Toshko‘mir
. Rangi qora, yog„liqsimon yaltiraydi. Odatda yaxshi
yuqmaydi, yirik yoki mayda donador, mo„rt. Qatlamlangan toshko„mir-
ning yaxshi xilidan koks tayyorlanadi. Chizig„i qora, yaltiroq va xira.
Antratsit - qattiqligi va yaltiroqligi bilan toshko„mirdan farq qiladi.
Unga qora rang, yarim metallsimon yaltiroqlik, g„adir-budur sinim xosdir.
Qo„lga yuqmaydi. Tezda o„t olmaydi.
Yuqorida ko„rib o„tilgan jinslar uglerod bilan to„yinishning yog„och-
torf-malla ko„mir-toshko„mir-antratsit bosqichini tashkil qiladi. U
yog„ochda 50%, antratsitda 95% bo„ladi. Antratsitning solishtirma
og„irligi 1,4-1,7 2 g/sm
3
. Rangi qora. Metallsimon yaltiraydi. Uchuvchan
moddalar 8% dan kam. Shuning uchun ham u o„z-o„zidan yonmaydi
Organik moddalarning parchalanish jarayoni kislorodli sharoitda ro„y
beradi va bitumlar deb ataladigan neftni yoki yonuvchi, uchuvchi
moddalarni hosil qiladi va bu jarayon bitumlanish deb yuritiladi. Neftning
paydo bo„lishi to„g„risida birinchi marta D.I. Mendeleyev tomonidan
aytilgan fikr ham bordir. Unga ko„ra neft noorganik yo„l bilan hosil
bo„ladi. U Yer qobig„ining cho„nqir qismida sintezlanadi, keyinchalik
yuqoriga ko„tarilib, yaxshi kollektor xususiyatiga ega bo„lgan cho„kindi
jinslar orasida to„planadi. Bitumlar ko„pincha dengizda, gillar bilan
aralashib cho„kadi. Natijada yonuvchi slaneslar deb ataluvchi jinslar hosil
bo„ladi. Ular yupqa qatlamli, qat-qat qoplangan, to„q kulrang, malla yoki
qoramtir jinslardir. Ko„pincha slaneslarning yuzasi turli qazilma tamg„alar
bilan qoplangan bo„ladi.
Quruq yonuvchi slanesga olov tutilsa, is chiqarib yonadi yoki quyuq
tutun chiqarib tutaydi, ayni vaqtda bitumning kuchli hidi kelib turadi.
118
Nеftning yuqorida tasvirlangan jinslardan farqi, uning suyuq bo„lishidir.
Uning rangi solishtirma og„irligiga qarab och-sariqdan (yengil xillari)
malla-qoragacha (og„ir neft) bo„ladi. Neftga moydek yaltirab turish xosdir.
Neftning o„ziga xos hidi bor. Agar neftda ko„p miqdorda oltingugurt
bo„lsa (masalan, Uraldagi neft), vodorod sulfid hidiga o„xshagan o„tkir
hidi bo„ladi. Suvga tushgan kichik neft tomchisi rangdor toblanuvchi
pardani hosil qiladi (flyuoressensiya).
Ba‟zan juda katta neft konlari har xil g„ovak yoki yoriqlari ko„p bo„lgan
jinslar orasida uchraydi. Bunday jinslar (qum, qumtosh-konglomerat,
ohaktosh va boshqalar) ayni vaqtda neft konlari kollektorlarning rolini
bajaradi.
Nеftning hоsil bo„lishi to„g„risida bir qatоr farazlar mavjud. Ularni
ikki guruhga bo„lish mumkin: Nеft hоsil bo„lishining nооrganik va оrganik
farazlari.
Nеft hоsil bo‘lishning nооrganik farazi
.
Kоsmik farazi
. Kоmеta,
mеtеоr, mеtеоrit va atmosferaning tarkibini o„rganish shuni ko„rsatadiki,
ko„pchilik kоsmik jismlarning tarkibida uglеvоdоrоdlar bоr. Yer planеta
shaklida hоsil bo„lganda, uning tarkibida ko„p miqdоrda uglеvоdоrоd
bo„lgan. Yer mоddalari differensiatsiyalanishi natijasida qatlamlangan,
nisbatan yеngil kоmpоnеntlar yuqoriga suzib chiqqan, оg„irlari esa pastga
tushgan. Uglеvоdоrоdlar Yer yuzining Yuqorirоq qismiga ko„tarilib bir-
biri bilan ta‟sir etib qo„shilishi natijasida nеft mashulоtlari hоsil bo„lgan.
Ular yuqoriga ko„tarilib, g„оvakli jinslarda to„planib, nеft kоnlarini hоsil
qilgan.
Nеftning оrganik usul bilan hоsil bo‘lishi to‘grisidagi farazlar.
Nеftning biоgеn usul bilan hоsil bo„lishining tarafdоrlari «hayvоnlarning
119
ko„p miqdоrda qirilishi natijasida nеft hоsil bo„lgan», dеb tushuntiradilar.
Masalan, baliqlarning dеngiz illarida chirishi uglеvоdоrоdlarning hоsil
bo„lishiga оlib kеlgan.
Bitumli jinslar ichida oksidlangan (quyuqlashgan) holdagi neft kam
tarqalgan. Bunday jinslarga qoramtir rang bolg„a bilan urganda bitum
hidini berishi xosdir. Jins kukuni erituvchini bitumi bilan bo„yaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |