121
X o n (taratni bitirib turar). Ha, o‘g‘ullarim, keldingizmi? (Yuzini artib,
unlarni birta-birta quchoqlab o‘par.) Qalaysan, o‘g‘lum?! (Ko‘z yoshlarini
artar.)
A b d u m o‘ m i n. Shukur.
X o n. Sen qalay? (Kichkina o‘g‘li bo‘ynini bukmak bilan javob bergan
bo‘lar.) Onang qayda?!
A b d u m o‘ m i n. Uyda.
X o n. Hammangiz bir uydami?
A b d u m o‘ m i n. Ha, bir uyda.
Xon kichkina o‘g‘lini quchoqlab, manglayidan o‘par, katta o‘g‘lini
quchoqlab, boshini uning umuzig‘a qo‘yub yig‘lar.
B o l a l a r (birdan yig‘lab, xong‘a yopishib). Otajonim, nega yig‘lay-
siz? Bizni nima qilarlar emdi?
X o n. Hech, o‘g‘lum, hech. Ketingiz emdi, onangizning yoninda tu-
ringiz. (Yana quchoqlab o‘par. Ikkalasini eshikkacha kelturub, yana o‘pub,
uzatar. Shul chog‘da ikki g‘ijjakning “Bebokcha” kuylagani eshitilar. Xon
cholg‘u tovushini qayg‘u ostinda tinglag‘andan soʻng, so‘ylar.) Insonlar –
dunyoning uyalmoq bilmagan hayvonlari! Biringizning ko‘z yoshlari
biringizning shodliq bog‘chalarini sug‘oradir. Biringizni(ng) motam ing-
rashlari yana biringizning to‘y cholg‘ularini kuylatadir! Bir-
biringizning
borliqlarini yeb, hirslaringizni to‘ydurmoqdan qachong‘acha bezmaysiz!
(Kun oqarg‘anin ko‘rub.) Namozimni o‘qub olayin. (Joynamozni yoyar.
Namozning birinchi rakatini o‘qug‘ach, uyning bir puchmog‘indan de-
vorning teshilgani seziladir. Kesak, tuproqlar to‘kula berar. Xon namoz-
ning ikkinchi rakatini tez bitirar. Telbalanib turar. Buyuk bir qo‘rquv bi-
lan ishning soʻngini kutub turar. Devor kattaroq ochilg‘ach, uzun soqolli
bir qishloqli bir qozma ko‘tarib chiqar.) Bu kim?... Sen kimsen?! (Hali-
gi odam, gapurmayin qozmasini yerga qo‘yub, telpagini olib, yasama
soqolini yeshgach, U l f a t ekani onglashilar.) Ulfat!...
U lf a t. Men, Ulfat qulingizman, xoqonim!
X o n. Oh... Ulfat, nega bunday kelding?
U l f a t. Qo‘rqmangiz, sizga xizmat uchun. (Xonni qo‘ltug‘indan olib,
katga o‘tqazar. Uyning eshigini sekingina yopar. Qaytib kelib, xon yonida
o‘turar.) Bilasizmi, Rahimbiy meni tutub o‘ldurmak uchun tirishadir. Men
qochib yurubman.
X o n. Qayda eding?
U l f a t. Men Eron qo‘shuninda edim.
X o n. Ishimiz nima bo‘lar! Meni Eronga yubora ekanlar, to‘g‘rimi?
U l f a t. Nodir shohga Rahimbiy ham, Hakimbiy ham sizni o‘ldirmas-
lik uchun so‘z bergan ekanlar. Nodir shohni buyrug‘i bilan Rahimbiyga
qo‘shulub kelgan Eron qo‘shuni sizni omon-eson olib qaytarg‘a shohdan
buyruq olg‘on ekanlar.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: