Adabiyotlar sharxi


SHOLICHILIKDA O’G’ITLASH TIZIMI



Download 176,67 Kb.
bet5/8
Sana01.12.2022
Hajmi176,67 Kb.
#875883
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI SHOLICHILIK

2.3.SHOLICHILIKDA O’G’ITLASH TIZIMI
SHolini o’g’itlash. SHoli mineral oziqalardan azot, fosfor, kaliy elementlariga talabchandir. O’zbekiston sharoitida 1ts don va 1ts poxol yetishtirish uchun 2,3 kg azot, 0,8 kg fosfor, 3 kg kaliy elementi sarflanadi. SHolidan 60ts/ga hosil olish uchun sof holda 150-180 kg /ga azot, 60-70 kg/ga fosfor va 150-170 kg/ga kaliy bilan oziqlantiriladi. SHolining o’sishi va rivojlanishi hamda sifatini yaxshilashda mineral o’g’itlar bilan bir qatorda organik va mikro o’g’itlar ham qo’llniladi. Organik o’g’itlardan go’ng, ko’kat va oraliq ekinlar (no’xat, bug’doy, beda va boshqalar) ildiz, o’rilma qoldiqlari tavsiya qilinadi. Mikroo’g’itlardan molibden, marganets, mis, rux, kobalt va bor tavsiya qilinadi. Mexanik tarkibi yengil qumloq va yarim qumloq tuproqlarda organik o’g’it sifatida sholi poxolini PUN-5 yoki PUN-6 kobaynlarda maydalab, dalaga bir miqdor solish yaxshi samara beradi. Go’ngni vaqti-vaqti bilan ishlatish, sideratni haydash, mineral o’g’itlarni tejash imkoniyatini yaratadi. Organik o’g’itlardan ammoniylashtirilgan ligninni mexanik tarkibi yengil tuproqlarda qo’llash tavsiya qilinadi. Bu turdagi o’g’it tarkibida 10 % azot, 20 foiz fosfor, bo’lib mexanik tarkibi yengil tuproqlarga 17-18 ts/ga, og’ir tuproqlarda 11,0-12,0 ts/ga qo’llash tavsiya qilinadi. Azotli o’g’itlardan Amudaryo va Sirdaryo bo’ylari ya’ni yangi o’zlashtirilgan yerlarda, bo’yida azotning o’rtacha miqdori 100-120 kg/ga bo’lishi kerak. O’zlashtirishning 2-3 yillari uchun 10-20% ga oshiriladi. SHolichilikda azotli o’g’it sifatida ammoniy sulfat va mochevina ishlatiladi. Ammiakli selitra tarkibidagi azotni bir qismi nitrat va ammiakli shakllarda bo’lganligi uchun, bu o’g’itni sholiga oxirgi oziqlantirishda tavsiya qilinadi. Azotli o’g’itlarning yillik miqdori taqsimlanganda 35% tuproqga ishlov berish paytida, 35% tuplanish boshlanishida, 30%i to’la tuplanganda solinsa foydalidir. SHo’rlangan tuproqlarda fosforli o’g’itlar solish 2-3,5 barobar oshiriladi. Bu sharoitda superfosfat uni qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Oxirgi yillarda 46-60 foiz fosfor va 11-12 foiz azot tutgan donadorlangan ammofos keng miqiyosda qo’llanilmoqda. Tuproqga fosfor yillik miqdorining 100 foizini ekishdan oldin berish tavsiya qilinadi. Eskidan sholi ekilib kelinayotgan dalalarda yerning haydalma qatlamlarida kaliy miqdori 200mg/kg ga yetmasa, o’tloqi botqoq tuproqlar 150 kg/ga sof holda kaliy o’g’itlari bilan oziqlantiriladi.
Bunda yillik miqdorining 50 foizi ekishdan oldin va qolgan qismi to’la tuplangan davrida oziqlantiriladi. SHoli maydoniga ekishdan oldin 10-12 sm chuqurlikda mineral o’g’itlar solinadi. Mineral o’g’itlardan azotli o’g’it sifatida ammoniy sulfat, mochevina hamda nitrifikatsiya ingibitori qo’shilgan o’g’itlari qo’llaniladi. SHolining o’rtapishar navlari uchun N.P.K. o’g’itlari o’tloqi botqoq va o’tloqi tuproqlarda N150, P100, K150 kg/ga berilishi tavsiya qilinadi.
Mikroo’g’itlar. Mikroelementlarning biologik xususiyati o’simlik organizmidagi fermentlar aktivligini oshiradi, biokimyoviy jarayonni tezlashtiradi, o’simlik hosilini oshiradi. Oxirgi yillarda sholichilikda o’sishni kuchaytiruvchi moddalardan natriy gumat va nitrotsel, roslindan foydalanish yaxshi natijalar berdi.Masalan 1t sholini 1,0-1,25 kg natriy gumat bilan xo’llab ekilganda hosildorlik 5-6ts/ga oshdi. Bu moddani sholining tuplash davrida purkash yo’li bilan ham ishlatilganda yuqori hosil olinadi.
Qoraqalpog’istonning aksariyat sholi ekuvchi xo’jaliklari filtrlash qobiliyati kuchli bo’lgan yengil mexanik tarkibli tuproqlardan tashkil topgan. Bunday sharoitda azotli o’g’it ko’p nobud bo’ladi. SHuning uchun bunday yerlarga ekish oldidan azotli o’g’it yillik miqdorining 35 foizi, qolgan qismi keyingi ikkinchi oziqlantirishda beriladi. Ekiladigan barcha sholi navlari uchun tavsiya qilinadigan mineral o’g’itlar miqdori jadvallarda keltirilgan. Unumdor tuproqlarda va bedadan bo’shagan birinchi yil sholi ekilgan maydonlarga mineral o’g’it odatdagidan 50 foiz kam beriladi.O’tloqi- qumloq va o’tloqi-saxro tuproqlar nisbatan kam hosildir. SHuning uchun bu tuproqlarda azotli o’g’it solish ko’chat qalinligiga qarab yuqori miqdorda tavsiya qilinadi. 4-jadvalda keltirilgan azot miqdori erta va muqobil muddatlarda(15 maygacha) ekilgan sholi uchun mo’ljallangan, sholi ekish muddatlari kechikganda uni 15-20 foiz kamaytirish kerak.
Suvda ekishga mo’ljallangan dalalarda ekishdan oldin bir necha kun pollar 10 sm qalinlikda suv bilan to’ldiriladi. Haydov qatlamidagi kesaklar ivigandan keyin, pollar yuzasiga zanjirli (S-150, T-4, DT-75) va g’ildirakli (MTZ-82R) traktorlarga zanjirli borona yoki zanjirli mola tirkab ishlov berish begona o’tlarga qarshi kurashda yuqori samara beradi. Pollarning yuza qismidagi tuproq yaxshi aralashadi, sifatli tekislanadi. Bunda quruq yerga ishlov berishga qaraganda suvning filtratsiyasi, texnikadan foydalanish, mehnat sarfi va harajatlari bir necha marta kamayadi.
Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun har qanday tuproq iqlim sharoitidan qat’iy nazar nafaqat nav bilan suvga, balki ular bilan bir qatorda mineral o’g’it turlari va ularning maqbul me’yorlariga alohida e’tibor berish kerak.
Ekinlarning hosildorligi ko’pchilik sharoitlarda, ya’ni 50% dan ortiq qismi mineral o’g’itlarga, ayniqsa azotli o’g’itlar hisobiga to’g’ri kelishi ilmiy tomonlama asoslab berilgan (Batkaev, 1973; Belousov, 1959; 1975; Sattarov, 1982; 1988; Isaev, Belousov, 1984; Ibragimov, 2008 va hokazo). SHuningdek, sholi ekinida ham olib borilgan izlanishlar yuqoridagi fikrni tasdiqlagan (YUsupov, 1977; Utibaev, Kdыrbaev, 1977; SHeudjen, 2005).
YA’ni, X.YUsupovning (1977) Toshkent viloyatining o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida sholi ekinida azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan birga olib borgan izlanishlarida olingan natijalar shuni ko’rsatdiki, sholi doni hosilining eng yuqori ko’rsatkichi (72,5 ts/ga) ushbu o’g’itlarning birgalikda qo’llanilgan variantda kuzatilib, tajribaning nazorat (xech qanday o’g’itsiz) variantida esa ushbu ko’rsatkich 26,5 ts/ga ni tashkil etgan. Umuman aytganda, sholida qo’llanilgan mineral o’g’itlar hisobiga 57,6 ts/ga qo’shimcha don hosili olingan.
O’tloqi taqir tuproqlar sharoitida D.Utibaeva tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda esa qo’llanilgan mineral o’g’itlar hisobiga 19,7 ts/ga qo’shimcha sholi doni (55,4 ts/ga) olingan bo’lsa, o’tloqi-sahro tuproqlarida B.Kdirbaev tomonidan olib borilgan izlanishlarda esa mineral o’g’itlarning samarasi qo’shimcha 27,6 ts/ga don hosili (70,5 ts/ga) ni tashkil etgan.
SHuni ham alohida ta’kidlab aytish kerakki sholi doni hosilini oshirish uchun nafaqat azotli o’g’itlar, balki bunda fosforli o’g’itlar ham ahamiyatli bo’lib, uning maqbul me’yorlarini ilmiy asosda aniqlab, ishlab chiqariga tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu fikrlarni yana bir bor tasdig’i sifatida R.Xaydarov, A.Gazixanov va Z.TSoylar (1977) tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini misol qilib keltirish mumkin.
Ushbu mualliflar tomonidan 1969-1970 yillar davomida olib borgan izlanishlarida N-120 va K-100 kg/ga fonida fosforli o’g’itlarning turli me’yorlarini sholi doni hosiliga ta’sirini o’rganilgan bo’lib, o’rtacha ikki yilda eng yuqori (70,1 ts/ga) sholi doni hosili mineral o’g’itlar me’yorlari N120R120K100 kg/ga qo’llanilgan variantda olingan.
O’g’it turlarining ekinlarning optimal rivojida muhim ta’siri bo’lganidek, ularning ichida kaliyli o’g’itlarni ham ijobiy ta’siri kuzatilgan.
YA’ni, ushbu fikrni Qoraqalpog’iston respublikasining o’tloqi-taqir tuproqlari sharoitida U.Matkarimov va boshqalar (1977) olib borgan izlanishlar natijalariga asosan aytish mumkin. Uning izlanishlarida qo’llanilgan kaliyli o’g’itlar hisobiga 10 ts/ga qo’shimcha sholi doni olishga erishilgan.
Har bir ekin hayotida Ko’rinib turibdiki, har bir mineral elementning sholi ekini hosiliga ta’siri bor. Lekin, ekinning oziqlantirish jarayonida o’g’itlarning turlariga ham katta e’tibor berish kerak (Rubin, 1969; Mineyev, Imamaliyev va boshqalar, 1977; Qodirov, 1992; Raximov va boshqalar, 1998; SHeudjen, 2005).
Olib borilgan ko’plab ilmiy izlanishlarda sholi ekini uchun eng samarali azotli o’g’it ammoniy sulfat ekanligi asoslab berilgan (Smirnov, Oreshkina, 1976). Lekin, ammoniy sulfat o’g’itiga nisbatan mochevina o’g’iti tarkibida azotning amidli shakllari ko’proq bo’lganligi uchun sholining rivojlanish davrlarida ushbu o’g’itni qo’llash yaxshi samara berishini ye.I.Stolыpin (1976), A.P.Djulay (1968) kabi bir qancha olimlar ilmiy tomondan asoslab berishgan.
Azotli o’g’itlardan ammiakli selitrani esa ikkinchi oziqlantirishda ko’llanilishi kerak. Fosforli o’g’itlardan oddiy superfosfat, kaliyli o’g’itlardan esa kaliy xloridi qo’llanilishi ko’plab olimlar tomonidan tavsiya etilgan (Aso, 1906-1908; Khan va boshqalar, 1945; Saeki, 1952; Volkova, Smetanin, 1973; Volkova, Petibskaya, 1981; SHeudjen, 2005).
SHuningdek, sholi ekinining yaxshi o’sib rivojlanishi, sholi doni hosildorligini ortishi va uning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga nafaqat qo’llanilgan azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar, balki ulardan tashqari mikroelementlarning ham ahamiyatli tomonlari bor.
Ayniqsa S, Sa, Mg, Si, Fe, B, Co, Cu va Mo kabi mikroelementlar sholi o’simligining maqbul rivojlanishi uchun o’simlik bo’laklarida kechadigan turli xildagi fiziologik jarayonlarda aktiv ishtirok etadi (SHeudjen, 2005).
Albatta ushbu mikroelementlar tuproqda juda kam miqdorda uchraydi. Bu esa, qo’llaniladigan mineral o’g’itlarga yuqorida ta’kidlab o’tilgan mikroelementlarning ma’lum bir miqdorda boyitilgan shakllari bilan birga qo’llashni taqazo etadi.
SHoli ekinini mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishda fosforli va kaliyli o’g’itlarning yillik me’yorlaridan asosiy qismlari, ya’ni 70 va 50 foizi, azotli o’g’itlardan esa 30-35 foizi ekish oldidan berilishi kerak. Azotli o’g’itlar bilan birinchi oziqlantirish to’liq unib chiqish davridan 3-4 barg chiqarguncha yillik me’yordan 30-40% qismi, ikkinchi oziqlantirish esa to’liq tuplash davrida mineral o’g’itlarning qolgan qismlari bilan o’tkaziladi. YA’ni, bunda fosforli o’g’itlarning qolgan 30%, kaliyli o’g’itlarning qolgan 50%, azotli o’g’itlarning qolgan 25-40% qismlarini birgalikda qo’llaniladi. SHo’rlangan tuproqlarda esa ushbu o’g’itlar bilan birga go’ng va paranda qiyidan 10-20 t/ga qo’llanilishi yaxshi samara beradi (Mineyev, Imamaliyev va boshqalar, 1977).
SHoli ekinlari uchun yumshatilgan tuproq qatlamida tuproq strukturasining yirik fraktsiyali yoki mayda tuproqli sifatlariga qarab xar gektar yerda 15-55 kg atrofida mineral azot zahirasi tabiiy ravishda saqlangan bo’ladi.




Download 176,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish