Adabiyotlar sharxi



Download 176,67 Kb.
bet2/8
Sana01.12.2022
Hajmi176,67 Kb.
#875883
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI SHOLICHILIK

ADABIYOTLAR SHARXI
Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan sholi navlarini tanlash va agrotexnologiyalarini ishlab chiqish ustida ilmiy tadqiqotlar XX asrning 30-70 yillarida M.I. Uklonskaya (1932 y), N.I.Kosarev (1939y), I.I.CHurikov (1942y) ye.I.Svejakova (1946y) A.V.Nesterov(1950y), V.F.Щupakovskiy(1960y), X.U.O’rmanova (1965y), Sborщikova M.P.(1970y), M.T.Kogay (1975y), Z.N.Djumanov, X.U.Azimov, A.P.Egamnazarov, G.Djo’raeva (1980-2011y) lar tomonidan O’zbekistonda tadqiqot ishlari olib borilgan. O’sha vaqtlarda sholi mexanizatsiya yordamida ekilganligi sababli unib chiqish fazasida muddatlar bo’yicha ekilganda ham, sezilarli darajada o’zgarishlar bo’lmagan. Hozirgi vaqtda sholipoyalar oldin suv bostirilib sholi urug’i ivitilib ekilishi sababli, unib chiqish hamda boshqa fazalarida tashqi ta’sirlar(iqlim), agrotexnik tadbirlarni o’tkazilishi natijasida bir muncha sezilarli farqlar bor. SHuning uchun bugungi kunda sholi o’simligining ekish muddatlarini, ekish me’yorlarini va oziqlantirish me’yorlarini o’z vaqtida sifatli hamda yangi yaratilgan sholi navlarining xususiyatlariga qarab, agrotexnologiyasini ishlab chiqish zarur. Toshkent viloyati sharoitida sholini asosiy ekin sifatida ekishga sug’oriladigan yer maydonlari hamda suv resurslari yetishmaydi. Buning natijasida sholi ekini asosan sholidan boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish iqtisodiy samara bermaydigan (toshloq, yer osti suvlari yaqin joylashgan) yerlarda hamda qisman kuzgi bug’doydan keyin takroriy ekin sifatida ekilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, sholi yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirilmaganligi, ilg’or texnologiyalarni yetarli darajada o’rganilmaganligi hamda hozirda ekilayotgan sholining yangi yaratilgan navlarida maqbul agrotexnik tartibini ishlab chiqilmaganligidir.
SHoli–hosildorlik jihatidan birinchi o’rinda, uning ekin maydonlarining hajmi jihatidan ikkinchi o’rinda turadi va agrar sektorining eng sermehnat maxsulotlaridan biridir.
SHunday ekan xukumatimizning qator qarorlari bilan uning
-mahsuldorligini oshirish;
- ozuqaviy sifatlarini yaxshilash;
- yangi sermahsul navlarini yaratish;
- bu navlarni mintaqaviy va tuproq
- strukturasi sharoitlariga qarab rayonlashtirish;
-moddiy va mehnat xarajatlarini ozaytirish uchun sholikorlik sohasidagi maxsus tashkil qilingan ilmiy tadqiqot instituti olim va mutaxasislariga ulkan vazifalar yuklatilgan.
SHolichilikning tarixi va tarqalishi
SHoli eng qadimgi ekinlardan biri xisoblanadi. Ekin tarixi juda qadim o’tmishga, ya’ni insonlarni dastlabki dexkonchilik bilan shug’ullanishni boshlagan davrlarga qadaladi. Bugungi kungi arxeologik kazilmalarning ko’rsatishicha Xitoy davlatida bundan 7 ming yil ilgari ham insonlar sholi yetishtirish bilan shug’ullanganlar.Xindistonda esa sholi yetishtirish bilan biroz kechroq shug’ullanishgan. SHoli kachon va kaerdan kelib chiqqanligi va kaerda dastlab madaniylashtirilganligi hali to’liq aniqlanmagan. SHoli ekini dehqonchilik shakllangan dastlabki davrlarda Janubiy SHarkiy Osiyo davlatlarida bir vaqtda barovar paydo bo’lgan deb ta’savvur etishimiz mumkin. Bu mintaqada sholining yovvoyi shakllarining juda ko’pligi bunga yaqqol isbot bo’la oladi.
Akademik N.I.Vavilov va R.YU.Rejenets sholining juda ko’p tur xillari va yovvoyi shakllari uchrashini xisobga olib sholining kelib chiqish markazi Xindiston deb xisoblaydilar. Xindistonda xatto sholining yovvoyi shakllari ham uchraydi.
P.M.Jukovskiy sholining eng keng tarkalgan Oruza sativa L turining kelib chiqish markazi Janubiy SHarkiy Osiyoning tropik davlatlari deb hisoblaydi. Boshqa bir turi Oruza glaherrima Stent G’arbiy Afrikaning tropik mintaqasida kelib chiqqan. Bu qadimiy kelib chiqish markazlaridan sholi boshqa davlatlarga va mintaqalarga tarqalib borgan.
Olimlarning fikricha sholi ekini birinchi Hindistondan kelib chiqqan yoki Hindi-Xitoy va Xitoyda shu bilan birga Janubiy va Janubiy SHarkiy Osiyodan kelib chiqqan. Hindistonda sholining yovvoiy shakllari topilgan. Tarixiy arxeologik qazilmalardagi ma’lumotga qaraganda sholining vatani Hindistonning yarim oroli deyish mumkin, chunki bu yerda ko’p miqdorda yovvoiy xolda o’sib yotgan sholi ekini topilgan.
SHoli Xindistondan sharkiy davlatlarga xususan Xitoy va YAponiyaga tarqalgan. Eramizdan oldingi 1084 yilda sholi Xindistondan xozirgi Indoneziya davlatidagi YAva oroliga va uning atrofidagi orollarga tarqaldi.
Eramizdan taxminan 500 yil avval Avg’oniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubiy viloyatlarini o’z ichiga olgan qadimgi Baktriya davlatida hamda Amudaryoning o’ng sohillari bo’lgan yerlarda, hozirgi O’zbekistonning g’arbiy xududini o’z ichiga olgan Sug’diyona davlatida sug’oriladigan dehkonchilik juda taraqqiy etgan va dehkonlar sholi ekib yetishtirganlar.
Markaziy Osiyo davlatlarida sholichilik uzoq o’tmishga ega ekanligi qadimgi yunon olimi Strabonaning “Geografiya” nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. Asarda ta’kidlanishicha Kaspiy dengizining sharqiy hududida yashagan massaget va sak qabilalari “marvaridga o’xshagan don”, ya’ni sholi ekib yetishtirganlar. Ko’plab tarixiy manbalarga ko’ra quldorlik davrida Amudaryo, Sirdaryo, Zaravshon daryolarining sohillarida sug’oriladigan dehkonchilik juda taraqqiy qilgan bo’lib, sholichilik dehkonchilikda muhim o’rin tutgan.
Ko’pchilik olimlar sholi Markaziy Osiyodan Ozarbayjonga, so’ngra yevropa davlatlariga tarkalgan deb xisoblaydilar. Ayrim olimlarning ta’kidlashicha Ozarbayjonga sholi Eron orqali kirib kelgan. O’rtadengiz bo’yi davlatlariga sholi eramizning 639-711 yillari arab xalifaligi davrida kirib kelgan. So’ngra Italiya orkali sholi bolkon bo’yi davlatlari Bolgariya, YUgoslaviya, Ruminiyaga tarqalgan. Frantsiya va Vengriyada sholi yetishtirish ikkinchi jaxon urishidan keyin boshlandi.


Download 176,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish