Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Tayanch so’zlar
:dezoksiribonukleazalar, tripsinogen, ximotripsinogen, A va B 
prokorboksipepchidazalar, peptidazalar, lipaza, amilaza, ishqoriy fosfataza, katepsin, 
nukleaza
 
Ingichka ichakdagi xazm

Xazm jarayonlarining asosiy qismi ingichka ichakda sodir bo’ladi. Uning boshlang’ich
qismi o’n ikki barmoqli ichakning xazmdagi ahamiyati kattadir. Bu sohada xazm 
jarayonlarida me’da osti bezi, ichak shiralari va o’t ayniqsa qatnashadilar. Me’da osti va 
ichak bezlari shiralari tarkibidagi fermentlar oqsillar, yog’lar karbonsuvlarni gidrolizga 
uchratadilar.
Me’da osti bezi shirasi tarkibi va xossalari
.

Me’da osti bezi bir sutkada 1,5-2,0 l shira ajratadi. Uning tarkibi suv va anorganik
hamda organic moddalardan tashkil topgan. Shira tarkibida natriy, kalstiy, kaliy, magniy 
kationlari va xlor, sulfat, fosfat anionlari mavjud. Ayniqsa bikarbonatla r miqdori katta, 
shuning uchun ham uning ph 7,8-8,5 ni tashkil qiladi. Pankreatik shira fermentlari kuchsiz 
ishqoriy 
muhitda 
faollashadi.
Pankreatik shira tarkibida gidrolitik fermentlar bo’lib, ular oqsil, yog’ va karbonsuvlarni
parchalaydilar, shuningdek nuklein kislotalarni parchalovchi nukleazalar ham bor. Pankreatik 
shira tarkibida lipaza va nukleaza fermentlari - faol holatda; preteazalar-proenzim holatda 
ajraladilar. Me’da osti bezi shirasi tarkibida ajraluvchi 6-amilaza polisaxaridlarni oligo-, di- 
va monosaxaridlargacha parchalaydi. Nuklein kislotalar 
ribo- 
va 
dezoksiribonukleazalar 
tomonidan parchalanadilar. Pankreatik
lipaza o
`t kislotalar ta’sirida faolligi ortadi va 
lipidlarga ta’sir qilib monoglisterid va yog kislotalarigacha parchalaydi. Preteolitik fermentlar 
proenzim 
tripsinogen, ximotripsinogen, A va B prokorboksipepchidazalar h
olatida ishlab 
chiqariladi. Un ikki barmoqli ichakda ishlab chiqariluvchi 
enterokinaza 
ta’sirida tripsinogen 
tripsinga aylanadi. Keyinchalik tripsin tripsinogen va boshqa propeptidazalarga avtokatalitik 
ta’sir ko’rsatadi va ularni faollashtiradi.Tripsin, ximotripsin, elastazalar ovqat tarkibidagi 
oqsillarning ichki peptidbog’lariga ta’sir etib,ularni aminokislatalargacha parchalaydi.A va B 
karboksipeptidazalar oqsil va peptidlarning oxirgi S-bog’lariga ta’sir qiladilar.
Me’da osti bezi shira ajratishining boshqarilishi. 
Me’da osti bezining ekzokrin faoliyati nerv hamda gumoral mexanizmlari orqali 
boshqariladi. Adashgan nerv me’da osti bezidan shira ajralishini kuchaytiradi. Simpatik nerv 


49 
tolalari shira ajralishini pasaytiradi, lekin organik moddalar sintezini 
(beta-adrenergik effekt) 
kuchaytiradi, qon-tomirlarning torayishi 
(alfa adrenergik effekt) 
me’da osti bezining qon bilan 
ta’minlanishini kamaytirilishi natijasida ham shira ajralishi pasayadi. Jismoniy va aqliy 
zo’riqish, og’riq, uyqu shira ajralishini pasaytiradi. Gastrointestinal gormonlardan sekretin, 
XSK-PZ me’da osti be’zi shira ajralishini kuchaytiradi. Sekretin - bikarbonatga boy va 
XSK-P3 - fermentlarga boy shira ajralishini ta’minlaydi. Me’da osti bezi shirasi ajralishi 
gastrin, serotonin, bombezin, insulin, o’t kislotalari tuzlari ta’sirida kuchayadi. Ximodenin, 
ximotripsinogen ajralishini kuchaytiradi. GIP, PP, glyukagon, kalstitonin, somatostatin
enkefalinlar shira ajralishini tormozlaydilar. 
 
Me’da osti bezida shira ajralishi Z davrdan iborat: murakkab- reflektor, me’da va ichak
davrlari. Pankreatik shira ajralishiga iste’mol qilingan ovqat tarkibi ta’sir qiladi.Bu ta’sirlar
gastrointestinal gormonlar orali amalga oshiriladi.Me’da xlorid kislota ishlab chiqarilishini 
kuchaytiruvchi 
moddalar 
(go’sht,sabzavotlar,oqsil 
hazmida 
xosil 
bo’lgan 
ekstraktlar)sekretin‚hosil bo’lishini kuchaytiradi natijada bikarbonatga boy bo’lgan me’da osti 
bezi shirasi ajralishini ta’minlaydi.Oqsilva yog’larning dastlabki gidrolizidan xosil bo’lgan 
moddalar XSK-PZ ishlab chiqarishini kuchaytiradi va pankreatik shira ajralishin 
ta’minlaydi.Me’da osti bezi, shuningdek ichki sekretor faoliyatga ham ega, u qonga 
insulin,glyukagon,somatostatin,pankreatik 
polipeptid 
(PP), 
seratonin, 
VIP, 
gastrin, 
enkefalin,kallikrein moddalarini ishlab chiqaradi.

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish