93
3. Alpidlar- Kopetdogʻ-Pomir sistemasi hududi.
Ajratilgan hududlarni oʻrganishdan oldin qaysi togʻ tizmalari u yoki
bu sistemaga mansubligini ajratib olamiz.
Tyan- Shanning shimoliy yoyi. Qora togʻ, Talas Ola togʻ, Qirgʻiz,
Kungey Ola togʻi, Ketmen (Xon Tangri choʻqqisi, Gʻalaba choʻqqisi),
Chu-Ili, Koʻk-irim, Molda-togʻ, Susamir va boshqalar.
Tyan-Shanning janubiy yoyi. Sulton-Uvays-togʻ, Bukan togʻ, Tomdi
togʻ, Murun togʻ, Ariston togʻ, Oltintogʻ, Kuljuk togʻ, Nurota,
Nurota
Oqtogʻ, Hisor, Otboshi, Boybacha togʻ, Nurota Qora togʻ, Zirabuloq-
Ziyovuddin, Turkiston, Qovoqtogʻ, Kokshaal togʻ, Sarijas togʻi, Surhon
togʻ, Boysuntogʻ, Chak-char va boshqa togʻ tizmalari kiradi.
Oʻrta Tyan-Shan –Orol –Fargʻona tokembriy massivining shimoliy qismi
invirsiyadan soʻng Tyan-Shanning shimoli yoyi togʻ oldi bagʻriga
aylanadi, u yerda qumli – slanes qatlamlari hosil boʻladi (silurgacha), sillur
davridan boshlab, maydon koʻtarila boshlaydi va oʻrta devonni quyi eyfel
davridan boshlab, qizil rangli qumlar Yer usti nordon effuziv jinslari hosil
boʻlgan kontinental muhit boshlanadi. Keyinchalik jivet yarusidan boshlab
kelayotgan transgressiya janub va janubiy-gʻarbdan
quyi
toshkoʻmir
davri turney va vizey asrigacha olgan holda bu maydonni egallaydi,
neytral oʻrab turgan hududlar kabi ohaktoshlar hosil boʻlayotgan dengizga
aylanadi. Janubiy Tyan-Shan yoyida tektonik
harakatlar kuchayishi
natijasida maydonda Talas – Oloy togʻining janubi-gʻarbi yon togʻ
tizmalarida faollik, qurishga olib kelib vulkonogen – choʻkindi qatlam
rivojlanadi toshkoʻmir davrining namyur davridan boshlab, quyi triasgacha
(qalin qatlamlar 1000m gacha). Otboshi, Mingbuloq va Qizil Nur
vulkonogen kompleks tarkibi andezit porfirdan dasit porfir orqali riolitli
porfirgacha. Qatlamning choʻkindi qismi konglomeratlar, qumtosh,
alevrolitlar gilli yotqiziqlar, ayrim hollarda
ohaktosh va dolomitlardan
iborat.
Hududni tashkil etuvchi togʻ tizmalari : Sayram , Ugom, Pskom,
Chotqol, Qurama sharqda esa Tokuz-Taraus vohasining shimoliy qismi.
Kopet –Dogʻ-Pomir sistemasi. Kopet-Dogʻ, Katta Balxan, Kichik
Balxan, Krasnovodsk, Babatogʻ, Tojik vohasidagi koʻpchilik togʻ
tizmalari, Shimoliy Alichur, janubiy Alichur, Shoxdaryo, Gunt, Vanch,
94
Rushan, Shugnok, Pyotr-I, Darvoz,
Oloy orti, Muztogʻ va boshqa togʻ
tizmalarini oʻz ichiga oladi (8-rasm).
8-rasm
. Oʻrta Osiyoni rayonlashtirish sxemasi
Talas –Fargʻona darzligi boʻyicha yotgan Fargʻona togʻ tizmasi
alohida oʻrin tutadi. Fargʻona togʻ tizmasining yoshi mezozoy deb taxmin
qilinadi, yuqori (balki oʻrta) yura davridagi kontinental muhitda vujudga
kelgan, biroz nisbatan koʻtarilgan relyef hosil boʻlish natijasida katta
vohani ikkiga boʻlinishi kuzatiladi: gʻarbda Fargʻona va sharqda Tokuz
Taraus, keyingi rivojlanish tarixi oʻzgacha.
Shunday qilib, nima uchun Tyan-Shanning shimoliy yoyi Kaledonid?
Hududning - geologik rivojlanish tarixini kuzatadigan boʻlsak, quyi
Kembriydan boshlab bazalt (konglomeratlar) gorizontining transgressiyasi
hisobiga tokembriy yotqiziqlarining yuvilgan yuzasiga yaqqol burchak
ostida nomuvofiq ravishda yotadi, shu bilan bir vaqtda geosinklinal zonasi
paydo boʻlishidan darak beradi. Transgressiya
asta-sekin sharqqa ham
tarqaladi. U yerda Kembriy kesimining ostki qismi kuzatilmaydi.
95
Geosinklinal muhit ordovik oxirigacha davom etib konglomeratlar,
gravelitlar, argillitlar, gillar, qumlar almashinib kelayotgan karbonat
yotqiziqlar (ohaktosh va dolomitlar), effuziv jinslar kam miqdorda oʻrta
jinslar ishtirok yetadi.
Ordovik oxirida invyersiya tufayli choʻkindilar fatsiyasi yaqqol
oʻzgaradi, qoʻpol boʻlakli terrigen jinslardan to yuqoridagi karbonatgacha
inversiya boshlanishidan boshlab hudud asta-sekin quruqlikka aylanadi,
intruziv massivlar kirib keladi. Darzliklar keng rivojlangan.
Ularning
graben strukturalari ham. Keng maydonlarda silur davrida qoʻpol boʻlakli
jinslar va slanes qatlamlari hosil boʻlishi bilan transgressiya kirib keladi.
Bu maydonlardan tashqarida Silur davri yotqiziqlari kuzatilmaydi.
Shunday qilib, Silur davrigacha Tyan-Shanning shimoliy yoyi hududi
shakllanadi, Silur esa Kembriy-Ordovik asosi (fundamenti) ustiga
yopingʻich hisoblanadi.
Tyan-Shanning shimoliy yoyi janubiy qismida, Orol – Fargʻona oʻrta
massivining shimolida, yuqorida aytilganidek silur davrida Tyan-Shanning
shimoliy yoyidagi jinslarning yemirilishi natijasida qumli-slanes qatlamlari
vujudga keladi. Quyi va oʻrta devonning quyi qismida quruqlikka
aylanadi.
Shuning
uchun
Tyan-Shanning
shimoliy
yoyi
erta
burmachanligini aksi, bu hudud maydoni kechki kaledon hisoblanadi, oʻrta
devon quyi toshkoʻmir davrida yuzasini pasayishi toshkoʻmir davri qatlami
(ohaktosh va dolomit) paydo boʻlishi bilan dengiz vujudga keladi,
keyinchalik kontinental muhitda gersin epoxasi davrida qalin choʻkindi-
vulqonogen qatlam rivojlanadi.
Silur davrida geosinklinal jarayonining boshlanishi kuzatiladi.
Inversiya janubiy Tyan-Shan hududida bir xil davrda boʻlmagan.
Inversiyaning
janubiy
Tyan-Shan
hududida
bir
davrda
kuzatilmaganligini hisobga olgan holda erta gersin,
gersindan keyingi va
gersin davri hududlari ajratiladi. Koʻrsatilgan strukturalarni oʻrganishda
Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo xaritasining avtorlari markaziy va Gʻarbiy
Tyan-Shanning kesimlarini nazarda tutib quyidagi sxematik zonalar
ajratiladi: (shimoldan janub tomon) Qoratogʻ-Qorachatir, Andigen-Kichik-
Oloy, ikkalasi gʻarbdan sharqqa tomon choʻzilgan (Fargʻona togʻ
tizmasigacha). Gʻarbda Bukan togʻning shimoliy qismi Qora togʻ-
96
Qorachatirgacha, janubiy yoyining gʻarbiy qismi bundan mustasno, perm
va quyi Trias davrida dengiz boʻlgan, yaʻni miogeosinklinal muhit davom
etgan, tinch sharoitda ohaktosh qatlami vujudga kelgan, inversiya bir
davrga kechikkan. Perm va Triasning kam oʻzgargan jinslari ustiga
nomutanosib ravishda yura jinslari yotadi.
Burmachanglik yoshini
mezozoyga kirmasdan Tyan-Shanning janubiy yoyini yoshini gersinidlarga
qoʻshamiz. Yoyining markaziy va sharqiy qismlarida geosinklinal
zonalardagi inversiya toʻlqinlari oʻrta Trias davriga toʻgʻri keladi.
Burmachanlik hosil boʻlishi jarayoni surilishi kuzatiladi. Shu yoʻnalishda
magmatizm ham yosharadi.
Kopetdog-Pomir sistemasi alpidlar kabi va magmatizm paleogenda,
neogendan togʻ hosil boʻlish jarayoni boshlanadi. Neogen yotqiziqlari,
errozion jarayonlardan saqlanib qolganlari yopingʻich vazifasini oʻtaydi.
Tojik vohasi, Shimoliy Pomir masalasi ochiq qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: