122
?
?
X o n. Qachon borarmiz emdi!
U l f a t. To‘xtang, hali ish buzulib qolg‘an.
X o n. Nima bo‘lg‘an?
U l f a t. Nodir shohning o‘lum xabari kelgan.
X o n. Nima... Nima... Nodir shoh o‘lganmi?
U l f a t. O‘ldirilgan.
X o n. Kim o‘ldirg‘an uni?! E, voy... Menim baxtim qaro ekan!
U l f a t. Eron eli yog‘iqib, uni o‘ldirganlar. Bu xabar Buxorog‘a kel-
gandan soʻng, Rahimbiy sizni yubormoq fi krindan qaytqon.
Rahimbiy nega fi kridan qaytgan deb o‘ylaysiz?
X o n. Emdi men nima qilaman?
U l f a t. Eron qo‘shuni sizni omon-eson qo‘lig‘a olmasa,
Buxorodan
ko‘chmaydir. Buni shu kun Rahimbiyga bildirdilar.
X o n. Nima degan u?
U l f a t. Hanuz bir narsa demagan, biroq Eronning qo‘shun bosh-
liqlari Rahimbiy sizni o‘ldurub qo‘ymasun, deb qo‘rqalar. Sizni, ishqi-
lib, qochirmoq uchun meni yubordilar. Shu tobda men bilan qochasiz.
(Eshikka borib, tinglag‘andan soʻng.) Kelingiz, shahardan chiqib, Eron
qo‘shunig‘a qo‘shulamiz.
Sizningcha, Ulfat rost gapiryaptimi?
X o n. Qanday qilib qochaman?
U l f a t. Qochmoqning qanday-mandayi yo‘q, mana shu yo‘lga
kirib
olsangiz, qochib qutularmiz. Menga ishoningiz, hech qo‘rqmangiz.
X o n. Bolalarni nima qilayin?
U l f a t. Vaqtimiz oz qolg‘an. Yuringiz, tez qochayliq. Bir balo
chiqmasun.
X o n. Bolalarim nima bo‘lalar?
U l f a t (eshikni tinglab qaytg‘andan soʻng). Buxoro taxtig‘a Chingiz
bolalarindan boshqa kishi chiqarilmaydir. Shuning
uchun Rahimbiy katta
o‘g‘lingizni xon ko‘taradir. Sizning unlarga ishingiz bo‘lmasun. (Qo‘lini
tutub.) Turungiz, bot qochayliq emdi.
X o n (o‘rnidan turar). Men qochg‘ach, bolalarimni o‘ldirmaylarmi?
U l f a t. O‘ldira olmaylar. O‘g‘lingizni xon ko‘tarishdan boshqa cho-
ralari yo‘qdir. Yuringiz, tez qochayliq. (Xonni eshikka olib borar.) Kiringiz,
tez kiringiz!
X o n (birdan keyinga otilib). Yo‘q, qochmayman. Qochsam,
bolala-
rimni o‘ldururlar.
U l f a t. Uf!... (Yugurib eshikka borib tinglag‘andan soʻng.) Nega
bunday qilasiz? Shu tobda birtasi kelib, shu holni ko‘rsa, ikkimizni ham
o‘lduralar.
123
X o n. Men Eronda nima qilarman?
U l f a t. Undan kuch yig‘ib qaytarmiz-da, yana Rahimbiy bilan uru-
sharmiz.
Eron sizga yot emas, bobolaringizdan nechalari Buxorodan
Eronga ko‘chganlar. Kelingiz, tez qochaylik. Kiringiz tez!
X o n (kirmakchi bo‘lub yana qaytar). Oh... bolalarim! Sizni kimga
tashlab ketaman?
U l f a t. Nega bunday qilasiz? Kelib ikkovimizni ham o‘ldururlar!
X o n (juda qisilg‘an). To‘xta biroz, Ulfat! Bolalarimni chaqirib, bir
ko‘ray!
U l f a t (o‘z yuzlarig‘a urub). Ey-voy, bitdik,
shu tobda kelib, bizni
o‘ldurarlar, baribir bolalaringizni ko‘ra olmaysiz!
X o n. Nega ko‘ra olmayman?
U l f a t. Ko‘ra olmaysiz, chunki... (Bir tovush sezgan kabi bo‘lub, yu-
gurub eshikka borib, tinglar, telba bo‘lub qaytar.) Xon! Odamlar kelalar.
(Soqolini taqar.) Keling, qochamiz. (Qozmasini olar.) Keling, tez keling.
(Oyoq tovushlari kelar.) Men qochdim, keling. (Teshikka kirgandan soʻng,
boshini
chiqarib, xonni chaqirar.) Keling, xon.
Xon ham yugurub, teshikka kirmakchi bo‘lg‘ach, uch jallod katta
pichoqlar olib kelalar. Ulfat qochar. Jallodlar qotib qolg‘an xonni kelib
tutarlar.
J a l l o d b o sh i. Bu nima? Kim keldi bu yo‘ldan? (Xon indamaydir.)
Kim keldi bu yo‘ldan? (Pichoqni ko‘tarar.)
X o n. Ulfat kelgan edi. Meni qochirmoqchi bo‘ldi, ketmadim.
Jallodlar shoshib bir-birlarig‘a qaraylar.
J a l l o d b o sh i (bir jallodga). Chop, bekga xabar ber,
qorovul ber-
sunlar, shu uyning orqasig‘a borub, axtararsiz. (Jallod yugurub chiqar.)
Biz ikkimiz bu kishining ishini ko‘raylik.
Ikkala jallod pichoqlarini ko‘tarib, xong‘a hujum qilarlar.
X o n (jallodlar bilan talashib, qichqiradir.) Nega meni o‘ldurasiz?
Voy-dod!
J a l l o d b o sh i. O‘g‘lingiz buyurdilar.
X o n (taloshda). O‘g‘lum... Yo‘q... U buyurmas... (Pichoq ko‘kragiga
tegar.) Voh, o‘ldim. (Yana bir pichoq urar. Xon yiqilar.) Oh, nega qochma-
dim.... Bolalarim... O‘ldim... Ulfat... (deb jon chekishar.)
Jallodlar pichoqlarini qinlarig‘a solib, xonning soʻng so‘lishini ku-
tub turarlar. Shu tobda Ulfat qishloqli aftinda, katta bir pichoq qo‘linda,
teshikdan chiqar, sekingina jallodboshiga yaqinlashib, pichoqni suqub