65
XXVII
Biroq
mavzu boshqadir endi,
Hozir balga shoshganimiz soz.
Karetani kiralab yeldi
O‘sha yoqqa Onegin shovvoz.
Tiyra uylar yonidan bot-bot
Qator, mudroq ko‘chalarga shod
Sho‘x nur sochib qo‘sh fonuslari
Aravalar o‘tar, tuslanib,
Qor ustida kamalak chizar.
Tegrasida g‘ujg‘on chiroqlar –
Zo‘r,
muhtasham bir uy charaqlar;
Choʻng oynada ko‘lkalar kezar:
Ular xonim hamda na’maboz
Tentaklarning shaklidir, xolos.
XXXV
Xo‘sh, Onegin qalay? U tamom
Mudrab, baldan yotoqqa yelgan.
Nog‘oralar bu payt beorom
Peterburgni uyg‘otib bo‘lgan.
Hammol borar, savdogar turar,
Kirakashlar
qamchini urar,
Xurma olib kelar sutfurush,
Poyida qor g‘irchillar – kumush.
Tong g‘ovuri uyg‘onar ajib.
Derazalar ochiqdir; tutun
O‘rlar go‘yo moviy bir ustun.
Nemis nonvoy darchasin ochib,
Ko‘pdan, qog‘oz qalpog‘i boshda,
Non sotadi juda sarishta.
Sankt-Peterburg. XIX asr
66
XXXVI
Bal
shovqini horitib biroq,
Subhidamni aylab yarim kech,
Sho‘xlik, hasham bandasi bu chog‘
Uxlar orom og‘ushida tinch.
Uyg‘onadi choshgohda alhol,
Tongga qadar yana shu ahvol –
Umr kechar rangin, bir izda,
O‘tgan kunga bu kun egizday.
Eng gullagan chog‘lari
lekin
Zo‘r zafarlar ziyosi aro,
Kunlarning aysh, safosi aro
Baxtlimidi erkin Onegin?
Bazm-u ziyofatlarda butkul
Sog‘lommidi, beg‘ammidi ul?
Oneginning turmush tarzi haqida ni-
malarni bilib oldingiz? Uning kunlari
qanday o‘tardi?
XXXVII
Yo‘q, hislari sovudi erta;
Ezdi kibor hayot suroni.
Jononalar oz fursat, o‘rtab,
Xayolining bo‘ldi mehmoni.
Xiyonatlar bevaqt toldirdi,
Do‘stlik, do‘stlar koʻngliga urdi.
Keyin, har kun osonmas iyib,
“Beef-steaks”-u
somsaga to‘yib,
Soʻng shampanga qonmoq
shundaqa,
Bosh beomon og‘rigan
kezlar
Socholmaydi u tig‘dor so‘zlar.
Bo‘lsa hamki olov, shumtaka,
Qiziqtirmay qo‘ydi oxir hech
Jang-u jadal, nayza-yu qilich.
XXXVIII
Kelmishdir u mubtalo bo‘lgan
Dard sababin aniqlash oni:
Misli ingliz g‘ashligi olgan,
Alqissaki, rus xafaqoni
Asta-sekin chulg‘amish uni.
Yo‘q,
xudoga shukr, o‘zini
Nogoh otib qo‘ygani yo‘q ul,
Lek yashashdan sovidi butkul.
G‘amgin, Child Harolddek, siniq
Dargohlarda ko‘rinar yana.
Na g‘iybat-u, na qarta va na
Xumor ko‘z, na oshkor xo‘rsiniq
Etar edi koʻngliga ta’sir;
Hech narsani xushlamas taqir.
LI
Tayyor edi men-la Onegin
O‘zga diyorlarni ko‘rmoqqa.
Tezda taqdir bizni va lekin
Uzoq zamon qo‘ydi fi roqqa.
U chog‘ vafot qildi otasi.
Qarzchilarning ochko‘z to‘dasi
Yevgeniyni o‘radi darhol,
Har birida o‘zga arzi hol.
Da’volardan
hazar qilgancha
O‘z chekidan bo‘ldi-yu rozi
Qarzlariga ketdi merosi,
U ziyon ham ko‘rmadi uncha.
Amakisi o‘lishin yo u
Bildimikin oldindan, yohu!
Download
Do'stlaringiz bilan baham: