98
Pomir burmasi
Geografik jihatdan Pomir sharqiy va gʻarbiy,
geologik jihatdan,
geologik rivojlanish tarixi va tuzilishi boʻyicha toʻrt qismga boʻlinadi.
Shimoliy Pomir Oloy orti va Darvoz togʻ tizmasining shimoliy yon
bagʻrida mezozoy yotqiziqlari keng tarqalgan, janubiy tomondan Markaziy
Pomir darzligi ayirib turadi.
Shimoliy Pomirda kechgi paleozoy oxirida burmachanlikka duchor
boʻlgan-yerta mezazoyda nisbatan qattiq antiklinal koʻtarilish roʻy bergan.
Markaziy Pomir janub tomondan Rushan-Pshort darzligi bilan
chegaralanib, murakkab burma hosil qilgan, erta toshkoʻmirdan
kechki
yuragacha geosinklinal rejim rivojlangan, uning hududida bir qator zonalar
mavjud boʻlgan, ularning rivojlanish tarixi bir biridan katta farq qilgan .
Janubiy-sharqiy Pomir. Bu yerda geosinklinal rivojlanish erta
toshkoʻmir davridan kechki yuragacha davom etgan, bu davrda
burmachanlik hosil boʻlib hudud koʻtarilgan.
Janubiy-gʻarbiy Pomir. Bu qism tokembriy tuzilishiga ega.
Tokembriy yoshidagi oʻrta massiv hisoblanadi.
Shimoliy Pomir.
Kesimning quyi qismi-yuqori
proterazoy-quyi
paleoazoy kengligi 2 km gacha boʻlgan metomorfik jinslardan tashkil
topgan. Ular ustiga mutonosib ravishda ordovik – jinslari slaneslar,
ohaktoshlar, asosiy effuzivlar (1 – 2 km) yotadi. Ayrim joylarda 1 – 1.2
km oshmaydigan silur va devon rivojlangan – slanes va ohaktoshlar,
terrigen, karbonatli, vulkonogen tarkibli toshkoʻmir davri yotqiziqlari keng
tarqalgan.
Oʻrta Osiyoning paleozoy davri yotqiziqlari
Tyan-Shanda Oʻrta Osiyo hududi uchta tektonik zonalarga
ajratilgan: Shimoliy, Oʻrta va Janubiy,
Ajratilgan tektonik zonalar
oʻzlarining alohida geologik tuzilishlariga ega.
99
Shimoliy Tyan – Shanda tokembriy va kaledon burmachanlik
faoliyati oshgan, tokembriy va kaledon magmatizmi keng rivojlangan,
tokembriy va quyi paleozoy davri yotqiziqlari keng rivojlangan .
Janubiy Tyan – Shanda asosan gersin tektogenezi,
gersin
magmatizmi, oʻrta – yuqori paleozoy va mezakaynazoy yotqiziqlari keng
rivojlanganligi bilan ajraralib turadi.
Kopetdog – Pomir zonasi yuqoridagilardan quydagilar bilan farq
qiladi: tokembriy, paleozoy va mezakaynazoy burmachanlik harakati keng
rivojlangan (alp burmachanligi) .
M.O. Axmadjonov, I.M. Mirxodjayevlarning
ilmiy ishlariga
qoʻshimcha qilib, stratigrafik boʻlingan tokembriy rivojlangan keng
maydonlarga ajratilgan misol uchun, Shimoliy Tyan – Shanda kesimning
asosiy turlari Oloy orti togʻ tizmasida, svita va seriyalar umumiy qalinligi
10 km dan ortiq, Terskey Olatogʻida svita va seriyalar yotqiziqlari 8 km
gacha, Qirgʻiz togʻ tizmasida 7.2 km gacha, Kungay togʻ tizmasida 9 km
gacha, Talass togʻ tizmasida 5.6 km gacha, kichik Qoratogʻda 5 km gacha.
Oʻrta Tyan-Shanda shu kabi tokembriy yotqiziqlari litologik tarkibi
va turli qalinlikdagi svita va seriyalarga ajratiladi.Katta Qoratogʻda
qalinligi 11 km atrofida, Koson hududida 2.9 – 3.9 km Pskem, Sandalash
togʻ tizmalarida 1.5 km.
Janubiy Tyan-Shanda tokembriy yotqiziqlari Otboshi togʻ tizmasida
4
km atrofida, Zarafshon togʻ tizmasida 4 km. Janubiy- shimoliy Tomdi
togʻda 2.3 km, Djetimtogʻda 8 km, Auminzatogʻda 2 km dan ortiq,
shimoliy Tomditogʻda 2.9 km, shimoliy Nurota togʻda 2.9 km,
Sultonuvayzda 2 km.
Silur yotqiziqlari Oʻrta osiyo hududida keng tarqalgan va ordovik-
kemriy ustiga nomutonosib yotadi.
Bu yerlarda devon
yotqiziqlari keng tarqalgan, kesma odatda oʻrta
devondan boshlanadi. Tarkibi terrigen-karbonatli. Qalinligi 0.5 dan 3 km.
gacha. Toshkoʻmir yotqiziqlari keng rivojlangan. Quyi toshkoʻmir davri
asosan karbonatli, oʻrta va yuqori toshkoʻmir terrigen karbonatli. Ular
orasida vulkanogen jinslar uchraydi, umumiy qalinligi 3 km. dan ortiq.
Oʻrta Osiyo hududida perm davri yotqiziqlari kam rivojlangan.
Mezokaynazoy yotqiziqlari paleozoy ustiga nomutanosib yotadi. Odatda,
100
mezozoy qatlami yuqori triasdan boshlanadi, qalinligi bir necha metr. Yura
yotqiziqlari koʻp xollarda kontinental jinslardan tashkil topgan boʻlib,
koʻmir
qatlamlariga ega, qalinligi 3 km gacha. Bu yotqiziqlari turli
rangdagi kontenintal jinslardan tashkil topgan boʻlib, qalinligi 1 km gacha.
Paleogen asosan dengiz yotqiziqlaridan iborat, asosan-kontinental.
Paleogen va neogen qalinligi 3-5 km gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: