245
hisoblanadi. U og„zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga
keldi.
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o„rtasidagi
muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv
kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma‟nodagi, bashariyatning
uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi
omillarning eng
asosiylaridan biridir. Yozuv og„zaki tilga nisbatan ikkilamchi,
qo„shimcha aloqa vositasi bo„lsa-da, unga qaraganda ko„p afzalliklarga
ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o„rtasidagi aloqani
ta‟minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi
mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish)
kabi asosiy
vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning
insoniyat qo„lga kiritgan tajriba-bilimlarini saqlash va avlodlarga
yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Tovush tili
uchun noqulaylik tug„diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu
borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant –
scripta manent” – “So„zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.
Yozuv tildan ancha keyin paydo bo„lgan. Tovush tili 400-500 ming
yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo bo„lgan.
Og„zaki nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va
uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo„lishiga olib kelgan.
Og„zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi
(tovush to„lqinlari yetib borishi mumkin bo„lgan)
kishi uchungina
mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo„lishi bilan inson
dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada
belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi
sifatidagi yozuv paydo bo„lishidan oldin inson ramziy vositalardan keng
foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do„stlik ramzi,
trubka-tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv”
xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv ko„rinishlari aniqlangan va
yozuvning tadrijiy tarixi isbotlangandir.
Piktografik
(lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv
turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san‟at namunasi bo„lib,
toshlarga, suyaklarga, g„or devorlariga o„yib ishlangan. Piktografiyada
hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, yer),
246
mavjudotlar (inson, sigir, qo„y) kabilar aks ettirilgan edi.
Yozuvning
rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi bitik (yozuv) so„zi
tarkibidagi biti-xitoycha
bi: mo„yqalam
bilan aloqadorligi, shuningdek,
slavyan tillaridagi
писать
(jivopis) fe‟lining o„zagi lаt.
“pingere”
–
rasm solmoq
tushunchasi bilan bog„liqligi, gotcha
melian
(yozmoq)
fe‟lining dastlabki ma‟nosi ham
mo„yqalamda rasm solmoq
bo„lib,
hozirgi nemis tilida “
malen
” –
rasm chizmoq”
ma‟nosida qo„llanilishi
tasdiqlab turibdi.
B.N.Golovin
piktografiya
hodisasini
shunday
tushuntiradi:
“Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo„lgan ikki
hozirzamon do„stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong„u
osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam,
baliq va qarmoq rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida botayotgan
quyosh, qorong„u osmondagi yarimoy, paravoz
va uch vagon va ular
oldida odam hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek,
vagonni quyosh bilan bog„laydigan chiziq (liniya)ni ham ko„rsatgan.
Demak, bulardan birinchisining mazmuni:
“Men ertaga baliq oviga
boraman”
. Ikkinchisi esa:
Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda
Moskvaga ketaman”
, - degan ma‟nolarni anglanadi.
1
Darhaqiqat, olim
juda to„g„ri tasavvur, mulohaza keltiradi. Ibtidoiy tafakkur va yozuvning
tabiatini shu kabi ko„rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham,
rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib
chiqishi uchun asos bo„lgan, degan fikrga kelish to„g„ridir.
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash,
yuborish
mumkin ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab yetganlar.
Shuning uchun ham rasmli yozuvning og„zaki til bilan bog„liq
bo„lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini
ta‟min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy
talqin etilishiga yo„l qo„ygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv
orqali ifodalash deyarli mumkin bo„lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib,
turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga
bo„lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari
piktografik yozuvning ojiz
tomonlari ko„proq ko„zga tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning
taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib
kelgan.