Ikki kishi o‘rtasiga o‘t tashlar kezi,
Bu o‘rtada aqlsizning kuyadi o‘zi.
* * *
Dono kishi vujudi misoli zaru tillo,
Har qaerga borsa ham qimmati tushmas aslo.
* * *
Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak-don,
Toki qishda uyi bo‘lsin farovon.
* * *
Harakat bo‘lmasa, bo‘shab kishani,
Orzuga yetolmas polvonlar tani.
* * *
Har ishdakim, inson ko‘rsatur himmat,
Tikan ham guldasta bo‘lur oqibat.
* * *
Chin azmu harakat qilmay muttasil,
Hech kimsa murodi bo‘lmadi hosil.
* * *
Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang.
Bu kun ek, shoyadki, bug‘doy non esang.
Shoislom Shomuhamedov tarjimalari
Do'stlaringiz bilan baham: |