Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 
2. Muhabbat darajasini bildirish uchun nega shoir aynan yor go'zalligi bel-
gilarini ta'riflashni bosh masala qilib qo'ygan? 
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering. 
4. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
5. G'azalda so'roqlarning ahamiyati, badiiylik darajasini ko'tarishdagi hissasini 
tushuntirib bering. 
6. Maqta'dan tashqari baytlardagi birinchi misralarda mavjud ichki ohangdosh-
likni misollar asosida tushuntiring. 
7. G'azaldagi qiyoslarning badiiy vazifasini tushuntiring. 
8. G'azalni yodlang. 
«KELMADI» RADIFLI G'AZAL 
«Kecha kelgumdur», - debon ul sarvi gulro' kelmadi, 
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. 
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo'lida intizor, 
Keldi jon og'zimg'a-vu, ul sho'xi badxo' kelmadi. 
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot, 
Ro'zgorimdek ham o'lg'anda qorong'u kelmadi. 
Ul parivash hajridinkim, yig'ladim devonavor, 
Kimsa bormukim, anga ko'rganda kulgu kelmadi. 
«Ko'zlaringdin necha su(v) kelgay?!» - deb o'lturmang meni, 
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi. 
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsa kim qo'ydi qadam 
Yo'lg'akim, awalqadam ma'shuqe o'tru kelmadi. 
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin, 
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg'u kelmadi. 
«Badoye'ul-vasat»ning 608-g'azali. 
G'azal ishqiy mavzuda, o'zbek tilidagi she'riyatda eng ko'p 
ishlatilgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni 


«foilotun - foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon)» vaznida 
yozilgan. Taqte'si: - V - - / - V - - / - V - - / - V -
(yoki - V G'azaldagi ko'pchilik misralar ramali musammani 
mahzuf, ya'ni
 «foilotun - foilotun - foilotun - foilun»
vazniga 
tushsa-da, ikkinchi baytning
 «intizor»
so'zi bilan tugagan hamda 
to'rtinchi baytning
 «devonavor»
so'zi bilan tugagan birinchi mis-
ralari ramali musammani maqsur, ya'ni
 «foilotun - foilotun -
foilotun - foilon»
vaznida bitilgan. 
G'azal - an'anaviy yetti baytdan iborat. 
Radifida o'zbekcha so'z
 («kelmadi
») ishlatilgan va qofiyasi-
dagi sakkiz (
gulro' - uyqu - badxo'- qorong'u - kulgu - su(v) -
о 'tru - qayg'u)
so'zdan oltitasi - o'zbekcha, ikkitasi
 {«gulro'»
va
 «bad-
xo'») -
tojikcha. 
G'azalda badiiy jihatdan shunday qat'iy bir qoidaga amal 
qilinganki, har bir baytda kamida bir tazod (zidlantirish, qara-
ma-qarshi ma'nolardagi so'zlarni qo'llash) san'ati namunasiga 
duch kelamiz. Bu badiiy san'at g'azalda asosiy ifoda va tasvir 
vositasiga aylangan. 
Matla'da lirik qahramon,
 kecha
(buni «
kechasi
» deb ham, 
«kecha
», ya'ni bir kun oldin deb ham tushunish mumkin)
 «sar-
vi gulro'»
(gul yuzli sarv, ya'ni tik qomatli yor)
 kelaman deb, 
kelmadi, shuning uchun tong otgunga qadar ко 'zlarimga uyqu 
kelmadi,
deydi. Shuning o'zidayoq lirik qahramon holati, u che-
kayotgan iztirob ma'lum qilinadi. 
Betoqat oshiq har zamon-har zamon chiqib, ma'shuq yo'liga 
intizor bo'ldi, hatto, jon uning og'ziga keldi-yu, u yomon fe'l-
atvorga ega sho'x go'zal kelmadi (ikkinchi bayt).
 «Ul sho'xi 
badxo'»
deganiga qarab: «
Yor yomon ekan, unda nega oshiq 
uni sevadi?» -
degan fikrga bormaslik kerak. Chunki shoirning 
bu ifodasida o'ziga xos erkalash ohangi ham bor. Yorning 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish