154
Keyinchalik 1887 yilda Arxey erasi tarkibidan Proterazoy erasi ajratildi.
Hozirgi vaqtda geoxronolik jadval quyida keltirilgan jadval ko„rinishiga
ega. Davrlarning nomi aniqlangan joyning nomi bilan atalgan. Ma‟lum bir
era davomida hosil bo„lgan Cho„kindilar qatlami esa
sistema
(davr)
deyiladi. Geoxronologik birlik sifatida era va eraning bo„laklari qilib
davrlar qabul qilingan. Davr o„z navbatida bir necha mayda bo„limlarga,
ular yaruslarga bo„linadi. Geoxronologik jadvalning yarusgacha bo„lgan
qismi umumjahon ahamiyatiga ega bo„lib, hamma yerda bir xil nomlanadi.
Eralar tubandagilardan iborat:
Arxey erasi
- bu erada Yerda ham
hayvon organizmlari ham, o„simlik
organizmlari ham bo„lmagan.
Proterozoy erasi
- bu erada noaniq qoldiqlar va bevosita belgilar
bo„yicha boshlang„ich organizmlar yashagan bo„lishi mumkin.
Paleozoy erasi
- unda hozirgilardan juda kam farq qiladigan,
lekin
ancha Yuqori tuzilgan o„simlik va hayvonlar bo„lgan.
Mezozoy erasi
- unda mukammal tuzilgan o„simlik va hayvonlar
bo„lgan.
Kaynozoy erasi
- bu erada o„simlik va hayvonlar hozirgilarga borgan
sari o„xshab boradi.
Arxey, proterozoy eralari to„liq o„rganilmaganligi
uchun biz paleozoy
erasidan boshlab davrlarni o„rganamiz. Bu era olti davrdan iborat:
1.Kembriy; 2.Ordovik; 3.Silur; 4.Devon; 5.Toshko„mir; 6. Perm.
Mezozoy erasida davrlar uchga bo„lingan: 1.Trias; 2.Yura; 3.Bo„r.
Kaynozoy erasida ham uchta: 1. Paleogen; 2.Neogen; 3.Antropogen.
Paleozoy erasidagi kembriy, silur, devon va perm davrlarining nomlari
shu davrlarga xarakterli bo„lgan qatlamlar va organizmlar birinchi marta
155
ta‟riflangan joylarning nomlaridan kelib chiqqan. Toshko„mir davri Yer
tarixida birinchi marta toshko„mir konlari,
jumladan, Donesk va Moskva
yoni ko„mir havzalarini hosil qilgan juda ko„p o„simliklar paydo bo„lgan
davr nomi bilan ataladi.
Mezozoy erasidagi trias davri shu davr qatlamlari jinslarining tarkibiga
ko„ra keskin uch bo„limga (trias - uchtalik degan so„z) bo„linganligi uchun
shunday nom olgan. Yura davri esa shu davrga tegishli bo„lgan qatlamlar
birinchi marta ta‟riflangan sharqiy Fransiyadagi Yura tog„i nomi bilan
ataladi.
Bo„r davri o„z nomini shu davrda juda ko„p miqdorda hosil bo„lgan tog„
jinsidan olgan. Qidiruvchi parmalashning ma‟lumotiga ko„ra,
shimoliy
Ukrainada bo„r qatlamining qalinligi 500m dan ortiqdir.
Kaynozoy erasining davrlari o„z nomlaridan shu eraning hayvonot
xususiyatlarini ifodalaydi. Bu paleogen davridayoq umurtqali sut
emizuvchilarning qoldiqlarini uchratamiz, lekin ular butunlay qirilib bitgan
va nihoyat, antropogen davridan boshlab odam yashay boshlagan.