ko‘laga
–
soya, panoh
bolvoyi om
–
balo-qazolarning
birdan kelishi
129
?
O x u n d. Shariatda bunday bir narsa yo‘qdir. Kimning qo‘lindan ish
kelsa, shul xon bo‘la beradir.
R a h i m b i y. Shul eski masala to‘g‘risinda rivoyat (fatvo) berasizmi,
taqsir?
Q o z i N i z o m. Albatta, beramiz.
R a h i m b i y. Erta shuni yozib kelturingiz!
O x u n d. Xo‘b bo‘lubdir.
I b r o h i m b i y. Rahmatliq Rajabxon bilan birlashib, Abulfayzxon-
ga qarshu urushg‘animizda, shunday kengashgan edikkim, Buxorog‘a
borib kirsak, butun mullolarni bir madrasag‘a solib, o‘t qo‘yamiz-da,
hammasini yondiramiz. Elimizni buzub, rasvo qilg‘an shunlar. Bunlar di-
ningizni tuzatamiz, deb dunyomizni murdor qildilar.
Ibrohimbiy nega bunday fi krni aytmoqda?
Q o z i N i z o m. Nima qildiq biz?!
I b r o h i m b i y. Siz Qozi Nizom emasmi?
Q o z i N i z o m. Ha, men Qozi Nizom.
I b r o h i m b i y. Tuno kun Abulfayzxonni “soyayi xudo” deb oyoqla-
rini o‘pmagan edingizmi? Abulfayzxon xotunlar bilan ichishib yotg‘an bir
kechaning ertasinda, uning oldig‘a kelib: “Bu kecha tushimda payg‘am-
barni ko‘rdim, sizni so‘rab yubordilar”, – deb, chopon kiyganingizni
unutdingizmi? Tuno kun sizga chopon bergan soyayi xudoning o‘limiga
bu kun fatvo berasiz, hech uyolmaysizmi? Tushingizda Abulfayzxonni
so‘rag‘an payg‘ambar, yana bir yo‘la tushingizga kirib, uni so‘rasalar,
nima deysiz? Bunlar oz emish kabi, Chingizxonning yosog‘ini ham yo‘q
qilmoqchi bo‘lasizmi?
D o n y o l b i y. Otaliq aka, shariatning hukmi shu ekan-da.
I b r o h i m b i y. Men shariat-mariatni bilmayman. Ishingizni to‘g‘rila-
moqchi bo‘lsangiz, qurultoy chaqirasiz. Bunlarning so‘zi yarim chaqag‘a
arzimaydir.
Mir Vafo kelar.
M i r V a f o. Eron sardorlari keldilar.
R a h i m b i y (Donyolbiyga). Otaliqni siz qoʻnoq qilingiz. Bu kishi-
ga yaxshi qarashib, hurmat ko‘rsatingiz. (Mir Vafoga.) Siz sardorlarni
kelturingiz. (Donyolbiy, Ibrohimbiy, Mir Vafo chiqarlar. Rahimbiy mul-
lolarg‘a so‘ylar.) Men Eron sardorlarini chaqirdim. Eron qo‘shuni Buxo-
roda qola bersa, yaxshi bo‘lmaydir. Buxorodan chiqib ketishlarini taklif
qilaman.
O x u n d. Ko‘b yaxshi qilasiz, bek. Kelgan qoʻnoqning ketishi yo‘qmi?
Buxoroda nima ishlari bor?
yosoq
–
qonun
130
R a h i m b i y. Bu kecha menim so‘zimni tinglamay, yana Buxoroda
qolmoqchi bo‘lsalar, bu to‘g‘rida erta sizlar bilan boshqacha kengashar-
miz. Albatta, erta shul rivoyatlarni olib kelarsiz.
O x u n d, Q o z i N i z o m. Xo‘b bo‘lubdir (Turarlar.)
R a h i m b i y. Ketasizmi emdi?
O x u n d. Ketaylik, bek.
R a h i m b i y. Xo‘b.
Oxund bilan Qozi Nizom chiqadi. Mir Vafo bilan Eron sardorlari Husayn-
xon, Ahmadxon kelarlar. Salomdan soʻng, o‘turmasdan so‘ylasharlar.
H u s a y n x o n. Chaqirg‘an ekansiz, keldik, bek!
R a h i m b i y. Xush keldingiz. Sizni chorlatqanimning sababi shul:
aziz qoʻnoqlarimiz bo‘lg‘an Eron qo‘shuni biz uchun ko‘b musofi rchiliq
chekdilar. Shukur, mana o‘lkamiz tinchlanib qoldi. Eshitishimizga ko‘ra,
podshohimiz Nodir shoh shahid bo‘lg‘anlar. Endi bu aziz qoʻnoqlarg‘a
xizmatlarig‘a yorasha jaldular berib, yurtlarig‘a qaytarsaq, bizdan rozi
bo‘lurlarmi?
H u s a y n x o n. Bek, qarorimiz boshqacha edi. Bizga Abulfayzxonni
omon-eson Erong‘a erishdirmak xizmati topshirulg‘an. Siz Abulfayzxon-
ni bizga qachon topshursangiz, biz shul daqiqada chiqib keta berarmiz.
Xonni topshurmay ekansiz, Eron qo‘shuni ham yota beradir.
R a h i m b i y. Nodir shoh o‘lmaganda, men Abulfayzxonni, albatta,
siz bilan yuborar edim. Bu kun Nodir shoh o‘lgan. Eronda Abulfayzxon-
ning hech kimga kerakligi yo‘q. Shuning uchun xonni sizga topshurmoq-
ning ma’nosi qolmag‘an.
H u s a y n x o n. Nodir shoh o‘lgan bo‘lsa, Eron tirikdir. Eron podsho-
hi “Abulfayzxonning jonini qutqaringiz” deb, o‘z qo‘shunig‘a buyurg‘an.
Biz uning shul buyrug‘ini yeriga kelturarmiz.
R a h i m b i y. Mayli. Bizning xon sizga shuncha lozim ekan, chiqarib
berar edim, biroq u kishi shu kun ertalab o‘zlarini o‘ldurganlar. O‘luklarini
sizga chiqarib bermak unumsizdir.
H u s a y n x o n. Nima, Abulfayzxon o‘ldimi?
R a h i m b i y. Shu kun erta bilan o‘zlarini pichoqlab o‘ldirdilar. (Eron
sardorlari hayrat bilan bir-birlariga qaraylar. Rahimbiy so‘zining ta’sirini
ko‘rgach, gapura berar.) Aziz qoʻnoqlarim! Abulfayzxon o‘ldi. Nodir shoh
o‘ldi. Sizning bunday yot o‘lkada boshsiz, tilaksiz turushingiz foydasiz bir
ish. Elimiz Nodir shohning o‘lganini eshitsa, sizni tinch qo‘ymasa kerak.
Xazinadan sizlarga yigirma ming tangadan pul beraylik, qo‘shuningiz g‘a
ulashib beringiz-da, yurtingizga qarab keta beringiz.
A h m a d x o n. Bek! Biz bu ishdan bir narsa onglayolmadiq. Xonni
kim o‘ldirgan? O‘zimi, dushmanlarimi? Bu ochiq bilinmadi. Biz qo‘shu-
nimizg‘a qaytib, kengasharmiz. Qanday bir qarorga kelsak, sizga
bildurarmiz.
jaldu
–
sovg‘a
131
R a h i m b i y. Xo‘b, qachon bildurarsiz?
A h m a d x o n. Erta bildursak kerak.
R a h i m b i y. Xo‘b bo‘ladir. Shunday qilingiz.
H u s a y n x o n. Xudo hofi z, bek!
R a h i m b i y. Xudo hofi z.
Eron sardorlari chiqib ketarlar.
(Mir Vafoga) Siz O‘rdag‘a boringiz. Abdumo‘minxonni ko‘ringiz. Eron
sardordari sizdan fotiha olib, yurtlarig‘a qaytar ekanlar, deb bu yoqqa
yuboringiz. O‘zingiz keta beringiz.
M i r V a f o. Xo‘b. (Ketar.)
R a h i m b i y (yolg‘uz yurub so‘ylar). Emdi ikkinchi bosqichni bosmoq
kerak. Bu qo‘g‘irchoqni yo‘q etmasak, boshimizg‘a bir balo chiqg‘usi-
dek ko‘runadir. (Kissasindan bir kichkinagina shishacha chiqarib, shun-
da turg‘an sharbat shishasiga ag‘darar. Yana yura boshlab, birdan kular.)
Eron sardorlari buning ham o‘lganini eshitsalar, o‘zlari qochib ketarlar.
Biz tutmoqchi bo‘lsaq ham turmaslar.
Abdumo‘min kiyinib, toj qo‘yg‘ani holda, kulub kelar.
A b d u m o‘ m i n x o n. Bek bobo, meni chaqirdingizmi?
R a h i m b i y. Ha, o‘g‘lum, sizni chaqirdim. Eron sardorlari yurtlarig‘a
qaytar ekanlar. Sizni ko‘rub, fotiha olarlar.
A b d u m o‘ m i n x o n. Qani?
R a h i m b i y. Kelarlar. Siz taxtg‘a chiqib o‘turingiz. (Abdumo‘minxon
taxtga chiqib o‘turar.) Eron sardorlari kelganda: “Nechun ketasiz, biz-
ning Buxoroda qolsangiz bo‘lmasmi!”, deb qarang. Unlar “yo‘q, keta-
miz” deylar. Soʻngra, bunlarga yigirma ming tangadan pul berulsun, deb
menga buyuringiz.
A b d u m o‘ m i n x o n. Xo‘b.
R a h i m b i y (sharbat shishasiga yondoshib, shundan bir piyola ich-
kan bo‘lub). Bay, ba...y, yaxshi sharbat ekan-da. Siz tomoq yedingizmi?
A b d u m o‘ m i n x o n. Ha, yedim.
R a h i m b i y. Bir piyola ichasizmi?
A b d u m o‘ m i n x o n. Hay, ichaman. (Rahimbiy piyolani to‘ldurub
berar. Abdumo‘minxon birdan ichar.) Biroz achchig‘mi?
R a h i m b i y. Biroz... (Piyolani olib joyig‘a qo‘yar.) Albatta, foyda-
li dorular soling‘andur. Erta Qozi Nizomga mirasadlik o‘runi bersangiz
bo‘lurmi?
A b d u m o‘ m i n x o n. Bo‘lur. (Yuragini tutub.) Yuragimni yondurub
yubordi, bu nima edi?
R a h i m b i y. Menga bir narsa bo‘lmadi-ku!
Download Do'stlaringiz bilan baham: |