101
X o n. Hech kim onglamadimi?
U l f a t. Kimsa onglag‘an emas.
X o n. Ibrohim kenagasni otaliq qilmoqchi bo‘lub, o‘ziga so‘yladiq.
Uning ham tusi boshqacha-ku!
U l f a t. Nima dedi?
X o n. Ko‘b ahmoqliqlar qildi. Sening uchun ham ma’nosiz so‘zlar
so‘yladi. Hakim inoqning o‘zini otaliq qilsaq bo‘lmaydirmi?
U l f a t. Xoqoni olam! Hakim inoqning Nodir bilan xabarlashib turg‘ani
aniq. Shu tobda uni (ish) boshiga qo‘yib bo‘lmaydir. Shuning o‘zi bo‘la
bersun, to‘g‘riliq bilan ishlasa, turadir. Yo‘qsa, Farhod otaliq izindan bora
qoladir-da!
X o n. Ulfat, men bu ishlardan bezdim. Bu odamlarning birtasi ham
menga to‘g‘ri qaramaydir. Farhod otaliq yomonliq qildi. Hakim inoqning
qilg‘an ishlarini ko‘rub turubsan. Ibrohimni odam deb o‘ylasam, bu ham
buzuqqa o‘xshaydir. Qon to‘kmakdan-da bezdim. Akamni o‘ldurdim.
Ko‘b do‘stlarimni o‘ldurdim. Meni bir ota kabi asrag‘an Farhod otaliq-
ni(ng) boshini oyoqlar ostinda ko‘rdim. (Ko‘zlarini tutub.) Uf... ko‘zlarim
qong‘a to‘ldi. Kechalar uxlay olmayman. Ko‘zlarimni yumg‘ach, butun
o‘lg‘anlar, o‘ldurg‘anlarim meni aylanturub olalar, siralanib, yonimdan
o‘talar. Meni qo‘rqutalar, menga kulalar!..
U l f a t. Xoqonim, bunlarni o‘ylamangiz. O‘luklarni esingizdan chiqa-
ringiz. Yotoqqa kirgach, Qur’ondan bir oyat o‘qub yotingiz. Bunlar ham-
masi o‘tg‘usidir. Yaqinda dushmanlaringizning hammasini bitirarmiz.
Hozir emdi boshqa ishlarimizni ko‘raylik.
X o n. Yana nima ish?
U l f a t. Farhod otaliqning qizini kelturaylikmi?
X o n. Erta bilan kishi yuborursan. Men emdi charchadim, biroz uxla-
yin. Sen ham ket, ishlaringni ko‘r. Birtasini yubor, choponimni olsun. Tan-
burchilarg‘a ayt, ikki tanburni kamoncha qilib bir “Husayniy” cholsunlar.
U l f a t. Xo‘b bo‘lubtur.
Ulfat chiqar. Xon salla, choponini chiqara boshlar. Xizmatchi kelib,
xonning salla, choponnni olib, bir chetg‘a qo‘yar. Xonning kecha kulohini
berib, shamlarni o‘churub chiqar. Xon kulohini kiyib, yotoqda uzanib yo-
tar. Tashqarida ikki kamonchining “Husayniy” cholgani eshitilar. Cholg‘i
sekinlanib bitganda, xon uxlag‘an bo‘lur. Biroz soʻngra xonning o‘lduril-
gan akasining xayoli qonli kafan bilan ko‘rinadir.
X o n (tushinda). Akam... Nechun keldi... (Bo‘g‘durulg‘ani, arqon
bo‘yninda taqilgani holda chiroyli bir xotunning xayoli kelar.) Yo‘qol...
ket... (Xotun xayoli xonni bo‘g‘ardek, unga qarab yurar. Xon talvasa
qilar.) Ket... ket!... (Bir yigit xayoli Farhod otaliqning boshini olib kelar.
Xong‘a yaqinlashar.) Yo‘qol... kelma... Yo‘qol... kelma... (Xayol cheki-
lar. Undan soʻng uchala xayol birgalashib, xong‘a hujum qilarlar. Xon
Download
Do'stlaringiz bilan baham: