Tunu kun qilg‘ay ibodat, dam-badam uzru niyoz.
* * *
Qilib tavba qutulmoqqa bo‘lur Tangri azobindan,
Va lekin bu xaloyiqning tilindan qurtulub bo‘lmas.
Sayfi Saroyi tarjimalari
* * *
Eyki, sulton oldida so‘zing topibdur e’tibor,
Yaxshi so‘z ayturni pesha qil o‘zingga zinhor.
* * *
Dedi bir vaqt bir oriq dono
Semuz ablahga nuktai marg‘ub:
Ki bedav ot agarchi log‘ardur,
Lek bordur semuz eshakdin xo‘b.
* * *
Men oningdek kimsa ermasmanki, yovdin qochg‘omen,
Mardman andoqki, ko‘rgungdur tanimni qon aro.
Kim urushg‘a chiqg‘usi — kechmak kerakdur jonidin,
Qonig‘a qolg‘ay cherikning, gar qochar maydon aro.
* * *
Do'stlaringiz bilan baham: |