116
?
Mirzo Mahdi Nodir shohdan olg‘ani bir ishorat bilan turub tashqa-
rig‘a chiqar.
N o d i r sh o h. Bu fi kr xon orqadoshimizg‘a ham qabul bo‘lsa kerak.
X o n. Fikri shohonalari yaxshi bir fi krdir. Shu kundan boshlab, ro‘yxat
tayyorlamoqni otaliqqa buyuraman.
N o d i r sh o h. Men Xivaga borarman. Undan qaytganimg‘acha
ro‘yxatlarni tayyorlab qo‘ysangiz bo‘lur.
H a k i m b i y. Xo‘b bo‘libdir, shohim!
Mirzo Mahdi bilan xizmatchi bir katta, bir kichkina bo‘g‘chani ko‘ta-
rib kelarlar. Mirzo Mahdi o‘z qo‘lindag‘i katta bo‘g‘chani yerga qo‘yar.
Xizmatchini shohning yonig‘a kelturub, uning ko‘tarib turgani bo‘g‘chani
ochar, xizmatchi qo‘lindag‘i bo‘g‘chada qiymatli bir chopon bilan qilich
bor.
N o d i r sh o h (qiymatli toshlar bilan bezangan choponni olib). Biz-
ning Buxorog‘a armug‘onimiz. O‘zim kiydirayin. (Joyidan turar.)
Hammalari turarlar, shoh choponni Abulfayzxong‘a kiydirar. Oltun
qinli, brilantli qilichni berar, xon hurmat bilan olib, beliga taqar. Mirzo
Mahdi katta bo‘g‘chadag‘i choponlarni Hakimbiy, Qozi Nizom, Xo‘ja
Kalon, Ulfat xo‘jasaroyga kiydira berar. Bo‘lg‘ach “muborak!” der. Ham-
malari qulluq qilib, o‘turarlar.
X o‘ j a K a l o n (qo‘llarini ko‘tarib duo qilar). Tangri taolo podshohi
olamga umr, davlat berib, dushmanlarini maqhur aylasun.
N o d i r sh o h. Emdi xon orqadoshimiz o‘zlariga belgilangan cho-
dirg‘a borib yozilsunlar. O‘g‘lum Rizoquli bilan Mirzo Mahdi, siz bunlar-
ga mehmondor bo‘lingiz. Hakim otaliq bizning yonimizda qolsun, ken-
gashimiz bor. (Hammalari turarlar. Nodir shoh xonni eshikkacha uzatar.
Hakimbiy bilan Nodir shohdan boshqalari chiqarlar. Bunlar o‘z joylariga
qaytib o‘turarlar.) Otaliq! Xizmatingizdan mamnun bo‘ldim. Sizga ber-
ganim so‘zdan qaytmadim. Buxoro xonlig‘ini sizning o‘g‘lingizga olib
berarman. (Hakimbiy qulluq qilar.) Biroq bu ishni tushunub, o‘ylabgina
yurutmoq kerak. Xivadan qaytg‘animdan soʻng, o‘g‘lingiz Rahim to‘qso-
bani ham o‘zim bilan olib borarman, bir necha vaqt men bilan yursun.
Soʻngra biroz Eron qo‘shuni bilan Buxorog‘a qaytarurman. Siz u vaqtga-
cha tayyorlig‘ingnzni ko‘ra berarsiz. Rahim to‘qsoba menim qo‘shunim
bilan Buxorog‘a kirgach, xonni yiqitarsiz. Biroq Abulfayzxonni o‘ldur-
maysiz, eson-omon menga yuborarsiz.
Sizningcha, Rahimni xon qilib ko‘tarishga yordam berish va Abulfayz-
xonni Eronga yubortirishdan Nodirshohga nima manfaat bor?
Download
Do'stlaringiz bilan baham: