«QILG'IL» RADIFLI G'AZAL
Qaro ko'zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kebi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
Firoq tog'ida topilsa, tufroqim, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohig'a, ey bog'bon, emas mone',
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ко'rub, o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,
Aning boshoqliq o'qin sham'i anjuman qilg'il.
«G 'aroyib us-sig'arming 371-g'azali.
Sakkiz baytli bu g'azal asrlar osha el orasida mashhur bo'lib
kelyapti. Radifi - sof turkiy (o'zbekcha) so'z. Qofiyasiga shoir
arabiy
{«fan», «vatan», «rasan», «kafan»),
forsiy
(«ко Ъкап»,
«shikan», «anjuman»)
kalimalarga ohangdosh o'zbekcha so'z
{«tikan»)
ham topadi.
102
Ushbu g'azal sakkiz baytdan iborat. U mujtassi musammani
maxbun va maxbuni maqtu', ya'ni
mafoilun-failotun-mafoilun-
fa'lun
vaznida bitilgan. Taqte'si quyidagicha bo'ladi: V - V- /
V V - - / V - V - / - - .
G'azal oshiq qalbning yetuklik va kamolot timsoli bo'lmish
komil insonga jo'shqin muhabbati ifodalangan mashhur she'r-
lardan biri hisoblanadi
1
. XX asr boshlarida uni mashhur xonan-
da To'ychi hofiz Toshmuhammedov «Shashmaqom» tarkibiga
kiradigan «Ushshoq» («Oshiqlar») kuyi asosida qo'shiq qilib
aytadi. «Shashmaqom» tarkibidagi bu kuyning aynan shunday
nomlanishi ham bejiz emas. Olimlar,
bu kuyda oshiq qalbning
yor vasliga yetish yo 'lidagi iztirob-u nola-yu jig 'onlari aks et-
gan,
deb hisoblashadi. Bir asr mobaynida bu g'azalni ko'pdan-
ko'p xonandalarimiz ijro etdi.
Matla'ni sharhlashning o'zidayoq bu g'azalda qanchalar
ma'no-mazmun yashirin ekani ayonlashadi. Lirik qahramon
oshiq tarzida so'z boshlab, yoriga to'g'ridan-to'g'ri
«qaro
ко 'zum»
deb murojaat qiladi, undan kelib odamgarchilik («
mar
-
dumlig'»)
qilishni, yana ham aniqrog'i, oshiq ko'zi qorasida
gavhar
(«mardum kebi»)
vatan tutishni so'raydi.
«Mardum kebi»
ifodasida zimdan
«odamdek»
degan ma'no ham yashirin. Bilam-
izki, ko'z qorachig'i ichida yana qop-qora gavhar
(«gavharak»
ham deyishadi) bor. U eski tilimizda
«mardumak»
deb ham
ishlatilgan. Hozir ham bu shakl ayrim shevalarimizda saqlanib
qolgan. Demak, shoir birinchi va ikkinchi misralarda shakldosh
(omonim) so'zlar ishlatib, tajnisga erishgan.
Tasawufiy adabiyotda uchraydigan timsol-istilohlar lug'atlarida
ko'z komil inson timsoli sifatida tushuntiriladi. Xuddi komillikka
erishgan inson o'zidan kechib, boshqacha aytganda, o'zidagi
barcha illatlarni bartaraf etib, faqat Yaratganni ko'rgani, uni
1
Bu g'azal ko'plab navoiyshunoslar tarafidan atroflicha sharhlangan. Ular
orasida atoqli sharqshunos, filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Ko-
milov yozgan sharh ilmiyligi, asarning dunyoviy va tasawufiy ma'no-mazmuni
keng talqin etilgani va teran xulosalarga boyligi bilan ajralib turadi. Tahlilda biz
ana shu sharhdan ijodiy foydalandik.
Qarang:
К о m i 1 о v N. Ma'nolar olami-
ga safar (Alisher Navoiy g'azallariga sharhlar). Т.: «Tamaddun» nashriyoti. 2012.
174—188-betlar.
103
o'ylagani kabi, ko'z ham o'zini ko'rmaydi, o'zgalarni ko'radi.
O'zi, umuman, yuzga ilohiy go'zallik (zuhurot) ramzi deb
qaraladi. Ko'z esa - ana shu go'zallik jamlangan asosiy man-
ba. Chunki yuzning bor jozibasi - ko'zda mujassam. Ko'zni
sevish orqali ilohiy jamolni yaxshi ko'rish ifodalanadi.
G'azaldagi lirik qahramon ana shu ko'zda nazarda tutil-
gan komil insonni o'z ko'zining gavhariga aylantirmoqchi.
Shu tariqa matla'dan quyidagicha ma'no-mazmun anglashiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |