Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 
2. Muhabbat misolida mohiyatan nima ko'zda tutilgan? 
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering. 
4. G'azaldagi asosiy ifoda va tasvir vositasi nima? Uning asardagi o'rni va 
vazifasini tushuntirib bering. 
5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
6. «Begona bayt» - qanday bayt? Bu g'azaldagi begona baytning o'rni va 
mavqeyi nimalarda ko'rinadi? 
7. Maqta'da qo'llangan «
boda
»timsolining ikki ma'nosini tushuntirib bering. 
8. May timsolining tasawufiy adabiyotdagi o'rni va mavqeyi haqida so'zlang. 
9. G'azal mazmun-mohiyati bilan u qo'shiq qilib aytiladigan «Munojot» kuyi 
o'rtasida qanday bog'liqlik bor? 
10. G'azalni yodlang. 
«JONG'A CHUN DERMEN: «NE ERDI O'LMAKIM 
KAYFIYATI?..» G'AZALI 
Jong'a chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?» 
Derki: «Bois bo'ldi jism ichra marazning shiddati». 
Jismdin so'rsamki: «Bu za'fmgg'a ne erdi sabab?» 
Der: «Anga bo'ldi sabab o'tluq bag'irning hirqati». 
Chun bag'irdin so'rdum, aytur: «Andin o't tushti manga, -
Kim ko'ngulga shu'la soldi ishq barqi ofati». 
Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga 
Qanday chiday oldi ekan odamzod?! -


Ko'ngluma qilsam g'azab, ayturki: «Ko'zdindur gunah, 
Ko'rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati». 
Ko'zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro, 
Sendin o'lmish telba ko'nglumning balo-yu vahshati». 
Yig'lab aytur ko'zki: «Yo'q erdi manga ham ixtiyor, -
Kim ko'rundi nogahon ul sho'xi mahvash tal'ati». 
Ey Navoiy, barcha o'z uzrin dedi, o'lguncha kuy, -
Kim sanga ishq o'ti-o'q ermish azalning qismati. 
«Favoyid ul-kibar»ning 597-g'azali. 
Bu g'azalda she'riyatdagi savol-javob usulidan unumli 
foydalanilgan. Bunda birov savol beradi, ikkinchi taraf shu sa-
volga javob qaytaradi. Shoirning «Farhod va Shirin» dostonida 
Xusrav bilan Farhodning aytishuvi ham aynan ana shu yo'lda 
qog'ozga tushirilgan. 
To'liq bir g'azalni savol-javob tarzida bitish Navoiy dan ol-
din yashab, ijod qilgan qalam sohiblari ijodida ham uchraydi. 
Ammo bu g'azal ayni san'atni oliy darajada qo'llashi va man-
tiqiy asoslanganligi bilan alohida ajralib turadi. 
G'azalning lirik qahramoni - oshiq. U ishq otashining 
zo'ridan o'lim yoqasiga kelgan. Shuning uchun u m a t l a ' d a y o q 
to'g'ridan-to'g'ri jonidan:
 «O'lishimning sababi nima?»
- deb 
so'raydi. Jon esa unga:
 «Bunga jismdagi kasallikning shiddati 
sabab bo'ldi»,
- deya javob qaytaradi. 
I k k i n c h i b a y t d a lirik qahramon jismga murojaat qilib, 
undan:
 «Вы vaziyatga tushib qolishingga nima sabab bo'ldi?» -
deb so'raydi. 
Jismning javobi esa quyidagicha:
 «Bunga o'tlik bag'irning 
hirqati sabab bo'ldi».
Baytdagi «
hirqat
» so'zi kuyish, yonish 
degan ma'noni anglatadi. 
U c h i n c h i b a y t d a savol endi bag'irga beriladi, u esa: 
«Menga ко 'ngildan о't tushdi, chunki ко 'ngilga ishq chaq-
nog'ining ofati shu'la soldi», -
deb javob aytadi. 
T o ' r t i n c h i b a y t d a mantiqan lirik qahramon ко'ngilga 
«g'azab qiladi», shu tariqa u gunohni ko'zga yuklaydi:
 «Agar 


ko'z ko'nnaganida edi, biz bu ishning tuhmatiga qolmagan bo'lar 
edik». 
B e s h i n c h i b a y t d a oshiq endi ko'zning «yoqasidan ola-
di»:
 «Ey etagi ho '1-й yuzi qora, ко 'nglimning balo-yu vahshati 
sendan ekan-ku». 
O l t i n c h i b a y t d a ko'zning yig'lab aytgan javobi beril-
gan: «
Menda ham ixtiyor yo 'q edi, nogahon ul sho 'xi Mahvash 
(Oysifat) tal'ati ko'rinib ketgan bo'lsa, men nima qilay?» 
M a q t a ' g a kelganda lirik qahramon shoirga murojaat qilib: 
«Ey Navoiy, barcha о 'z uzrini aytdi, sen о 'Iganingcha kuy, 
chunki ishq о 'ti senga azalning qismati ekan», -
deydi. 
G'azalning har bir baytida o'ziga xos ohoriy (original) 
badiiy ifoda va tasvirlarga duch kelamiz. Muallif hech kim-
ning xayoliga kelmagan tarzda baytlarni baytlarga mantiqan 
bog'laydi. Jon (birinchi bayt), jism (ikkinchi bayt), bag'ir 
(uchinchi bayt), ko'ngil (to'rtinchi bayt), ko'z (beshinchi va 
oltinchi baytlar) bilan bo'lib o'tgan savol-javoblarda kuch-
li izchillik va o'zaro ketma-ketlik bor. Jon aybni - jismga, 
jism - bag'irga, bag'ir - ko'ngilga, ko'ngil - ko'zga yuklaydi. 
Oxiri, lirik qahramon ishqda yonish uning azaliy qismati ekani-
ni tan oladi. 
G'azal ramali musammani maqsur (yoki mahfuz) vaznida 
bitilgan. Uning ohangi
 foilotun - foilotun - foilotun - foilun 
(yoki
 foilon)
bo'ladi. Taqte'si: - V - - / - V - - / - V - -
/ - V- (yoki - V ~). 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish