o„qituvchilarga
so„zida
o„qi
- o„zak,
t
-orttirma nisbat qoshimchasi,
uv
-harakat nomi
qo„shimchasi,
chi
-shaxs oti yasovchi affiks,
lar
-ko„plik,
ga
-jo„nalish
ma‟nosoni ifodalaydi; vengr tilida
haz-uy, hazfa-uyda, hazak-uylar,
hazakba-uylarda
. Ko„rinadiki, turkiy tillardagi qo„shimchalar o„zakka
mexanik ravishda qo„shilaveradi, lekin o„zak bilan birikib, singib
ketmaydi, o„zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks
yo„q (fors-tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo„shimchalardan
tashqari), ya‟ni qo„shimchalarining ketma- ket qo„shilishi natijasida
so„zning kengayishi faqat bir tomonga, ya‟ni o„ng tomonga yo„nalgan
bo„ladi:
maktablarga.
Turkiy tillardagi ko„makchilar otdan yoki ot
vazifasidagi so„zdan keyin kelib, uni boshqa so„zga – boshqaruvchiga
bog„laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan,
Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim.
Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo„q. Shunga
ko„ra, gapda so„zlarning o„zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o„zgacha:
turkiy tillarda, jumladan, o„zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar
243
ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa tillarida
kesimning morfologik belgilari faqat fe‟lga qo„shilsa, turkiy tillarda
kesim vazifasida kelgan har bir so„z turkumiga qo„shilishi mumkin.
Qiyoslang:
Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men –
onaman. Ko„ylagimni tiktirdim.
Turkiy
tillarning
qiyosiy
–
tipologik
xususiyatlari
N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М.,
1962) nomli kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so„zning
morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o„zaklar
birlamchi yoki tub bo„ladi (umumturkiy o„zaklar):
al-olmoq, kel, min,
ot (o„t), tas/tash (tosh), kyoz (ko„z)
yoki yasama, ya‟ni o„zak va
unumsiz (o„lik) qo„shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha:
jurek
(yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora
kabilardir.
Tas/tash (tosh), qal (qop), ic/ish (ish), at (ot ), qol (qo„l)
va hokazolar
predmetlarning nomini atab, ot so„z turkumiga kiradi hamda
birlikdagi, bosh kelishikdagi so„zlar qatorini hosil qiladi
3
.
Aq, sari, qara, biyik, (baland)
o„zaklari statik belgini ifodalab,
sifat so„z turkumini tashkil qiladi.
Endi (endi), burun, en (eng)
kabilar,
deydi
olim,
belgining
belgisini
ifodalab,
ravish
kategoriyasiga kiradi.
Bir, eki (ikki), uch/ush (uch) tort ,(to„rt)
kabilar sonlardir.
O„ay! Iq! Maa!
undov va taqlidlar,
uchin/ushin,
deyin (-gacha)
kabilar ko„makchilar,
-g„u (-ku), -ma/me (-mi)
(so„roq
yuklamasi) – yuklamalar hamda
hem, biraq
boglovchilar hisoblanadi.
Turkiy tillarda fe‟llar ham o„ziga xos tabiatga ega, ya‟ni ular yasalish
xususiyatiga ega:
tashla, angla, bilim, qapshiq (qopchiq- qop va
kichraytirish shakli –chiq/-shiq.)
Turkiy tillarda fonetik struktura-
o„zak morfemalardagi 3 tovushli tarkib bilan ajralib turadi. Har bir
o„zak –undosh + unli+ undosh tartibidagi yopiq bo„gindan iborat
(cgc). Ikki tovushli, bir tovushli o„zaklar turkiy tillarda kam
uchraydigan istisnolikdir, ular aslida 3 tovushli tarkibning tarixan,
fonetik jihatdan qisqargan ko„rinishidir. 3 tovushdan ko„p so„zlar
boshqa tillardan o„zlashgan hisoblanadi.
Turkiy tillarga xos bo„lgan gap qurilishi [WPm] qolipi asosida
voqelanadi. Предикатив bog„lanish [Pm] (predikate-kesim, m –
shaxs/son, zamon, mayl, modallik) orqali yuzaga chiqadi. So„z
244
birikmasi –gap kengaytiruvchilari yoki so„z kengaytiruvchilaridan
iborat bo„lishi mumkin. Mana shu sintaktik xususiyat barcha turkiy
tillar uchun xos bo„lib, bu oilani boshqa tillardan, ulardagi grammatik
xususiyatlardan keskin farqlab turadi (chunonchi, Hind-yevropa
tillarida gap birgina kesimning o„zidangina emas, balki ega va
kesimning qat‟iy ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim
keladi ) asosida tuziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |