Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 
2. Asar qofiyasi va radifini tahlil qiling. Radif va qofiyada ishlatilgan so'zlar 
aslan qaysi tildan olingan? 
3. Matla'dagi
 «mardumliq»
va
 «mardum»
so'zlari o'rtasidagi bog'liqlik va farq 
nimadan iborat? 
4. Oshiqning yorga sadoqati baytlarda qanday badiiy vositalar orqali 
ko'rsatiladi? 
5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
6.
 «Soch»
timsoli g'azalda qanday ramziy ma'noni ifodalab kelgan? 
7. Oxirgi ikki baytda qaysi ma'noda lirik qahramon jon va o'lim tushunchala-
rini tilga oladi? 
8. Matla' bilan maqta' o'rtasida qanday mantiqiy bog'lanish mavjud? 
9. G'azalni yodlang. 


«DEYIN» RADIFLI G'AZAL 
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin, 
Ko'ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! 
Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, 
Bu kudurat ora ruxsori safosinmu deyin?! 
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin, 
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?! 
Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin, 
Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?! 
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin, 
Movi(y) ko'nglak uza gul rangi qabosinmu deyin?! 
Charx ranjinmu deyin, dahri shikanjinmu deyin, 
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?! 
Ey Navoiy, dema qosh-u ko'zining vasfini, et, 
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?! 
Bu shoirning mashhur g'azallaridan biri. Qo'shiq qilib kuylana-
di ham. Chunki ohangdorligi - juda kuchli. Matla'da
 («yosinmu -
qarosinmu - balosinmu»),
shuningdek, maqta'dan boshqa barcha 
baytlarning birinchi misralarida ichki qofiya
 («qahrinmu - zah-
rinmu», «dardinmu - nabardinmu», «dominmu - kalominmu», 
«xolinmu - niholinmu», «ranjinmu - shikanjinmu»)ga
ham 
qat'iy amal qilingan. 
7 baytli bu g'azalda
 «deyin»
so'zi faqat radifdagina takror-
lanib kelmaydi. Bu so'z radifda 8 bor qo'llanishidan tashqari, 
yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo'llanadi. Radd ul-mat-
la' (matla'ni takrorlash) san'ati asosida birinchi misra g'azalning 
so'nggi satri sifatida yana bir karra qaytariladi. Bu takrorlar 
ham g'azal ohangi-yu jarangini, ham fikr ta'kidini, ham oshiq 
his-hayajoni ifodasini kuchaytirgan. 
«Navodir ush-shabob»ning 483-g'azali. 


G'azaldagi ohangdorlik faqat qofiya va radif orqaligina 
ta'minlanmagan. Baytlarning birinchi misralarida ham ichki 
ohangdorlik («
yosinmu - qarosinmu», «qahrinmu - zahrinmu...» 
va hokazo) mavjud. 
G'azalda boshdan-oxir qiyos usulidan foydalaniladi. Har bir 
qiyoslashda ikkitadan tushuncha ishtirok etadi. Birinchi baytda 
yorning
 «qoshi yosi»
(yoyday egik qoshi) bilan
 «ко 'zi qarosi» 
(ko'zining qoraligi), ikkinchi baytda uning
 «ko'zi qahri»
bilan 
«kirpiki zahri»,
uchinchi baytda
 «ishqi dardi»
bilan
 «hajri 
nabardi»
(hajrining jangi), to'rtinchi baytda
 «zulfi domi»
(so-
chining domi) bilan
 «la'li kalomi»
(la'ldek qizil labining so'zi), 
beshinchi baytda
 «turfa xoli»
(har xil xoli) bilan
 «qaddi ni-
holi»
(yosh niholdek tik qomati), oltinchi baytda
 «charx ranji» 
(taqdir yetkazgan azob) bilan
 «dahri shikanji»
(dunyo yetkazgan 
qiyinchilik), yettinchi baytda yana
 «qosh»
bilan
 «ko'z»
o'zaro 
yonma-yon tilga olinadi. 
Ammo bular baytlarning birinchi misralarida kelgan qiyoslar. 
Qiyos baytlarning ikkinchi misralarida ham o'ziga xos tarz-
da davom etadi. B i r i n c h i b a y t d a
 «dard»
bilan
 «balo», 
i k k i n c h i b a y t d a
 «kudurat»
(xafagarchilik) bilan yorning 
«ruxsori safosi»
(toza yuzi), uchinchi baytda
 «qatiq dard-
lar»
bilan yorning
 «vasli davosi»,
to'rtinchi baytda
 hm(«zulfi 
domi »)wmg «qaydi»
bilan yana biri(«7a'//
 kalomi»)
ning
 «adosi», 
beshinchi baytda
 «moviy ко 'nglak»
bilan
 «gul rangi qabo» 
(gulrang to'n), oltinchi baytda
 «javr»
bilan
 «jafo»,
yettinchi 
baytda yana yorning
 «qoshi yosi»
bilan
 «ko'zi qarosi»
o'zaro 
baqamti qo'llanadi. 
Bir qarashda, g'azal boshqa ishqiy mavzudagi lirik she'rlardan 
keskin farq qilmagandek, oshiq ma'shuqaning, odatdagidek, 
chiroyini turli uzvlari, ya'ni qoshi, ko'zi, sochi, yuzi, labidan 
chiqqan so'zlar va kiyimi, ya'ni moviy ko'ylagi, gulrang to'ni 
ta'rifi orqali tasvirlab, ishqiy iztiroblarini bayon etayotgandek 
tuyuladi. Biroq, aslida, buyuk shoir qalamining qudrati bilan 
ana shu so'z va qiyoslar zamirida ajib bir badiiy go'zallik ya-
shiringan. Bu o'quvchida ayricha zavq-shavq uyg'otadi. 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish