Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti geologiya, razvedka va gidrogeologiya


-rasm. Qatlamlarning yotish elementlari va ularning plandagi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/92
Sana27.05.2023
Hajmi1,02 Mb.
#944693
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

3-rasm. Qatlamlarning yotish elementlari va ularning plandagi 
nisbati
 
Nazorat savollari: 
1. Qatlam deb nimaga aytiladi?
2. Qat-qatlikning qanday shakllarini bilasiz? 
3. Gorizontal qatlamlarning o„ziga xos qanday belgilari bor? 
4. Qatlamlarning qiya yotishiga nima sabab bo„ladi? 
5. Qatlamlarning yotish azimuti deb nimaga aytiladi? 
Tog‘ kompasi 
Tog„ kompasidan jins qatlamlarining yotish elementlarini aniqlashda 
foydalanadi. Tog„ kompasi magnit xususiyatiga ega bo„lmagan alyuminiy, 
jez va plastmassa taxtachasidan iborat bo„lib, shimoli-janubiy (0-180°) 
tomoni hamma vaqt taxtachaning uzun tomoniga parallel yo„nalgandir. 
Taxtachaning shimoliy qismi qora yoki qizil rang bilan belgilanadi. Odatda 
tog„ kompasi magnit strelkasidan azimutlarni o„lchaydigan 360° ga 


152 
bo„lingan limbdan, qiyalik burchagini o„lchaydigan klinometr va yarim-
limbdan iboratdir. Ishlash qulay bo„lishi uchun kompas doirasi limbi 
shimoldan (0° dan) boshlab 360° gacha bo„lingandir. Limbdagi darajalar 
va tomonlarni ko„rsatuvchi harf indekslari soat strelkasiga qarama-qarshi 
joylashtirilgan. 
Limbdagi sonlar 0° dan har o„n gradus o„zgarib boradi. Limbning ichki 
tomonidan taxtachada to„rt tomonni ko„rsatuvchi harflar nol darajasi 
qarshisiga S- shimol; 90° qarshisiga sharq; 180° qarshisiga –J -janub va 
270° qarshisiga G„- g„arb qo„yilgan tog„ kompasi -sharq va G„- haqiqatga 
nisbatan teskari joylashtirilgan. Bu hol o„lchash ishlariga qulaylik 
tug„dirish uchun qilingan. Qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash 
uchun eng qulay usullardan foydalanish lozim. Masalan: yotish elementlari 
o„lchanishi kerak bo„lgan qatlam yuzasidan tekis yuza aniqlanadi. Keyin 
tog„ kompasi yordamida qatlamning qiyalik burchagi va qiyali azimuti 
topiladi. 
Qatlamning yo„nalish azimutini o„lchash uchun kompas taxtachasining 
uzun tomonini (ya‟ni sh-j chizig„i) o„lchanadigan chiziq yo„nalishiga 
to„g„rilanadi va kompas magnit strelkasining limbidan ko„rsatgan soni 
to„g„rida hisob olinadi. 
Qatlamning qiyalik burchagini o„lchash uchun oldin qiyalik chizig„i 
topiladi. Keyin qatlamning qiyalik chizig„iga kompasning uzun tomoni tik 
holda qo„yilib hisob klinometr yordamida topiladi. Qiyalik burchagi 0° dan 
90° gacha bo„ladi. 
Qatlamning yotish azimutini o„lchash uchun kompasning shimoliy 
tomonini qatlam tomonga qarab yo„naltiriladi va hisob magnit 


153 
strelkasining faqat shimol tomoni bilan olinadi. Bu vaqtda kompasning 
qisqa tomoni qatlamning yo„nalish azimutini ko„rsatadi. 
Qatlamning yotish azimuti aniqlangandan keyin uning yo„nalish 
azimutini o„lchash shart emas. Chunki ular bir-biridan 90° burchak bilan 
farq qiladi. Masalan, agar qatlamning tushish azimuti shimoliy-sharq 
bo„ylab 40° bo„lsa, uning yo„nalish azimuti janubiy- sharq tomon 130° ga 
teng bo„ladi. Qatlamlarning joylanish elementlarini yozishda burchaklar 
joylashgan tomon ko„rsatilishi shart, ular odatda quyidagicha bo„ladi: 
Masalan, yotish azimuti shimoliy-g„arb 320° < 50°, yo„nalish azimuti esa 
50° yoki 230°. 
Qatlamning har xil yotishi geologiya xaritalarida shartli belgilar bilan 
ifodalanadi. Masalan, gorizontal yotish, qiya yotish 50, ag„darilib yotish 
30°, tik yotish 90°. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish