Rasm. SHoli o’simligining o’sish jarayonida azotning ta’siri
SHoli (navi) o’simligi ekilishi oldidan tuproqni azot va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash – urug’ni sog’lom unib chiqishi va uning o’sishiga bo’lgan barcha xarakatlar integrallashadi.
Bu jarayon o’simlikni fotosintez olishi, sholi navining hosildorligini oshirishda klimatik o’zgarishlar va tuproq strukturasi sifatlariga ham bog’liqdir.
Azot har bir gektar (ga) yer maydoni hisobida (120kg/ga) miqdorida o’g’itlanadi. Iskandar navini o’g’itlash – ekilish oldidan boshlab, to uning vegetatsiya davri tugaguncha 3 marta ozuqalanadi.
Laborotorik kuzatishlar natijalariga qarab, «Iskandar» navi uchun 3 marta;
Har o’g’itlashda 30 kg/ga dan 80kg/ga ozayib yoki ko’payib borishi mumkin.
SHoli o’simligi chaylanish va poyasining naychalanish davrida umumiy o’g’itlash miqdorining 65 – 75 % ni tashkil qiladi.
Sholikorlik yerlarini fosfor bilan oziqlantirish
Fosfor minerallari – ikki ko’rinishda: birlamcha va ikkilamchi turlarga bo’linadi:
Birinchisi- yer qobig’i paydo bo’lgandan boshlab mineral ko’rinishda uchraydi.
Ikkinchisi- fasfarit xolatida bo’lib, barcha tirik jonzod, o’simlik va mikroorganizmlarning chirindisidan hosil bo’lgan temir, kobalt va nikel elementlari tarkibida uchraydi.
Fosfor – tuproq qatlamida 0,1- 1,0% tashkil qiladi, tuproq qatlami chuqurlashgan sari fosfor moddasining miqdori ozayib boradi.
Fosfor – sholi o’simligi tanasidagi xujayralarida mineral, organik, suyuq birikmalari – kaliy, magniy, kaltsiy tuzlari bilan birga xolatida bo’ladi.
Fosforning ahamiyati – sholi o’simligida saxarafosfat, fosfotid, fosfokrotend, fosforolipid va fitin bilan birga sholi tanasi xujayralarida adenozintrifosfor kislotasi – ATF bilan birga modda almashish jarayonini o’tkazadi ya’ni;
ADF + R ------ ATF + N2O
Fosfotlar ATF ga aylanib adenozindifosfor kislotasi bilan ADF ga aylanadi va bu jarayon doim takrorlanib sholi tanasini qo’shimcha o’stirish zahirasini tashkil qiladi, tomir sistemasini kuchaytiradi, undan tashqari – sholi o’simligini har-xil kasalliklarga bardoshli xususiyatlarini oshiradi.
SHoli o’simligidagi modda almashinuvida fosforning ahamiyati. SHoli o’simligining to’qima va xujayralaridagi modda almashinuvi jarayonida fosfor moddasining ahamiyati muhim rol o’ynaydi.
Bu jarayonda fosfor moddasini suyuq holida tuproqdan nukleynы adesnil kislotasi bilan birga o’simlik xujayralariga sintezlashi yo’li bilan singadi.
Fosfor moddasi sholi urug’ining
unib chiqish davrida: 0,3 me’yor
tuplanish (kuщeniya) : 1,0 me’yor
naychalanish davrida : 3,0 me’yor borligi aniqlangan.
(1 me’yor fosfor 1,08 gr ga teng)
Urug’ unib chiqqandan so’ng uning tomirlaridagi to’plangan mineral fosfor – sholi tanasi va barglaridagi hujayralarida organik fosforni sintezlashida zarur omil bo’ladi.
SHoli navini kechki vegetatsiya davrida ya’ni naychalanish davrida organik fosfor bilan mineral fosfor moddalarining sintezlashish jarayoni sekinlashadi bu asosan o’simlik tanasining naycha to’qimalarida va bargida sodir bo’ladi.
Bunda o’simlikni ozuqalantirish :0,3R va 3 R me’yorlari bilan ozqalantirilganda o’simlikni naychalanish davridagi bargining quruq massasi 3-4 m2/gr yoki 1 gr me’yori bilan oziqlantirilgan 0,5gr mineral fosfor moddasi bor quruq holatdagi bargi 4,4gr/ga o’zgaradi.
SHoli o’simligidan yuqori hosil to’plash jarayonida minerallar bilan nuklein kislotasining sintezlashishi natijasida DNK va RNK orqali modda almashinuvi sodir bo’ladi.
Bunda fosfor moddasi o’simlik to’qimalarining o’sishi nafas olishini, to’yinishini ta’minlaydi.
Kuzatishlar natijasida fosfor birikmalari o’simlik, tanasining yuqori qismida ko’proq sarflanadi ya’ni tuplanish davrida 87% gacha va naychalanishi davrida 64 % gacha to’plansa, undan keyingi davrlarda fosfor birikmalari o’simlik tanasidan barg qismiga o’tadi.
O’simlikni vegetatsiya davridagi o’z vaqtida azot va fosfor bilan optimal darajada ozuqalantirish urug’ining unib chiqishi, tomir qismini kuchaytirish, tuplanish va naychalanish jarayonlarini tezlashtiradi, yoki azot va fosfor moddalarining doza va normalari, ozuqalantirish davrlari buzilganda sholi o’simligini nafas olish va uning rangi buzilishi xolatlari ro’y beradi.
SHoli o’simligini to’qima va xujayralarida fosfor moddasi bilan modda almashinuvi. Organik fosfor bilan mineral fosforning o’simlik to’qimalaridagi modda almashinuvida azot moddasining dozalariga qarab oziqlantirishda nukleyin kislotasining ham aktivligi kamayib boradi. (SHeudjen 2000)
SHoli o’simligini azot moddasi bilan o’z vaqtida va kerakli me’yorda oziqlantirilganda fosfor moddasi bilan modda almashinuvi hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Guruch donida esa fosfor, azot, moy, kraxmal va oqsil moddalarini ko’paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |