Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

«Qora ko'zligim
(go'zal yorim),
 kel endi, odamiylik muruv-
vatini ко 'rsatishni о 'rgan
(odat qilgin),
 ко 'zimning qorachig 'iga 
(gavhariga)
 gavhar
(qorachiq)
 kabi о 'rnashgin
(maskan tut)». 
Baytni mana bunday talqin etsa ham bo'ladi:
 «Qora ko'zligim, 
kelgin-da, mehr-muruvvat, vafo rasmini tuz
(vafo qil),
 men uchun 
sen ко'zimning qorachig'iday azizsan, joying - ko'zim ichida». 
O'zbek tilida
 «ko'z»
kalimasining o'z va ko'chma ma'nosidan 
foydalanib ishlatiladigan ko'plab so'z-u iboralar mavjud. Ular 
orasida, ayniqsa,
 «ко 'zlamoq», «ко 'z tutmoq»
va
 «ко 'z tikmoq» 
kabi ifodalarning ma'nosi bilan matla'da bayon etilgan mazmun 
o'rtasida muayyan o'xshashlik bor. Chunki lirik qahramon yor-
ning (bu yerda ham komil insonning, ham Allohning) vasliga 
ko'z tikyapti. 
Matla' - nihoyat darajada puxta-pishiq, ohoriy va ta'sirchan. 
Mumtoz adabiyotshunosligimizda bunday boshlanmalar
 «husni 
matla'»
yoki
 «shohbayt»
deyilgan. 
Oshiq - yori uchun tamoman sadqa bo'lishga tayyor. G'azal 
baytlarida u buni bosqichma-bosqich isbotlab boradi. 
Lirik qahramon m a t l a ' d a yorning ko'zi o'z qorachig'idan 
o'rin olishini istagan bo'lsa, i k k i n c h i b a y t da uning yuzi 
ko'ngli jannatida, qaddi-qomati esa joni gulshanida joy tutishini 
orzulaydi. 
Bu baytda birato'la to'rtta
 («yuzung guli», «ко'ngul ravzasi», 
«qading niholi», «jon gulshani»)
istiora qo'llangan. Lirik qahra-
mon yori yuzining guliga ko'ngil jannatini gulshan, uning qadd-u 
qomati niholiga esa jon gulshanini chaman qilishni istaydi. Shu 
tariqa oshiqning iltijosi yana-da kuchaytirilgan. Bu yerda zim-
dan
 «jon»
so'zining arab alifbosida yoziladigan ko'rinishi ham 
nazarda tutilgan. Chunki bu so'z o'rtasida keladigan
 «alif»
harfi 


tik tayoqcha tarzidagi shaklga ega. Bu esa adabiyotda yorning 
tik qomatiga o'xshatilgan. Bu o'quvchi ko'z o'ngida gulzor 
oralab tik qomat yor yurgandagidek tasawur uyg'otadi. Xuddi 
«jon»
so'zini yozuvda ifodalaganda
 «alif»(«o»)
harfi
 «jim» («j») 
va
 «пип» («п»)
harflari o'rtasidan o'rin olgani kabi, yorning 
qaddi ham - jon gulshani ichida. 
Yuz timsoli tasawufda ilohiy go'zallik ko'rinadigan ma-
kon (mazhar) tarzida talqin etiladi. Ko'ngil ravzasi bu yerda 
oshiqning intizor qalbini bildiradi. Baytda komil inson (pir) 
diydoridan bahramand bo'lgan oshiq dilining yayrab ketishi aks 
ettirilgan. 
U c h i n c h i b a y t da lirik qahramonning tasawurot ola-
mi kengayib, o'quvchi diqqat-e'tiborini kutilmagan tasvir sari 
yetaklaydi:
 «Ey yor, yo 'rg 'a oting oyoqlariga bag 'rim qonidan 
hino bog'lab, g'amingda qiynalib, azob-uqubat chekayotgan jon 
ipini itingning bo 'yniga arqon qilib bog 'la». 
Hino qo'yish - Sharq xalqlari, jumladan, o'zbeklarga ham 
xos qadimiy an'anaviy odatlardan biri. Bu xursandchilik kun-
lari qo'yilgan. Hinoning rangi qon rangiga o'xshaydi. Shundan 
foydalanib, lirik qahramon yorining o'z oti oyog'iga uning 
bag'ir qonidan hino bog'lashini istaydi. Bu bilan ishq yo'lida 
uning har qanday qiynashlari, hatto, xo'rlashlariga tayyor ekani-
ni bildiradi. Boringki (baytning ikkinchi misrasida), u yorining 
g'am chekayotgan joni ipidan o'z itiga arqon qilib olishiga 
ham rozi. 
Lirik qahramonning hissiy-xayoliy tasawuroti kengaygandan-
kengayib boraveradi.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish