118
TO‘RTINCHI PARDA
Eski bir gilam bilan ikki-uch eski ko‘rpa to‘shalg‘an o‘rtacha bir uy.
Chetdagi bir kat uzra Abulfayzxon ko‘ylakchan yotqon, uxlaydir. Kat yo-
ninda bir kursicha uzra qo‘yilg‘an shamdonchaning shami yonib turadir.
Birozdan keyin Qurbongul bir oftoba suv olib kelar, oftobani toshnov
yoniga qo‘yub, o‘zi sekingina qaytib, xonning yuziga qarar.
Uchinchi va to‘rtinchi parda voqealari orasida bir yil o‘tgan. Sizning-
cha, bu orada nima o‘zgargan? Abulfayzxon hozir qayerda?
Q u r b o n g u l (yolg‘uz). Uxlaydir... sho‘rim qursun. Dunyoning qora
chiziqlarini o‘qimoq uchunmi keldim men! Xudoning soyasi deb, pod-
shohlarning uyiga sig‘indim. Bunda ko‘rganlarimni hech ko‘z ko‘rmasun.
Menim shuncha yig‘lashlarimg‘a qaramayin, shul xon akasini o‘ldurdi,
uning taxtig‘a chiqdi. Karmina begini bola-chaqalari bilan tutub, kelturub
qamadi. Soʻngra birta-birta hammasini bo‘g‘durub, quduqqa tashlatdi.
Bu kun esa, o‘zini Rahimbiy qamab qo‘yubdir. Erta, albatta, o‘ldurar.
Buning joyida o‘zi “soyayi xudo” bo‘lur. Bir-ikki yildan keyin yana bir-
tasi chiqar. Uni ham sog‘anag‘a joʻnatib, “soyayi xudo”likni o‘ziga olar.
Bizda esa bu qora kunlarning qayg‘usi qoladir. (Biroz o‘ylab.) To‘g‘risi-
ni aytganda, yana o‘zimiz tinch. Xudo soyasi-da bo‘lmaymiz, o‘ldurul-
maymiz-da. Och qornim, tinch qulog‘im. (Oʻng qo‘lining barmoqlarini
uch yo‘la o‘pub, yelkasiga urar.) Ko‘zim ko‘rmasin-ey! Uch-to‘rt yil xudo
soyasi bo‘l. Soʻngra qamal, soʻngra o‘l... Menga nima kerak shunlar?
(Uzoqdan kelgan azon tovushin tinglab.) Azonlar o‘quldi. Xonni uyg‘otay,
namozin o‘qusun. (Yotoq oldig‘a borib, xonning oyoqlarini uqalar.) Xon
bolam, arslonim... turmaysizmi?
Sizningcha, Qurbongul kim? Asar boshidagi qatnashuvchilar ro‘yxati-
da bu obraz yo‘q. Bu rolga qaysi aktrisani tanlagan bo‘lardingiz?
X o n (seskanib uyg‘onar). Hah... kimdir (Yotoqda o‘turub.) Kimdir?
Senmi, Qurbongul?!
Q u r b o n g u l. Men, men. Qo‘rqutdimmi sizni?
X o n (ko‘zlarini uqalab). Yo‘q, yo‘q... Nechun kelding?
Q u r b o n g u l. Azon o‘quldi, suv keltirdim, tarat qilmaysizmi?
X o n. Nima gaplar bor, Qurbongul?
Q u r b o n g u l. Tinchlik, arslonim!
X o n (o‘ylaydir). Bunlar har so‘rag‘animda mana shunday tinchliq,
tinchliq deb meni dunyodan xabarsiz qoldirdilar. Men qamoqda, tax-
tim boshqalar qo‘linda, bola-chaqalarim bilmadim qayerda. Yana tinch-
liq ekan. Bilmam bunlar tinchsizliq deb, nimani deylar. (So‘ylar.) Qanday
tinchliq? Ulfatdan xabaring bormi?
Download
Do'stlaringiz bilan baham: