Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


Dunyo, dunyo, sen dunyo-ye


bet76/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

Dunyo, dunyo, sen dunyo-ye,
Kimga vafo qilarsan, ey!
Dunyo, dunyo, sen dunyo-ye,
Dunyo, ko‘b tez yurarsan!
Dunyo, dunyo...
Biri oq soqol, biri o‘rta yoshli ikki qalandar sufa ostig‘a kelib turalar.
Elni qayon surarsan!
Dunyo, dunyo...
qopqu 
– 
darvoza


108
?
Ko‘b tez yurma, biroz tur!
Dunyo, dunyo...
Yo‘lingni bir qarab ko‘r!
Dunyo, dunyo...
Qalandarlar, o‘qub bo‘lg‘ach, qo‘llarini keng ochib, “davlat barqaror” 
deb duo qilarlar.
H a k i m b i y (qo‘lini kissaga uzatib). Kel, bobo! (Buyuk qalandar 
yugurib, sufaga chiqar. Boshqalar kissalarindan pul chiqararlar.) Bobo, 
sen qayerdan?
Q a l a n d a r. Biz Balxdan kelamiz. (Pulni olg‘anda, Hakimbiyning 
qulog‘iga so‘ylar.) Bu kecha arkdan sizni chaqirarlar, ketmang, uyingizni 
bosarlar, tayyorlik ko‘ring. (Duo qilib, boshqalarning-da pullarini ola berar. 
Rahim to‘qsobag‘a kelgach, unga biroz es qo‘yub qarag‘andan soʻng, 
pulini olib so‘ylar.) Bek yigit, sening boshingg‘a davlat qushi qoʻng‘an. 
Manglayingda katta bir yulduz yoshnab turadir. Yaxshiliq qil, tangrimiz 
yaqinda senga ulug‘ bir o‘run beradir. (Hakimbiydan boshqalari bir-birla-
rig‘a qaraylar. Qalandar Hakimbiyga so‘ylar.) Bek, biz shahringizg‘a shu 
kun keldik. Yotog‘imiz, joyimiz yo‘q. Shul davlatxonadan bizga bir joy 
ko‘rsatilsa, shu kecha uxlab olayliq.
Sizningcha, qalandarlar Hakimbiyning Arkka chaqirilishini qayerdan 
bilishadi?
H a k i m b i y. Xo‘b bobo. (Xizmatchini chaqirar.) O‘, bola! (Xizmatchi 
kelar.) Bunlarg‘a bu kecha joy bering, yotsunlar. Tomoq ham bering. 
Qalandarlar duo qilib, xizmatchi bilan ketarlar.
D o n y o l b i y. Valiyg‘a o‘xshaydir! O...
X o‘ j a K a l o n. Karomat qilib gapuradir, valiy ekan. 
Ulfat xo‘jasaroy salom berib keladir.
H a k i m b i y. Vaalaykum assalom. Keling, taqsir! (Ulfat o‘turub duo 
qilg‘andan soʻng, sallasindan xonning muborak nomasini olib, Hakim-
biyga beradir. Hakimbiy joyidan turub, xatni olib, o‘pub, ko‘zlariga surtub 
ochib o‘qur.) “Davlatxohimiz otaliqg‘a ma’lum bo‘lg‘aykim, Eron qo‘shu-
nining tuproqimizg‘a kirgani to‘g‘risinda siz bilan kengashmak istaymiz. 
Rahim to‘qsoba o‘g‘limiz bilan davlatxonamizga kelgaysiz”. (Xatni qat-
lab, o‘pub, sallasiga qo‘yg‘andan soʻng, Ulfatga so‘ylar.) Xo‘b bo‘lubdir. 
Borib xoqonimizg‘a arzimizni yetkuring, o‘g‘lum Rahim to‘qsoba Eron 
qo‘shunindan xabar olmoq uchun Chorjo‘yg‘a borg‘an edi. Shu tob-


109
da keldi. Bu kecha buning xabarlarini olay, o‘zim ham tuzukroq o‘ylab 
ko‘ray. Erta bilan ikkalamiz salomg‘a borarmiz.
U l f a t. Xo‘p bo‘lubdir. (Turib ketar.)
D o n y o l b i y. Aka, borsangiz bo‘lmasmi?!
H a k i m b i y. Erta boramiz.
X o‘ j a K a l o n, Q o z i N i z o m (turmoqchi bo‘lub). Hay, taqsir, biz 
ketaylik emdi.
H a k i m b i y. Ketasizmi, taqsirlar? (Joylarindan turarlar.) Hay, xonni 
tezrak ko‘rub, gapursangiz yaxshi bo‘lur edi. Nodir shoh bilan urush-
moqchi bo‘lsalar, hammamiz xarob bo‘larmiz.
X o‘ j a K a l o n. Xo‘b, xo‘b. 
Q o z i N i z o m. Albatta, aytamiz. Hay, xo‘sh. (Ketarlar.)
Hakimbiy ularni uzatib qaytg‘ach, o‘turmay gapuradir. 
H a k i m b i y (Donyolbiy bilan Tog‘ayqulg‘a). Xonning bu kecha meni 
chaqirishi hiyla edi. Men bormag‘ach, shu tobda uyimni bosmoq uchun 
kelsalar kerak. Biroq men ularning tuzog‘ina tushmayman. Tayyorlig‘im 
ko‘rulgan. O‘ttuz merganim Mir arab madrasasinda turadirlar, siz ikkin-
giz ham shung‘a boringiz. Har tomong‘a qorovul qo‘yingiz. Registon to-
monidan hech kimni bu tomong‘a o‘tkarmangiz. Birta-ikkita tilchi yubor-
salar mayli, bir qorovul bilan menga yuborasiz. 
Donyolbiy bilan Tog‘ayqul bek “xo‘b” deb ketarlar.
R a h i m t o‘ q s o b a. Men ham boraymi?
H a k i m b i y. Yo‘q, sen qol. (Mir Vafog‘a.) Qalandarlarni kelturingiz! 
(Mir Vafo ketar.) Qani, o‘g‘lim, Eron qo‘shuni qachon kelar?!
R a h i m t o‘ q s o b a. Mendan to‘rt-besh soat soʻngra Amudar-
yodan o‘tmoqchi edi. Erta Buxorog‘a yaqinlashsa kerak.
H a k i m b i y. Shoh seni ko‘rganda, bizga bergan va’dasindan so‘z 
ochdimi, yo‘qmi? 
R a h i m b i y. Yo‘q, u to‘g‘rinda gapurmadi, sizlarga katta mehri-
bonchiliklar qilarmiz, deb qo‘ydi.
Sizningcha, Hakimbiy Nodirshohning qanday va’dasini olgan?
Mir Vafo qalandarlarni olib kelar.
H a k i m b i y (unlarni ko‘rgach kular). Xo... xo... xo... xuddi qalandar-
larg‘a o‘xshaylar-a. Aftingizni tuzatingiz!
Qalandarlar yasama soch-soqollarini olarlar, Hakimbiyning o‘z kishi-
lari Yo‘ldosh bilan Ergash ekanlari bilinadir.
Gapuringiz, qani?

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish