Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi, mavzusi, vazni va qofiyasi haqida ma'lumot bering. 
2. G'azalda ishq tasviri uchun qanday ohoriy badiiy usul qo'llangan? 
3. Baytdan baytga mantiqiy bog'liqlik qanday amalga osha boradi? 
4. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
5. Lirik qahramon ishqiga haqiqiy «aybdor» kim? 
6. G'azalni yodlang. 
«YO'Q» RADIFLI G'AZAL 
Yordin ayru ko'ngul - mulkedurur, sultoni yo'q, 
Mulkkim, sultoni yo'q, jismedururkim, joni yo'q. 
119 


Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul 
Bir qaro tufrog'dekdurkim, gul-u rayhoni yo'q. 
Bir qaro tufrog'kim, yo'qtur gul-u rayhon anga, 
Ul qorong'u kechadekdurkim, Mahi toboni yo'q. 
Ul qorong'u kechakim, yo'qtur Mahi tobon anga, 
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo'q. 
Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo'lmag'ay 
Do'zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo'q. 
Do'zaxekim, ravzayi rizvondin o'lg'ay noumid, 
Bir xumoredurki, anda mastlig' imkoni yo'q. 
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor 
Hajrdin dardi-yu lekin vasldin darmoni yo'q. 
«G 'aroyib us-sig 'arming 310-g 'azali. 
Baytlardagi mantiqiy bog'liqlik nuqtayi nazaridan bu g'azal 
ham «Jong'a chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?..» 
g'azaliga o'xshaydi. 
G'azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya'ni
 foilo-
tun - foilotun - foilotun - foilun
(yoki
 foilon)
vaznida bitilgan. 
Uning taqte'si quyidagicha bo'ladi: -V / - V /- V 
/ - V - (yoki - V 
M a t l a ' n i n g o'zidayoq muallif a w a l yordan ayri ko'ngilni 
sultoni yo'q mamlakatga, keyin esa sultoni yo'q mamlakatni joni 
yo'q jismga o'xshatadi. 
I k k i n c h i b a y t da mulohaza shu tarzda davom etadi: «Ey 
musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, и gul-u rayhoni у о 'q 
bir qora tuproqning о 'zginasi-ки». 
U c h i n c h i b a y t da aytiladiki:
 «Agar gul-u rayhoni yo 'q bir 
qora tuproq bo 'Isa, и bir porlab turgan Oyi yo 'q qorong 'i kecha 
ekan-da». 
T o ' r t i n c h i b a y t d a aynan ana shu qorong'i kecha ta'rifi 
ketadi: «
Porlab turgan Oyi yo 'q qorong 'i kecha bo 'Isa, и hayot 
sarchashmasi yo 'q zulmat ekan-da». 
120 


B e s h i n c h i b a y t da aynan ana shu hayot sarchashmasi yo'q 
zulmat lirik qahramonni do'zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi 
haqida so'zlashga undaydi, do'zax esa shunday bir xumordirki, 
unda mastlikning imkoni yo'q. (
Mastlik
deganda shoir ishqni, ya'ni 
Yaratganga intilishni ko'zda tutgan.) 
M a q t a ' d a lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib:
 «Unga 
shunday uqubatlar yuborUganki, hajridan dardi, lekin vaslidan 
darmoniyo 'q», -
deydi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish