Adabiyotlar sharxi



Download 176,67 Kb.
bet1/8
Sana01.12.2022
Hajmi176,67 Kb.
#875883
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI SHOLICHILIK


MAVZU: KECH PISHAR SHOLI NAVLARINI O'G'ITLASH ME'YORLARI

REJA:

KIRISH

  1. ADABIYOTLAR SHARXI

  1. ASOSIY QISM

    1. KECHPISHAR SHOLI NAVLARIGA TAFSIV

    1. SHOLINI OZUQAGA BO'LGAN TALABI

    1. SHOLINI O'G'ITLASH TIZIMI

    1. SHOLINI O'G'ITLASH ME'YORLARI

III. XULOSA

IV. FOYDALANILGAN ADABYOTLAR


KIRISH
Mamlakatimizda so’nggi yillarida qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar samarasi natijasida don yetishtirish, xususan sholi-guruch ishlab chiqarishni ko’paytirish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha guruch va guruch mahsulotlari 6,5 kg dan 10,8 kg ga oshgan. Bu borada, sholi yetishtirish texnologiyasining ayrim elementlari, jumladan navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ekish muddatlari, me’yorlarini aniqlash, sholini ko’chat usulida yetishtirish borasida ilmiy izlanishlarga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Respublikani yanada rivojlantirishga oid Harakatlar Strategiyasida «...qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish»ga alohida e’tibor berilgan. Aholining sholi doniga bo’lgan ehtiyojining yuqoriligini hisobga olgan holda navlarning biologik xususiyatlariga mos ravishda ularni tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda joylashtirilish, yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish doirasidagi ilmiy izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
SHoli eng qimmatli oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Dunyo dehqonchiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko’ra bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Dunyoda sholining ekin maydoni 2004 yilda 153,2 mln ga bo’lgan. SHoli ekin maydonlarining asosiy qismi ja­nubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Hin­diston, Indoneziya, XXR, Tailand, Filippin davlatlariga to’g’ri keladi. Umuman Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin maydonlarining 90 % i to’g’ri keladi. Bu mintaqada dunyo bo’yicha yalpi sholi hosilining 90 % i yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % dan ko’proq oshgan.
Lotin Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlari­ning kengayishi hamda hosildorlikni oshirish hisobiga ko’paydi. SHolining dunyoda o’rtacha hosildorligi 39,7 ts/ga ni (2004 y) tashkil qildi. YAlpi hosil dunyo bo’yicha 608,5 mln.t bo’lgan.
Rivojlangan mamlakatlarda dunyodagi sholi maydonining 3 % i joy­lashgan, ammo dehqonchilik madaniyati yuqori bo’lganligi tufayli ular sholi doniga bo’lgan ichki ehtiyojini to’la qondirib, ayrimlari sholi sotish bo’yicha yirik eksport qiluvchi mamlakatlarga aylangan. Italiya, Avstraliya, AQSH da sholi hosildorligi o’rtacha 60 ts/ga atrofida. Dunyoda, hozirda eng yirik sholi eksport qiluvchi davlatlar AQSH va Tailand. Ularga dunyoda sholi eksportining 1/4 qismi to’g’ri keladi.
O’zbekistonda sholichilik ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng jadal rivojlandi.
G’alla mustaqilligiga erishishda sholining ahamiyati katta. Mamla­katimizda sholi asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Surxandaryo, Toshkent, Andijon viloyatlarida ekiladi. Respublikamizda sholi 2004 yil hosili uchun 60 ming gektar maydonga ekiladi. O’rtacha hosildorlik 2004 yili 46,5 ts/ga ni tashkil qildi. O’zbekistonda sholiga bo’lgan ehtiyojni to’la qondirish imkoniyati bor. Respublikamizda 2004 yili 279 ming tonna sholi doni yetishtirildi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha qishloq xo’jalik ekinlari qatori sholi ekini maydonlarini ham kengaytirish, hosildorligini oshirish va pirovardida yalpi mahsulot miqdorini keskin ko’paytirish masalalari kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb vazifalar sifatida xukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi.
Prezidentimizning “SHoli yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida 2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida sholini ko’chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunalari yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug’ seyalkalari orqali ekish, 2022 yilda esa bu ko’rsatkichlarni yanada oshirish ko’zda tutilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 100-110 ming gektar maydonda sholi ekilib, o’rtacha hosildorlik gektariga 35-38 tsenterni, yalpi hosil 395 ming tonnani tashkil etmoqda. Ushbu miqdor mamlakatimizning kun sayin ortib borayotgan aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo’lgan guruchga bo’lgan talabini minimal darajada qondira olmoqda, xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, aholi talabini to’liq ta’minlash uchun har yili 55 ming tonna atrofida guruch mahsuloti import qilinmoqda. Respublikamizda sholidan yuqori hosil olish, aholining guruch mahsulotiga bo’lgan talabini qondirish va import qilinayotgan miqdorini kamaytirib valyuta tejash maqsadida tuproq-iqlim sharoitlariga chidamli, sifatli don ko’rsatkichlariga ega bo’lgan, yuqori hosil beradigan navlarni joylashtirish, ularni yetishtirishda yuqori samarali resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, o’ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
SHolini urug’idan yetishtirishga nisbatan ko’chat usulida yetishtirish jahon amaliyotida keng ommalashib ketgan va sholichilikda katta iqtisodiy potentsialga ega bo’lgan chora-tadbirlardan biri bo’lib, yer yuzidagi barcha sholi maydonlarining 95 foizida qo’llanilmoqda va o’zining progressiv usul ekanligini olinayotgan natijalari bilan isbotlamoqda.
Ayniqsa sholichilikka batamom ixtisoslashgan YAponiya, Koreya, Xitoy, Xindiston singari Osiyo mamlakatlari hamda Italiya, Ispaniya singari yevropa mamlakatlarida ham sholini ko’chat qilib yetishtirish uchun seriyali maxsus mashina-mexanizmlar shunday turli-tuman rusumlarda ishlab chiqarilmoqda va qo’llanilmoqdaki, biz bu mamlakatlar tajribasidagi juda ko’p narsalarni o’rganishimiz lozim. O’zbekistonda uzoq yillardan buyon sholining hosildorligi mamlakat bo’yicha gektaridan 30 tsentner bo’lib kelayotgan bir paytda yuqorida ta’kidlangan mamlakatlarda hosildorlik ko’rsatkichlari 60-90 tsentnerni tashkil etmoqda.


Download 176,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish