Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

 Agar,
deydi u t o ' r t i n c h i b a y t da, 
ajralish
(«firoq»)
 tog'ida tuprog'im topilsa, uni loy
(«xamir») 
etib, yana qaytadan tog'da tosh yo'nuvchi
(«ko'hkan»)
 qilib yasa. 
Bu yerda Odam Atoning loydan yaratilganiga ishora mav-
jud. Shu tariqa shoir Haqqa bo'lgan ishq azaliy va abadiyli-
gi, u Odam Atodan meros bo'lib qolganini bildirib o'tmoqchi. 
Shuningdek, baytda an'anaviy Farhod timsoliga ishora ham bor-
ligi ayon bo'lib turibdi. 
Farhod ham
 «ko'hkan»,
ya'ni tosh yo'nuvchi edi. Shu mav-
zudagi dostonlarda u Shirin dardida tog'da halok bo'ladi. Far-
hod - adabiyotda ishqda sadoqat ko'rsatish, maqsadi yo'lida 
105 


o'rtanish, g'am-anduh chekish, hijron dardlarini haddi a'losida 
boshdan o'tkazish timsoli sifatida mashhur. Bejiz emaski, Na-
voiy «Farhod va Shirin» dostonida,
 uning ismi «firoq», «ranj», 
«hajr», «oh»
va
 «dard» so 'zlaridan
(arab alifbosi asosidagi im-
loda bu so'zdagi
 «а»
tovushi yozuvda aks etmaydi)
 tashkil top-
gan,
deb bitadi. 
Bu bilan lirik qahramon:
 «Mening ishqdagi dardim Far-
hod dardidan kam emas, hatto, ortiq ham, shuning uchun agar 
men ma 'shuq ishqi yo 'lida jon bersam, tuprog 'imni boshqatdan 
qorib, qayta yaratsang, ey falak, yana o'sha ishq tog'ida tog' 
yo'nuvchi qilib yarat», -
demoqchi. 
B e s h i n c h i b a y t g a kelib lirik qahramon biroz «hovu-
ridan tushganday»bo'ladi, endi yana bevosita yorga murojaat 
yo'liga o'tadi. Bu yerda awalgi baytlardagi yalinib-yolvorish 
ohangi yo'q. Lirik qahramon:
 «Bordi-уи, ko'ngullar yuzingning 
visoliga yetsin, desang, unda sochingni boshdan-oyoq о 'rab-
chirmab tashla», -
deydi. 
«Yuz»
timsoli ilohiy go'zallik manbasi ramzi ekanini bilib 
oldik. Baytning tub mohiyatiga tushunib yetish uchun endi 
«soch», «chin»
va
 «shikan»
timsollarining ham dunyoviy, ham 
tasawufiy ma'nolaridan yaxshi xabardor bo'lish kerak. 
«Soch»
tasawufiy timsol-atama sifatida she'riyatda mavjud 
dunyo ramzi hisoblanadi. Albatta, mavjud dunyoni ham Alloh 
yaratib, uni harakatga keltirgan, unga o'z ilohiy nurini soch-
gan (tajalli etgan). Biroq dunyo kasrat, ya'ni ko'plikni anglatadi. 
Soch - yuzga nisbatan qora. Shunga ko'ra, tasawufiy talqinda 
u Iloh manbasiga nisbatan qorong'i va bepoyon (chunki soch -
uzun). Sochning chin-u shikanlari (jingala-yu halqalari) solik 
ruhi ovora va band bo'ladigan dunyo tashvishlarini anglatadi. 
Inson ham - tajalliyot mahsuli, aniqrog'i, uning oxiri. Shuning 
uchun u hayoti mobaynida ana o'sha asl manbaga qaytishga 
intilaveradi. U ana shu chin-u shikanlarni (bu dunyo tash-
vishlarini) yengmasa, Mutlaq ruh, ya'ni Alloh jamolini (yuzini) 
ko'rish baxtiga musharraf bo'la olmaydi. 
O l t i n c h i b a y t - nihoyatda ohoriy:
 kuz kelib, xazon 
sipohi yurish boshlasa, ey bog'bon, bu bog' tomida ignadan 


tikan qilib qo 'ysang ham, monelik qilolmaydi.
Bu bilan zimdan 
umrning o'tkinchiligiga, ishq yo'lida oshiqning imkoniyatlari 
ozligiga, vaqt g'animatligiga ishora qilinyapti. Chunki dunyoga, 
mol-u mulkka qancha mehr qo'yma, baribir, u o'tkinchi, bebaqo 
va bevafo. Faqat Allohgina boqiy, abadiy, yolg'iz uning yodi 
bilangina yasha. 
Baytdagi tasvirda shoir o'sha paytlardagi bog' va hovlilar 
devori ustini tikanakli butalar bilan o'rab chiqish odatidan 
badiiy vosita sifatida foydalangan. 
Y e t t i n c h i b a y t g a kelib shoir yana oldingi ishqiy tas-
virga qaytadi.
 Yorimning yuzida terni ко 'rib, о 'Isam,
deydi 
oshiq rafiqqa (do'stga, o'rtoqqa) murojaat qilib,
 gulob bilan 
yuvib, gulning bargidan kafan qilgin!
Gulob - jaydari oq atir-
guldan (uni Toshkentda
 «qirqog'ayni»,
Buxoroda esa
 «gulbut-
ta»
deyishadi) tayyorlangan sharbat. Baytda
 «gul»
timsoli zim-
dan oldingi qo'shmisradagi
 «xazon»
ga qarama-qarshi qo'yilgan. 
«Тег»
timsoli zamirida ham teran ramziy ma'nolar yashirin. 
Shoir nazdida u pokizalik, fayz, tarovat, yor jamolining por-
lashi, vafo alomati hisoblanadi va unda piri komil qalbining 
musaffoligi nazarda tutiladi. Gulob bilan gulga о'rash orqa-
li esa oshiqning Alloh vasliga musharraf bo'lish bilan abadiy 
hayotga erishish istagi ilgari surilgan. 
M a q t a ' d a lirik qahramon, Navoiyga murojaat qila turib, 
agar jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik о 'qini 
shu anjumanning shami qilgin,
deydi. 
«Anjumani shavq» -
zavqli-shavqli majlis-ma'rakani anglata-
di. Bu oshiq qalbida yor vasliga musharraf bo'lish ishtiyoqining 
haddi a'losiga yetganini bildiradi. Zimdan u ichki qo'zg'alish 
yuzaga kelgani, ya'ni ruhiy hayajon kuchayganidan dalolat 
beradi.
 «Boshoqli o'q» -
aslida, o'tkir uchli kamon o'qi. Ammo 
baytda u yorning kiprigini anglatib kelgan. U ham, xuddi bo-
shoqli o'q kabi, to'ppa-to'g'ri yurakka borib qadaladi. 
G'azalning ikkinchi baytida
 «jon»
so'zi o'rtasida keladigan 
«alif»
harfi bilan yorning tik qomati qiyoslanganini ко'rib 
o'tgan edik. Maqta'da yana
 «jon»
so'zi ishlatilgan. Bu yerda 
endi shoir
 «boshoqlik о 'q»,
ya'ni kiprikning anjumanda jon aro 
sham (u ham
 «boshoqlik o'q»
qa, ham
 «alif»
harfiga o'xshaydi) 
107 


bo'lishi tasviri orqali ikkinchi bor ana shunday o'xshashlikka 
asoslanadi. 
E'tibor bergan bo'lsangiz, matla' ko'z atrofidagi tasawurlar 
bilan boshlangan edi. Maqta'da ham undan uzoqlashilmadi - kip-
rik haqida so'z bordi. Bu mutanosiblik g'azalda
 tanosib
san'atini 
yuzaga keltirgan. 
Maqta'dagi xulosa boshqa baytlardagi mantiqqa asoslana-
di:
 modomiki, yor diydori orzusi yuragingni band etib, tobo-
ra zo 'raysa, shu ishq dardida to 'lib-toshsang, uning kiprigini 
shu orzung avjga chiqqan anjumanning chirog 'iga aylantir, 
ко 'nglingni uning muhabbati shami bilan yorit, ana shun-
da ma 'shuq dardiga giriftor diling doim yoniq, mash 'alador 
bo 'ladi. 
G'azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan tim-
sol, ifoda va tasvir ishlatiladi. Baytdan baytga o'tgani sari lirik 
qahramonning oshiqlik o'ti balandlab borganini ko'ramiz. Oxirgi 
ikki baytda oshiq yor ishqida jondan kechishga tayyor turganini 
ham bildiradi. Bu ham ishqning kamolga yetganini ifodalash-
ning bir yo'li edi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish