Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi, mavzusi, vazni, qofiyasi va radifi haqida ma'lumot bering. 
2. Lirik qahramon yordan ko'ngil uzmoqchi edi, lekin g'azalda keltirilgan qaysi 
asoslarga ko'ra, kundan-kunga uning oshiqligi ortib boryapti? 
3. Uchinchi baytda qaysi so'zlar orasida tazod hosil bo'lgan? 
4. G'azalda qanday undalmalar (murojaatnomalar) mavjud? 
5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
6.
 Soqiy, jomi Jam
va
 Xizr suy\
timsollari mohiyatida qanday ma'no yashirin? 
7. Matla'ning badiiy go'zalligi nimada? 
8. G'azalni yodlang. 
"BO'L" RADIFLI G'AZAL 
Ko'nglung istar yorlar birla hamesha shod bo'l, 
Mendin-u, kimdinki, ko'ngling istamas - ozod bo'l. 


Garchi sabrim uyi yanglig' aylading vayron meni, 
Doimo, yo Rabki, husnung mulkidek obod bo'l. 
Men chekib anduh, о'lay, el joni bo'lsun ul Masih, 
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo'l. 
Bevafolar zulmu bedodig'a ermassen harif, 
Ey sinuq ko'nglum, agar xud shisha, gar po'lod bo'l. 
Tuttum o'lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga 
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo'l. 
Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag'mosidin, 
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo'l. 
Ey Navoiy, olam ahlig'a chu yo'q ermish vafo, 
Kel-u, mundin nori bekaslik bila mo'tod bo'l. 
"G'aroyib us-sig'ar'ning 384-g'azali. 
G'azal - an'anaviy tarzda yetti baytdan iborat. U ramali 
musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni foilotun foilotun foilo-
tun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqte'si: - V - - \ 
- V - - \ - V - - \ - V - ( - V ~ ) . 
Shoir so'zning kelib chiqishi jihatidan arabiy ("jallod", 
"mo'tod") hamda forsiy ("shod", "ozod", "obod", "barbod", 
"po'lod", "shamshod") qofiyalar, turkiy radif ("bo'l") qo'llagan. 
Mavzusiga ko'ra, bu Navoiyning o r i f o n a g'azallari sirasi-
ga kiradi. Bunday g'azallarda umrning o'tkinchiligini ta'kidlash, 
ezgulikka da'vat etish, bevosita hayotiy fikr-mushohada va xu-
losalarini ilgari surish ustunlik qiladi. 
An'anaga ko'ra, ko'p g'azallar ikkinchi shaxsga murojaat 
tarzida bitiladi. 
Xo'sh, "sen" tarzida murojaat etilayotgan ana shu shaxs 
kim? 
Albatta, g'azal tabiatan yor vasfiga bag'ishlangan bo'lgani 
uchun ko'pincha "sen" deb murojaat qilinganda yor ko'zda tuti-
ladi. Biroq, mohiyatan, shoir uchun ana shu yor timsoli ham -
125 


bir vosita, ko'nglini bo'shatish, dard-u hasratini kitobxonlar bi-
lan o'rtoqlashishning bir yo'li. 
Ushbu g'azal m a t l a ' s i ham bevosita ikkinchi shaxs-
ga aytilgan so'z bilan boshlangan. "Yorlar" so'zi bu baytda 
aynan "do'stlar" ma'nosida kelgan. Lirik qahramon shu tariqa 
to'g'ridan-to'g'ri she'rxonga murojaat qilib, birinchi misrada: 
"Hamisha ko'nglingga yoqadigan do'stlaring bilan suhbat qilib, 
shod bo'l", - deyayotibdi. Ikkinchi misra esa ko'ngilga yoq-
maydigan kishilar suhbatidan ozod bo'lish, ya'ni qochishga 
da'vat qiladi. Baytning oxoriyligi shundaki, lirik qahramon bu 
masalada odil turadi: "Agar o'sha senga yoqmaydigan kishi 
men bo'lsam, mendan ham voz kecha qol". 
Shu tariqa g'azal bevosita sof insoniy ruhiy holat bayoni 
bilan boshlanadi. Shoir shu ikkigina misra orqali har bir ki-
shi ko'nglida necha-necha bor kechishi mumkin bo'lgan bir 
nozik tuyg'uni ifodalaydi. Chunki bashariyat jamiyati shunday 
tuzilganki, hammavaqt ham bir kishining ko'ngliga ikkinchisi 
xo'sh yoqavermaydi. Ehtimol, siz suhbatdoshingizga yoqarsiz, u 
sizga yoqmas yoki, aksincha u sizga ma'quldur-u, siz unga -
noma'qui
1

Ko'ngil shu qadar nozikki, faqat o'ziga ma'qul odam suh-
batidangina huzur topadi. Yoqmaydigan birovning oldida o'tirish 
esa - koni azob. Lirik qahramonning fikri qat'iy: bunday suh-
batdan voz kechib qo'ya qolishdan yaxshiroq yo'l yo'q. Ko'rinib 
turibdiki, shoir, bir qarashda, juda oddiygina ko'ringan satr-
lar zamirida bir ajib qat'iy xulosani o'rtaga tashlagan. Xo'sh, 
shoirning murojaati aynan kimga qaratilgan? Ana shu savolga 
javob izlab, i k k i n c h i b a y t n i o'qiymiz: "Ey Egam, garchi 
meni sabrim uyidek vayron qilgan bo'lsang ham, (sen o'zing) 
doimo husning mamlakati kabi obod bo'l". 
Bu esa sabr-u bardoshning tugaganligini ifodalaydi. Xo'sh, 
bu qanday sabr-u bardosh? Kim u o'zi lirik qaqramonni bun-
chalar azoblarga qo'ygan? 
'Bu ruhiy holatni Navoiy "Badoe' ul-vasat"ning: 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish