytidagi tashbih qo‘llanilishi haqida «Lekin bu o‘xshatish ma’no jihatidan to‘g‘ri emas, chunki gavhar qirg‘oqqa uning chig‘anog‘i o‘lgan­dan keyingina uloqtiriladi. Bunday holda esa gavhar emi­rilish va o‘zgarishlardan buzilgan bo‘ladi» deb yozadi. Shoirning tashbihi haqida ma’danshunos allomagina bunday nozik kuzatish qilish mumkin. Bu hol Beruniy ilmiy uslubining o‘ziga xos to­moni bo‘lib, ayni holatni chuqur ilg‘agan akad. A.Qayumov “Beruniy va adabiyot” asarida ulug‘ alloma tilidan hikoya qiladi: “Biz she’riy parchalarni ko‘p-ko‘p keltiramiz, ular orqali fikrlari­mizni isbot qiluvchi dalillar va ma’lumotlarni bayon qilamiz, izohlaymiz... she’r o‘quvchiga huzur va rohat bag‘ishlaydi, uzoq yo‘l bo‘yidagi buloqlar singari dam olish va hordiq chiqarishga xizmat qiladi”120.
Ifoda shakllari: nasr va nazm haqida. “Ma’danshunoslik” asarining muqaddimasida alloma insonning nutqi va uning go‘zal bo‘lishi kerakligini aytib, nutqning ikki xil shakli nasr va nazm xususida so‘z yuritadi. Nasr qoidalari navh (sintaksis) ilmida bayon qilingan bo‘lib, unga amal qilish orqali nasrdagi nutq tartibga solinadi. She’r o‘lchovlari esa, xususan, aruz va qofiya ilmi nazmda yozilgan asar muvozanatini tutib turadi. Nutq maz­muni mana shu ikki xil shaklda ifoda qilinishiga ko‘ra uning maz­mundor va go‘zal bo‘lishi ham mana shu unsurlar bilan bog‘liqdir.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish