Buxoro.
Eski shahar
112
?
UCHINCHI PARDA
Buxorog‘a yaqin “G‘ozi obod” qishlog‘iga qoʻng‘an Eron qo‘shuni
orasinda Nodir shohning chodiri dabdabali bezangan. Chodir ichinda
Nodir shoh o‘z taxtinda o‘turg‘an. Yoninda kichkina bir taxt bo‘sh tura-
dir. Tubanda Nodir shohning o‘g‘li Rizoqulixon, Eron qo‘shuni boshliqla-
rindan Aliqulixon o‘turalar. Chodirning ikki yog‘inda yalang qilich qoro-
vullar kezmakda.
N o d i r sh o h (Rizoqulig‘a). Kimdan eshitding?
R i z o q u l i. Yuborganim elchilardan birtasi kelgan, shul so‘yladi.
Tuno kun Buxoroda biroz tinchsizliq bo‘layozg‘an ekan. Hakimbiy o‘g‘li-
ni bizg‘a yuborg‘andan soʻng, Abulfayzxon qo‘rqa boshlag‘an. Kechasi
Hakimbiyning uyini bosib, uni tutmoqchi bo‘lg‘an. Hakimbiyning odam-
lari unga miltiq otqonlar. Xon qo‘rqub, qaytgan. Juborg‘a borg‘an, shun-
da bir xo‘janing uyinda majlis qilg‘anlar. Hakimbiyning o‘zi ham shunda
bo‘lg‘an, hammalari bir og‘izdan xong‘a gapurganlar. Bu kun hammalari
xonni olib, bizga kelar ekanlar.
N o d i r sh o h. Ko‘rdingmi, o‘g‘lum! Har o‘lkani urushub olmoq siyo-
sat emas. Urush choralarining eng soʻngg‘isidir. Bir o‘lkani olmoq uchun
eng yaxshi chora shul o‘lkaning o‘zindan do‘stlar topmoq, shularni ish-
latmakdir. Sen Qarshidag‘i urushni to‘xtatmasa eding, u vaqt Buxorog‘a
ko‘mak uchun Xiva qo‘shuni yetib kelar edi. Ish qiyinlashib qolar edi.
Qarshidan qaytg‘aningdan bu kungacha biz tirishdik, Hakimbiyni qo‘lg‘a
oldiq. Uning qo‘li bilan Buxoroni Xivadan uzoqlashtirdiq. Buxoro bu kun
bizniki. Erta Xivani ham yolg‘uzg‘ina yoqalab, bo‘g‘ushimiz qulay bo‘ldi.
Nodirshoh va Rizoqulixon nima haqda gaplashishyapti? Ularning par-
da ochilishidan oldingi dialogini yozib ko‘ring. Nodirshohning siyosatiga
qanday baho berasiz?
Mirzo Mahdi kelar.
M i r z o M a h d i. Shohim! Abulfayzxon yaqinlashadir. Men uni qar-
shu olmoq uchun bir qo‘l askar chiqardim.
N o d i r sh o h (Rizoquli bilan Aliqulig‘a). Siz ham chiqib, xonni
qarshu olingiz. O‘g‘lum, sen xonni ko‘rgach, otdan qoʻnub, yayov bor.
Quchoqlab ko‘rush, yo‘ldoshlarig‘a ham hurmat ko‘rsat. (Mirzo Mah-
dig‘a.) O‘turingiz!
Mirzo Mahdi o‘turar, Rizoquli bilan Aliquli chiqib ketarlar.
N o d i r sh o h (Mirzo Mahdig‘a). Hakimbiy yaxshi, yaxshi ishladi.
M i r z o M a h d i. Ko‘b yaxshi ishladi, shohim!
113
?
N o d i r sh o h. Bilasizmi, Hakim bizdan nima istaydir.
M i r z o M a h d i. Bilmayman, shohim. Albatta, shohona ehso-
ningizdan har nima istasa, umidsiz qolmas.
N o d i r sh o h. Buxoro xonlig‘ini o‘g‘lig‘a berishimiz istaydir.
M i r z o M a h d i. Ulug‘ podsholarg‘a xizmat qilg‘anlar umidsiz qayt-
maslar, deb o‘ylayman.
N o d i r sh o h. Biz ham bunga qarshu emasmiz. Biroq shu kun
bu ishni qilish to‘g‘ri emas. El aro shovqun soladir. Siz Hakimbiy bilan
so‘ylashingiz. Buxoro xonlig‘ini uning o‘g‘lig‘a berarmiz. Biroq soʻng-
raroq bo‘lsun. Xiva mas’alasini ham bitirg‘animizdan soʻng bo‘lsun. Bu
kungi eng yararliq siyosat Abulfayzxonni mamnun qilib qaytarmoqdir.
Nodirshoh Buxoro xonini almashtirishni nega keyinga qoldiryapti?
Rizoqulixon kelar.
R i z o q u l i. Abulfayzxon keldilar.
N o d i r sh o h. Kelsunlar.
Rizoqulixon chiqar. Shoh taxtdan enar, eshikgacha yurg‘ach, Abul-
fayzxon, Hakimbiy, Xo‘ja Kalon, Qozi Nizom, Ulfat Xo‘jasaroy, Rizoqu-
lixon, Aliqulixon kelarlar. Abulfayzxon bilan Nodir shoh quchoqlashib
ko‘rishurlar, Nodir shoh Abulfayzxonni qo‘ltug‘indan olib, taxtga chiqa-
rar. O‘zi ham taxtig‘a chiqar, hammalari o‘tirarlar. Shoh bilan xon hol
so‘rashub, joylaridan turub, bir-birlariga qulluqlab, o‘turarlar.
N o d i r sh o h (qoʻnoqlarg‘a). Buxoroyi sharifning ulug‘lari, xush
keldingiz!
Hammalari turub, qulluq qilarlar.
U l f a t. Shahanshoh hazratlarining muborak huzurlarig‘a kelgan
xoqonimiz bir zamonlar dunyoni titratgan Chingizxonning avlodindan
erurlar. Turkistonning butun xonlari, beklari xoqonimizg‘a bo‘yunsuna-
dirlar. Jonlarini, mollarini ayamaylar. Shunday bo‘lsa ham, xoqonimiz,
el-ulusning tinchlig‘ini istag‘anlari uchun, qo‘shni o‘lkalar bilan urush-
maylar. Hech kimning yurtini olmoqchi bo‘lmaylar. Yana shul mubo-
rak fi krlarini bildirmak uchun, Eron shahanshohining darborlarig‘acha
keldilar.
H a k i m b i y (Ulfat xo‘jasaroyning bu so‘zlarini yoqturmay turg‘ani
uchun, tez so‘zga kirishar). Xoqonimizning asli ham ulug‘ bir xoqon
bo‘lg‘anlari shahanshoh hazratlarig‘a belgulidir. Keng o‘lkalarni olib,
boshqarmoq uchun dunyog‘a ora-sira ongli, kuchli qahramonlar keladir-
lar. Biz unlarg‘a “Sohibqiron” deymiz. Bunday qahramonlarning yo‘llarini
darbor
–
saroy, dargoh
114
tutmoq istaganlar ezilib qolurlar. Mana bizning zamonamizda yetishkan
sohibqiron, siz shahanshoh hazratlaridirsiz. Siz kabi buyuk sohibqiron-
ning oldig‘a do‘st bo‘lib kelmak hamda o‘zini shunday oliyjanob pod-
shohning ixtiyorig‘a topshirmoqdan xonimiz ko‘bdan ko‘b mamnundirlar.
Q o z i N i z o m. Tangri kimga qarashsa, davlat shuningdir. Tangri
qo‘llaganlarg‘a qarshu turmoq bo‘lurliq ish emasdir. Eron shohig‘a tangri
qarashg‘an ekan, biz ham bo‘yunsunamiz. Buxoro xoni bu kun o‘zlarini
siz shahanshohning ixtiyoringizg‘a topshurg‘ani keldilar. Buxoro taxtini
sizga tortiq qiladirlar. Buxoroning el-ulusi ham bu ishga rozidurlar. Siz
shahanshohni biz bu kun Buxoro taxti bilan qutlaymiz.
N o d i r sh o h. Men Buxorog‘a taxt olg‘ali kelmadim. Sizning elingiz
ham turklar bo‘lgani uchun, siz menim qarindoshlarim erursiz. Men bu
yerga bir qarindosh o‘lkaga qoʻnoq bo‘lib keldim. Bir necha onglashil-
masliqqa berilib, menga qarshuliq ko‘rsatmaganingizga quvondim. Ham-
mangizdan rozi bo‘ldim. Menga tortuq qilganingiz Buxoro taxtini o‘zi-
ning egasi bo‘lg‘an Abulfayzxong‘a qaytadan bag‘ishladim. (Xon bilan
hammalari turub qulluq qilarlar.) O‘lkangizning butun ishlarini boshqarib
turmoqni Hakimbiy otaliqqa topshirdim. (Otaliq turub, qulluq qilar.) Bar-
changiz shuning so‘zindan chiqmangiz. Men sizning o‘lkada to‘rt-besh
kun turaman, soʻngra Xivaga borarman. Bunda turganda, qo‘shunim-
ning ozuqasini tayyorlab bermak hamda Xivaga borishim uchun ko‘mak
qilmagingizni so‘rayman.
A b u l f a y z x o n. Ulug‘ podshohning qo‘shunlari o‘lkamizda turg‘an-
cha, kerak bo‘lgan ozuqasi bizning tomondan tayyorlang‘andir.
Xizmatchilar sadaf(dan) ishlangan kichkina bir moso kelturub, taxt
oldiga qo‘yarlar, boshqa qoʻnoqlarning oldig‘a sufralar yoyarlar. Turli hal-
volar, kulchalar, sharbatlar kelturub tizarlar. Nodir shoh Abulfayzxonga
muroot qilgandan soʻng, hammalari yemakga kirisharlar.
N o d i r sh o h (Hakimbiyga). Otaliq, bu ulug‘larni bizga tanitingiz!
H a k i m b i y. Podshohim! Bu kishi Qozi Nizom, Buxoroning katta qo-
zisi. Bu kishi Juborxo‘ja Kaloni, burung‘i o‘zbek xonlarindan Abdullaxon
bu kishining bobolarig‘a ixlos qilg‘an. Buxoroning ko‘b yerlari bunlar-
ga avlodi vaqf bo‘lg‘andir. Bunlar Buxoroning ma’naviy egalari
dirlar.
Bu kishi xoqonimizning xo‘jasaroylari, ham eng ishonchli kengash
-
chilari.
N o d i r sh o h. Ko‘b yaxshi. (Xo‘ja Kalonga qarab.) Menim eshitga-
nimga ko‘ra, Buxoro tegrasinda ko‘b vaqtlar tinchsizliq bo‘latura ekan.
Buning sababi nimadir?!
X o‘ j a K a l o n. Podshohi olam! Biz podshohlarning davlatlari
uchun duo qilib yotamiz. Bizning unday ishlardan xabarimiz bo‘lmaydir.
N o d i r sh o h (Qozi Nizomga). Qozi janoblari, siz bu to‘grida bir
narsa aytsangiz kerak.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |