Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

G'AZALLAR 
Alisher Navoiy - g'azal mulkining sultoni. Faqat o'zbek 
she'riyatidagina emas, butun turkiy adabiyotda hech kim un-
gacha ham, undan key in ham u yaratganchalik ko'p va xo'p 
g'azal yozmagan. 
Navoiy - awalo, lirik shoir. U bolalik chog'laridan umri-
ning oxirigacha she'rlar ijod qildi. Shoir eski o'zbek va fors-
tojik tillarida o'zidan boy lirik meros qoldirdi. Xususan, o'zbek 
lirikasini tamoman yangi bir pog'onaga olib chiqdi. Shoir liri-
kasining asosiy janri esa g'azal edi. 
Uning lirik she'rlari jami sakkiz devonga jamlangan. Shun-
dan yettitasi turkiy, bittasi forsiy lirikadan tashkil topgan. 
1465—66-yili shoirning muxlislari tomonidan uning ixtiyori-
siz tuzilgan devon navoiyshunoslikda «Ilk devon» nomi bilan 
yuritiladi. Taxminan 1472-1476-yillar orasida esa bevosita zamona 
shohi Husayn Boyqaroning iltimosi bilan Navoiy o'zining birinchi 
devoni - «Badoyi' ul-bidoya»ni tuzdi. Bu devonga maxsus 
«Debocha» yozib, o'zining she'riyatga, xususan, g'azalga nis-
batan qarashlarini, ijodiy qat'iyatlarini bayon etdi. «Debocha» 
Navoiyning turkiy she'riyatga o'ta yuksak mezonlar bilan yon-
dashadigan sohibi qalam sifatida bo'y ko'rsata boshlaganidan 
dalolat beradi. 
1486-yili shoir o'zining ikkinchi devoni - «Navodir un-ni-
hoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzdi. 
Navoiy 1493-yili forsiy da bitilgan barcha lirik she'rlarini 
yig'ib, «Devoni Foniy»(«Foniy devoni»)ni tartib berdi. Chun-
ki shoir fors-tojik tilidagi lirik she'rlarida «Foniy» taxallusini 
qo'llagan. Bu devonda jami 554 g'azal mavjud. 
1491-92-yildan e'tiboran shoir barcha turkiy she'rlarini 
yig'ib, to'rt devondan iborat «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar 
xazinasi», u «Chor devon» nomi bilan ham mashhur) maj-
muasini tuzishga kirishdi. Bu keng ko'lamli va jiddiy ish 
1498-1499-yillargacha davom ettirildi. 
«Xazoyin-ul-maoniy»dagi har bir devonga alohida-alohida 
nom qo'yilgan: 
l.«G'aroyib us-sig'ar» («Bolalik g'aroyibliklari»). 


2.«Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari»). 
3.«Badoye' ul-vasat» («O'rta yosh yangiliklari»). 
4.«Favoyid ul-kibar» («Qarilik foydalari» yoki «Qarilik xulo-
salari»). 
Shu to'plamga yozilgan «Debocha»da kichik asarlarini nega 
aynan to'rt kitob qilganini aytib, uni yilning fasllariga qiyosan 
amalga oshirganini yozadi:
 «...Avvalg'i devonnikim, tufuliyat
(bola-
lik)
 bahori g'nucha sining a jib gullari va sig'ar
(o'smirlik)
 gul-
zorining bog'chasining g'arib chechaklari bila orosta bo'lub erdi, 
«G'aroyib us-sig'ar» deyildi. Va ikkinchi devonnikim, yigitlig-u 
oshuftalig' va shabob-u oliftalig' yozi-yu dashtida yuzlangan 
nodir vaqoye' bila piyrosta bo 'lub erdi, «Navodir ush-shabob» 
ataldi. Va uchunchi devonnikim, vasat ul-hayot
(umrning o'rtasi) 
mayxonasida ishq bila shavq paymonasidin yuzlangan badi' ni-
shotlar kayfiyatin yozilib erdi, «Badoye' ul-vasat» ot qo 'yuldi. 
Va to 'rtunchi devonnikim, umrning oxirlarida yuzlangan ishq 
dard-u ranji foyidalarikim, jonso 'z oh urmoq-u jon topshurmoq-
durkim, anda sabt bo 'lubtur, «Favoyid ul-kibar» laqab berildi». 
Keyin shoir umrning bu to'rt davrini yoshga mos tarzda 
taqsimlab chiqadi: 
- bolalik davri
 (tufuliyat avoni) -
7-8 yoshdan 20 yoshgacha; 
- yigitlik davri
 (shabob zamoni) -
20 yoshdan 35 yoshgacha; 
- o'rta yasharlik davri
 (kuhulat ayyomi) -
35 yoshdan 45 
yoshgacha; 
- qarilik davri
 (fusulning qishi) -
45 yoshdan 60 yoshgacha. 
Ammo bu tartibga qarab,
 shu to 'rt devonga shoirning aynan 
shu yoshlarida bitgan asarlari kiritilgan,
deb tushunmaslik 
kerak. Bu yerda ramziylik ham bor. 
«Xazoyin ul-maoniy» Navoiy umum merosining salmoqli 
qismini tashkil etadi. Undan jami 16 lirik janrga oid asarlar 
o'rin olgan. Majmuada g'azal eng asosiy janr hisoblanadi. Har 
bir devonga bir xil miqdorda, ya'ni aynan 650 tadan, jami 2 
ming 600 ta g'azal kiritilgan. 
«Chor devon» butun Sharq so'z san'atining ulkan yodgorligi 
hisoblanadi. Jahon adabiyoti xazinasida ham bu qadar yirik lirik 
meros yaratgan shoirlar u qadar ko'p emas. 
101 


«Xazoyin ul-maoniy»ga kirmay qolgan, ya'ni muallif um-
rining so'nggi yilida yaratilgan g'azallarini hisobga olmagan 
taqdirda ham, shoir ikki tilda yaratgan va devonlariga kiritgan 
g'azallarining umumiy soni 3 ming 154 tani tashkil etadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish