Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. Matla' badiiy go'zalligini ta'minlagan asosiy omil, mantiqiy asos nima? 
2. Baytdanbaytga qaysi so'zlar o'tyapti va buning g'azal umumiy qurilmasidagi 
o'rni va mavqeyi nimadan iborat? 
3. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
4. G'azaldagi tahlilga tortilgan so'z-timsollarni daftaringizga yozib olib, ular 
talqinlarini o'zaro qiyoslab chiqing. 
5. G'azalni yodlang. 
«BO'LDUM SANGA
1
» RADIFLI G'AZAL 
Ko'rgali husnungni zor-u mubtalo bo'ldum sanga, 
Ne baloliq kun edikim, oshno bo'ldum sanga. 
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko'ngul, 
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga. 
Men qachon dedim: «Vafo qilg'il manga», zulm aylading, 
Sen qachon deding: «Fido bo'lg'il manga», bo'ldum sanga. 
«Qay pari paykarg'a, - dersen, - telba bo'lding bu sifat?» 
Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga, bo'ldum sanga. 
Ey ko'ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo'l, 
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga. 
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, 
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga. 
Alisher Navoiy devonlari nashrlarining ko'pida bu g'azaldagi ushbu so'z 
«sango»
tarzida yozilgan. Ammo vazn uni
 «sanga»
tarzida o'qish ham mumkinligi 
va shu to'g'riligini taqozo etadi. Biz shu yo'lni tutdik. 


G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, 
To Navoiydek asir-u benavo bo'ldum sanga. 
«G'amyib us-sig'arming 16-g'azali. 
Navoiyning oldingi g'azallari tahlilida ko'rdingizki, shoir bu 
janrga oid asarlarida har bir baytga olam-olam ma'no yuklaydi, 
kutilmagan, ohoriy, jozibador ifoda, bayon va tasvir vositalari-
dan foydalanadi, qalamining kuchini ko'rsatadi. 
An'anaviy yetti baytdan iborat «Bo'ldum sanga» radif-
li g'azal ham bundan mustasno emas. U turkiy she'riy at 
uchun eng an'anaviy bo'lgan ramali musammani mahzuf 
(yoki maqsur), ya'ni
 foilotun-foilotun-foilotun-foilun
(yoki
 foilon) 
vaznida yozilgan. Taqte'si: - V - - / - V - - / - V - - / 
- V - (yoki - V 
G'azal baytlari mazmunini bir-bir tahlil etishning asar umum 
mohiyatini bilishda alohida o'rni bor. Shuning uchun baytlar 
ma'no-mazmuni bilan tanishib, ulardagi badiiy ifoda va tasvir 
xususiyatlarini aniqlash mumkin. 
M a t 1 a 'da:
 «Husningni ко 'risk uchun senga zor-u asir 
bo 'lib qoldim. Senga oshno bo 'Igan kunim qanday balolik kun 
ekan?» -
deyilgan. 
Bu yerda ко'ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun 
mashaqqatli jarayon boshlanishi ta'kidlangan. 
I k k i n c h i b a y t n i n g ma'no-mazmuni quyidagicha:
 «Sendan 
ko'ngil uzay deb har qancha uringanim bilan
(bo'lmadi), 
kundan kunga badtarroq senga mubtalo bo 'lib qolaverdim». 
Mantiqiy jihatdan bu baytda tazod (zidlantirish) san'ati ishga 
solingan. 
U c h i n c h i b a y t d a : «
Men qachon senga: «Menga vafo 
qil», - deb aytgan bo 'Isam
(aksincha),
 menga ustma-ust zulm 
qilaverding, sen qachon menga: «Fido bo 'Igin», - degan 
bo 'Isang, senga fido bo 'ldim-ки», -
degan fikr ilgari surilgan. 
Bu qo'shmisrada tazod san'ati yana-da kuchliroq tus olgan: 
qachon oshiq yoridan vafo qilishni so'ragan bo'lsa, teskarisini 
qilgan, lekin, aksincha, qachon yor oshiqdan fido bo'lishni 
so'ragan bo'lsa, unga javoban yor, albatta, fido bo'lgan. 


T o ' r t i n c h i b a y t da lirik qahramon aynan kimga oshiq-
ligini aniqlashtirib oladi va bunda yorining o'zini
 «aybdor» 
qiladi:
 «Qaysi pariga о 'xshash qomatli go 'zalga bunday dara-
jada oshiqi devona bo 'lib qolding?» - deb so 'rasang, ey 
pariqomatligim, menga nima qilsang, qilki, men seni sevib, 
devonang bo 'lib qoldim». 
Bu baytda shoir kam so'z qo'llab, ko'p ma'no chiqarish 
mahoratini ko'rsatgan. Chunki radifda kelgan
 «bo'ldum san-
ga»
so'zlari mantiqan
 «telba bo'ldum sanga»
deb tushunishni 
taqozo etadi. Chunki baytning birinchi misrasidagi savolda gap 
kim telba bo'lgani haqida ketayotgan edi. Mumtoz adabiyotshu-
nosligimizda mahoratning bunday usuli
 balog'at
deyilgan. 
B e s h i n c h i b a y t d a lirik qahramon to'g'ridan-to'g'ri o'z 
ko'ngliga murojaatga o'tadi:
 «Ey ko'ngil, men nasihatiarga quloq 
solmadim,
(endi)
 sen ham ovora bo'ladigan holding,
(boshing-
dagi)
 yuz balo yetmagandek, men ham senga bir balo bo Idim». 
Ma'lumki, inson hayoti hech qachon mashaqqatsiz kechmaydi. 
Ammo u ishq yo'liga kirsa, mashaqqati yana-da ortadi. Bu 
yerda lirik qahramon ana shu mantiqqa suyanib, ko'ngliga 
ishq yo'liga kirgani uchun yuz balosiga yana bir balo orttir-
ganini bayon etyapti. 
O l t i n c h i b a y t d a soqiyga murojaat qilinadi:
 «Ey soqiy, 
mansab-lavozimlardan voz kechib, senga gado bo Igunga qadar 
ham doim jomi Jam bilan Xizr payg'ambar suvi mening na-
sibim bo Idi». 
Shuni ta'kidlash kerakki, bu qo'shmisra g'azaldagi begona 
bayt hisoblanadi. Albatta, begona baytni asardan butunlay uzi-
lib qolgan parcha tarzida tushunmaslik kerak. Har holda, shoir 
oldingi baytlardagi ma'no-mantiqdan kelib chiqilganda, nisbatan 
kutilmagan bir fikrni ilgari suradi.
 Soqiy
timsolida ham piri 
komil, ham yori aziz ko'zda tutilgan. 
Baytda talmeh san'ati qo'llangan.
 «Jomi Jam» -
afsona-
viy Jamshid podshoh yasattirgan qadah. Tasawufiy adabiyot-
da u vasl sarxushligi, ya'ni mastligini anglatadi. Bu timsolda 
ramzan ko'ngilda yor aks etishiga ishora ham mavjud. Sharqda, 
Xizr payg'ambar abadiylik suvini ichgani uchun hamisha tirik 
yashaydi,
degan qarash hukmron. Shoir bu yerda shundan foy-
123 


dalangan.
 Jomi Jamda
ham,
 Xizr suyida
ham ramzan piri komil 
qalbiga ishora bor. Aytilmoqchiki, Alloh ishqidan mast bo'lgan, 
abadiy, boqiy zot vasliga intilgan oshiq uchun mansab-lavo-
zimlarning zarracha ahamiyati yo'q. Boshqacha ifodalaganda, 
Alloh vasliga erishaman, abadiylik baxtiga musharraf bo 'laman, 
degan kishi mansab-lavozimlarga (ya'ni dunyoviy rag'batlarga) 
ko'ngil qo'ymasligi, ulardan voz kechishi, kamida, ustun turishi, 
ya'ni darvesh bo'lishi lozim. 
M a q t a ' d a oshiqlikning martabasi yana-da balandroq ko'ta-
riladi:
 «To Navoiydek senga asir-u benavo bo'lmaguncha g'am-
g'ussa changi(sozi)dan biron-bir kuy eshitmadim». 
Bu baytning birinchi misrasidagi
 «navoye»
(«bir navo») 
so'zi bilan ikkinchi misrasidagi
 «Navoiy»
so'zi o'rtasida 
o'zakdoshlik bor. Bu ajib lisoniy joziba hosil qilgan. O'zaro 
o'zakdosh so'zlarni ishlatish Sharq mumtoz badiiyati ilmida
 ish-
tiqoq san 'ati
deyiladi. 
Bu g'azal shoirning hofizlarimiz tomonidan sevib kuylana-
digan she'rlaridan biri hisoblanadi. Ko'p o'zbek shoirlari asrlar 
davomida bu g'azalga naziralar bitgan, taxmislar bog'lagan. 
Bu she'r misolida ishqiy mavzuni yoritishda g'azalning juda 
keng imkoniyatlari borligini ham his etamiz. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish