Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Mirzo Ulug‘bek (asl ismi Muhammad



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Mirzo Ulug‘bek (asl ismi Muhammad 
Tarag‘ay, 1394 -1449 yillar) 
Movarounnahr 
xalqlari  ilm-fani  va  madaniyatini  o‘rta  asr 
sharoitida  dunyo  miqyosiga  olib  chiqqan 
ulug‘ siymolardan biridir.  
Muhammad  Tarag‘ay  –  Ulug‘bek  Amir 
Temurning 
kichik 
o‘g‘li  Shohruhning 
farzandi.  Ulug‘bek  Eron  Ozarbayjonining 
Sultoniya  shahrida  bobosi  Amir  Temurning 
harbiy  yurishi  paytida  tug‘ilgan.  Otasi 
Shohruh 
Mirzo 
Xuroson 
hukmdori, 
ma’rifatli,  ilm-fanga  qiziqqan  shoh  bo‘lgan. 
Onasi  Gavharshodbegim  ham  o‘z  davrining 
oqilona,  bilimdon,  tadbirkor  ayollardan 
hisoblangan.  Bolaligidayoq  bobosi  Amir 
Temur  nabirasini  erkalab  “Ulug‘bek”  deb 
atagan  va  u  shu  nom  bilan  jahon  ilm  faniga  munosib  hissa  qo‘shib  fan  olamida 
shon-shuhrat qozonadi.  
 
Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha, Amir Temur 
huzuriga  chopar  kelib,  Ulug‘bekning  tug‘ilgani  va  munajjimlar  bu  nevara 


51 
 
kelajakda  ham  olim,  ham  hukmdor  bo‘lishini  bashorat  qilganlari  xushxabarini 
yetkazadi.  Sohibqiron  xursandligidan  Mordin  qal’asi  qamalini  to‘xtatib,  uning 
xalqiga  yuklangan  to‘lovni  bekor  qiladi.  Uning  o‘z  nabirasiga  Muhammad 
Tarag‘ay  va  Ulug‘bek  deb  ism  qo‘yganini  ham  munajjimlarning  yuqoridagi 
bashorati bilan bog‘lash mumkin. Ikkinchidan, u Navro‘z kunlari tug‘ilgan.  
Amir  Temur  suyukli  nabirasi  Ulug‘bekning tarbiyasiga  alohida  e’tibor  berib, 
uning  jismonan  sog‘lom,  aql-zakovatli,  axloq-odobli  va  ilmda  barkamol    bo‘lib 
yetishuviga  g‘amxo‘rlik  qildi.  Ulug‘bekni  o‘z  davrining  bilimdon  va  tajribali 
murabbiylari  tarbiyalab,  savodini  chiqardilar,  uni  diniy  va  dunyoviy  ilmlarning 
asoslari  bilan  tanishtirdilar.  Amir  Temur  rahnamoligida  dunyoning  turli 
burchaklaridan ko‘pdan ko‘p fanlarga doir kitoblar va qo‘lyozmalarni oldirib kelib, 
Samarqandda  katta  kutubxona  tashkil  etadi,  yoshlarning  ilmlarni  egallashi  uchun 
imkoniyat yaratadi. Yosh Ulug‘bek arab va fors tillarini mukammal o‘rganadi, bu 
uning  kelajakda  taniqli  olim,  davlat  arbobi  va  fan  homiysi  sifatida  shuhrat 
qozonishiga  imkon  yaratadi.  Ayni  vaqtda  Amir  Temur  Ulug‘bekni  asta-sekin 
davlat  ahamiyatiga  molik  tadbirlarda  qatnashtirgan.  Ispaniyalik  elchi  Klavixoning 
qayd  etishicha,  u  Ulug‘bekni bobosining  xorijiy  elchilarni  qabul  qilish  marosimlari 
paytida  hamda  1404  yili  Konigilda  Navro‘z-bahor  bayramini  nishonlash 
tantanalarida ko‘rgan. Amir Temur vafoti (1405 yil)dan so‘ng Temuriylar o‘rtasida 
toju-taxt  uchun  kurash  boshlanadi,  siyosiy  parokandalik  kuchayadi.  Bu  kurash 
natijasida 1409 yili Xurosan va Movarounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keladi. 
Markazi  Hirot  shahri  bo‘lgan  Xurosan  hududlarida  Shohruh,  markazi 
Samarqand  bo‘lgan  Movarounnahrga  15  yoshli  Ulug‘bek  hukmdor  bo‘ldi.  
Ulug‘bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarar ekan, ilmiy ishlar 
bilan  jiddiy  shug‘ullanadi,  olimlarning  munozaralarida  faol  qatnashadi. 
Manbalarda  keltirilgan  ma’lumotlarga  qaraganda,  Ulug‘bek  o‘tmishdoshlari  Al-
Xorazmiy,  Ahmad  Farg‘oniy,  Forobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Umar  Hayyom  va 
boshqalarning  ilmiy  merosini  batafsil  o‘rganadi.  Bu  buyuk  mutafakkirlarning 
asarlari  orqali  u  qadimgi  yunon  olimlari  Aflotun  (Platon),  Arastu  (Aristotel), 
Gipparx,  Ptolemeyning  asarlari  bilan  –  tanishadi.  Ulug‘bek  Movarounnahr 
shaharlarini,  xususan,  Samarqand  va  Buxoroni  ilmu-ma’rifat  dargohiga 
aylantirishga  intildi.  Uning  farmoni  bilan  1417  yili  Buxoroda,  1417-1420  yillari 
Samarqandda  va  1432-1433  yillari  G‘ijduvonda  madrasa  binolari  qurildi.  Hatto, 
Buxoro  madrasasining  peshtoqiga:  “Bilim  olish  har  bir  musulmon  ayol  va 
erkakning burchidir” kalimasi o‘yib yozib qo‘yiladi. Movarounnahrning bu ko‘hna 
shaharlarida  barpo  etilgan  ilmgohlar,  xususan,  Samarqanddagi  madrasasi 
zamonasining  universiteti  hisoblangan.  Ushbu  madrasalarda  ilohiyot  ilmlari, 
Qur’oni  Karim,  Hadis,  tavsif-fiqh  (din  va  shariat  qonun-qoidalari)  bilan  birga, 
dunyoviy  fanlar  riyoziyot  (matematika),  handasa  (geometriya),  falakiyot 


52 
 
(astronomiya),  tibbiyot,  tarix,  geografiya  hamda  ilmi  aruz  (poetika),  arab  tili  va 
uning  morfologiyasi  (qofiya)  kabi  ilmlar  ham  o‘qitilgan.  Ulug‘bekning 
Samarqanddagi  madrasasi  ikki  qavatli,  ellik  hujrali  bo‘lgan.  Har  bir  hujra  uch 
xonaga:  qaznoq  (omborxona),  yotoqxona  va  darsxonalarga  bo‘lingan.  Samarqand 
madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan. Madrasada o‘sha 
zamonning ulug‘ olimlaridan Mavlono Shamsiddin, Muhammad Xavofiy yetakchi 
mudarris bo‘lgan. Shuningdek, mazkur madrasada o‘rta asrning mashhur olimlari – 
Qozizoda  Rumiy,  G‘iyosuddin  Jamshid  Koshoniy,  Mirzo  Ulug‘bek  va  uning 
shogirdi  Alouddin  Ali  Qushchi  turli  fanlardan  dars  berganlar.  XVI  asrning 
mashhur  adibi  Zayniddin  Vosifiyning  yozishicha,  1420  yil  21-sentabr  kuni, 
madrasa  ochilgan  kuni,  birinchi  ma’ruzani  Shamsuddin  Muhammad  Xavofiy 
o‘qigan  ekan.  Mashg‘ulotda  olimlardan  90  nafari  qatnashgan,  lekin  ma’ruzaning 
ma’nosiga  Mirzo  Ulug‘bek  bilan  Qozizoda  Rumiydan  boshqa  hech  kim 
tushunmagan.  Chunki,  mazkur  ma’ruza  haddan  tashqari  ilmiy  jihatdan  kuchli  va 
murakkab  masalalarni  o‘z  ichiga  olgan  edi.  Shuni  alohida  qayd  etish  joizki, 
madrasada  kamida  15-16  yil  tahsil  ko‘rib,  uning  dasturi  bo‘yicha  asosiy  fanlarni 
to‘la o‘zlashtirgan va imtihonli saboqlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi 
ilmlarga 
“sanad”  –  Shahodatnoma  yozib  berilgan.  Mana  shunday 
shahodatnomalardan  biri  Ulug‘bekning  Samarqanddagi  madrasasida  balxlik 
Shamsuddin  Muhammad  nomiga,  Hijriy  838  (1435)  yil  Qozizoda  Rumiy  imzosi 
bilan  yozib  berilgan.  Ulug‘bek  madrasasida  mudarrislik  qilgan  olimlardan  bir 
qismi turli fanlardan talabalarga dars berish bilan birga, astronomiya, matematika, 
geografiya 
bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  va  amaliy  masalalar  bilan  ham 
shug‘ullanganlar.  Rasadxona  qurilib  ishga  tushirilgunga  qadar,  osmon 
yoritgichlarining  holatini  kuzatish  ishlari  muayyan  darajada  mana  shu  madrasada 
Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan muqatta’ masjidida olib borilgan. 


53 
 
Islom olamidagi eng avvalgi yulduzlar haqidagi asarlar “Zij” deb atalib, ular 
asosan  jadvallardan  iborat  bo‘lgan.  Ulug‘bekka  qadar  yozilgan  eng  mukammal 
“Zijlar”  Beruniyning  “Qonuni  Mas’udiy”si  va  Nasriddin  Tusiyning  1256  yili 
yozgan  “Ziji  Elxoniy”  asari  edi,  xolos.Movarounnaxrda  esa  mo‘g‘il  istilosidan 
keyin birorta zij yozilmagan edi. Ana shu sabablarga ko‘ra Ulug‘bek, eng avvalo, 
yulduzlar haqidagi ilmni yo‘lga qo‘yishga intiladi. Buning uchun rasadxona qurish 
kerak  edi.  Tarixiy  manbalar  shundan  dalolat  beradiki,  Ulug‘bek  Samarqand 
madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to‘rt yil o‘tgach, 1424-1428 yillari 
shahar  yaqinida  Obi-rahmat  anhori  bo‘yida  rasadxona  qurdiradi.  Doira  shaklida 
bino qilingan bu katta imoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metrga teng edi. 
Zahiriddin  Boburning  yozishicha,  u  uch  qavatli  bo‘lgan.  Binoning  sirti 
koshin  va  sirli  parchinlar  bilan  qoplangan.  Binoning  ichki  sahni  Sudei  faxriy 
(sekstant) va karidorlar bilan to‘rt qismga ajratilgan. Har bir qismi bir necha zallar 
va  mayda  xonalarga  bo‘lingan.  Bino  xonalarining  devorlari  osmon  gumbazi, 
samoviy  jismlar,  ularning  joylashishi  va  o‘zaro  munosabati,  sayyoralarning 
orbitalari,  sobita  (qo‘zg‘almas)  yulduzlar,  dengizlar,  okeanlar,  tog‘lar,  biyobonlar 
bo‘yicha  iqlim 
mintaqalariga 
bo‘lingan 
yer 
kurrasi 
va 
hokazolar 
tasvirlangan.Xullas,  rasadxona  ichki  devorlarida  koinotu-yer  kurrasining  umumiy 
manzarasi  tasvirlangan  bo‘lib,  shu  tufayli  bu  mavze  mahalliy  aholi  o‘rtasida 


54 
 
“Naqshi  Jahon”  degan  nom  bilan  shuhrat  topadi.  Shu  bilan  birga,  Ulug‘bek 
rasadxona  qoshida  zamonasining  boy  kutubxonasini  ham  tashkil  etadi.  Bu 
kutubxonada  fanlarning  deyarli  barcha  sohalariga  tegishli,  qariyb  o‘n  besh  ming 
kitob  saqlangan.  Bu  haqda  fransuz  faylasufi,  yozuvchi  va  tarixchi  olim  Volter: 
“Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, yer kurrasini o‘lchashni 
buyurdi va astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etdi”, deb yozgan edi. (Volter, 
tanlangan  asarlar  Jeneva,  1969,  X,  199  bet).  O‘sha  vaqtlarda  Samarqandda 
Ulug‘bek  atrofida  200  ga  yaqin    olimlar  uyushgan  edi.  Shuni  qayd  etish  joizki, 
madrasa  bilan  rasadxona  orasida  ilmiy  aloqa  mavjud  bo‘lgan,  ya’ni  rasadxonada 
ishlab  turgan ilmiy  xodimlarning bir qismi  madrasada  mudarrislik qilishgan.  Ular 
orasida  G‘iyosiddin  Jamshid  Koshoniy  va Mirzo  Ulug‘bekning o‘zi ham  bo‘lgan. 
Ulug‘bek madrasa toliblari bilan tez-tez bahslashib, imtihon qilib turgan. Bir kuni 
Ulug‘bek  madrasa  toliblarini  riyoziyot  va  geografiyaga  oid  bo‘lgan  tavqim 
bo‘yicha  bir  imtihon  qilmoqchi  bo‘libdi.  U  o‘rtaga  quyidagi  savolni  tashlabdi: 
“Qani tolibi Ilm, ayting-chi, xijriy 818 yil, rajab oyining o‘n ikkinchisi birlan o‘n 
beshinchi  o‘rtasi,  918  yil  rajab  oyining  o‘n  ikkinchi  birlan  o‘n  beshinchi  orasi 
qaysi  ayyomga  to‘g‘ri  keladur?  Buning  uchun  juda  ko‘p  raqamlarni  yodda  tuta 
bilishi  zarur  ekan.  Talabalardan  birortasi  ham  bu  masalani  yecholmaydi.  Shunda 
Ulug‘bek  buni  uyga  vazifa  qilib  topshiribdi  va  ustozlarga  xos  husni  odob  bilan 
mehribonlik  ko‘rsatib,  o‘rtaga  qo‘yilgan  masalani  tushuntirgan  va  yozib  bergan. 
So‘ng  Abu  Rayxon  Beruniyning  “Qonuni  Mas’udiy”  kitobini  ochib  oltinchi 
maqolasining  yettinchi  bobidan  parcha  o‘qib  bergan.  Keyin  kitobni  yopib 
talabalarga  bir  necha  savollar  bergan.  Javoblardan  qisman  qoniqish  hosil  qilgan 
ustoz  tolibu  ilm  ahliga  bu  asarni  chuqurroq  tahlil  qilib,  uning  mohiyatini  anglab 
yetishni  uyga  yana  bir  bor  vazifa  qilib  berishi,  shu  qadar  talabchan  olim 
ekanligidan dalolat beradi. 
Rasadxona  bilan  madrasa  ilm  ahllarining  birgalikdagi  faoliyati  Ulug‘bek 
ilmiy  maktabida  yulduz  ilmi  va  riyoziyotni  o‘rta  asrlar  davrida  eng  yuqori 
pog‘onaga  ko‘tardi.  Mirzo  Ulug‘bek  rahnamoligidagi  “Samarqand  akademiyasi” 
allomalari,  o‘sha  davr  mezoni  bilan  aytganda,  astronomik  kuzatishlarda  ulkan 
muvaffaqiyatlarni  qo‘lga  kiritishgan.  Jumladan,  eplektikaning  og‘maligi,  beshta 
sayyora  (Venera,  Saturn,  Mars,  Yupiter,  Merkuriy)ning  yillik  harakati,  yulduz 
yilining  uzoqligi,  Markaziy  Osiyo,  Yaqin  va  O‘rta  Sharq  mamlakatlari  bo‘ylab 
joylashgan  aholi  yashaydigan  maskanlardan  683tasini  Samarqand  kengligiga 
nisbatan geografik koordinatlari belgilab chiqiladi, shuningdek, 1018 yulduzni o‘z 
ichiga  olgan  jadval  tuziladi.  Samarqand  rasadxonasida  olib  borilgan  ko‘p  yillik 
tadqiqotlarning  samarasi,  Sharq  klassik  astronomiyasining  nazariy  va  ilmiy 
masalalarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  hamda  uni  yangi  dalil-isbotlar  bilan 
boyitgan  shoh  asar  Ulug‘bekning  “Ziji  jadidi  Ko‘rag‘oniy”  nomli  kitobidir.  Bu 


55 
 
asar 1437 yili yozib tugallangan bo‘lsa ham, unga muallif umrining oxiriga qadar 
bajargan  ilmiy  tadqiqot  natijalari  asosida  kuzatishlar  va  qo‘shimchalarni  kiritib 
boradi.  Aytmoqchimizki,  “Ziji  Ko‘ragoniy”da  keltirilgan  ilmiy  natijalarning 
aniqligi va mukammalligi jahon olimlarini hayratda qoldirdi. Masalan, yulduz yili 
haqidagi hisoblari Ulug‘bekda 365 kun 6 soat, 10 min, 8 sek, aslida 365 kun 6 soat 
9 min, 6 sekund. 
Ulug‘bek  “Ziji”  o‘z  tarkibiga  ko‘ra  XIII-IX  asrlarda  boshlangan 
zamondoshlarimiz  Muhammad  Xorazmiy,  Ahmad  Farg‘oniy,  Abu  Rayxon 
Beruniy  amalga  oshirgan  yulduzshunoslik  an’analarini  davom  ettirsada,  ammo 
ilmiy natijalari bilan ulardan ancha yuqori turadi. Bu shoh asar muqaddima va to‘rt 
maqoladan iborat. “Zij”ni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, u faqat amaliy qo‘llanishga 
mo‘ljallangan  bo‘lib,  nazariy  masalalarni  bayon  etishni  Ulug‘bek  o‘z  oldiga 
maqsad  qilib  qo‘ymagan.  Shuning  uchun bo‘lsa  kerak, “Zij”ni  birinchi  bo‘lib  Ali 
Qushchi sharhlaydi, keyinchalik sharhlarni olimlardan Mirim Chalabiy va Xusayn 
Birjandirlar  yozadi.  1447  yilda  Ulug‘bekning  otasi  Shohruh  vafot  etadi.  Shundan 
keyin Ulug‘bek Xurosonni Movarounnahr bilan birlashtirib, kuchli davlat tuzishga 
harakat  qildi,  lekin  qattiq  qarshilikka  duch  keldi.  1448-yil  bahorida  Hirot 
yaqinidagi  “Tarnob”  degan  joyda  Ulug‘bek  bilan  jiyani  Alovuddavla  o‘rtasida 
katta  jang  bo‘lib,  qo‘shinning  chap  tomonidan  Ulug‘bekning  katta  o‘g‘li 
Abdullatif, o‘ng tomonidan kenja o‘g‘li Abdulaziz boshchilik qildi. Jang Ulug‘bek 
g‘alabasi  bilan  tugadi,  lekin  g‘alabanoma  Abdullatif  nomidan  emas,  faqat 
Abdulaziz  nomidan  e’lon  qilindi.  Buning  ustiga  Abdullatifning  Hirotdagi 
Ixtiyoriddin  qal’asida  saqlanayotgan  mol-mulkni  davlat  mulkiga  o‘tkazilishi 
o‘g‘ilning  otaga  nisbatan  dushmanligini  yanada  oshirdi.  Ulug‘bek  Hirotda 
Abdullatifni  qoldirib,  o‘zi  Samarqandga  yo‘l  oladi.  O‘g‘lining  otaga 
dushmanligidan  Ulug‘bek  saroyida  xizmat  qilayotgan  ayrim  rahbarlari,  ayniqsa 
reaksion kuchlar foydalandilar. 1449 yil kuzida Abdullatif qo‘shinlari Ulug‘bekka 
qarshi  hujum  qilib,  uni  yengdi.  Abdullatifning  roziligi  va  ruhoniylarning  fatvosi 
bilan Ulug‘bek Samarqand shahri yaqinidagi qishloqda qatl etildi. 
Mirzo  Ulug‘bekning  fojiali  halokatidan  so‘ng  Samarqanddagi  rasadxona 
faoliyatini  uning shogirdi  Ali  Qushchi  1469-yilgacha  davom  ettiradi.  Olimlarning 
aksariyati esa, Samarqandni tark etib Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga tarqalib 
ketadilar.  Ular  o‘zlari  borgan  yerlarga  Samarqand  olimlarining  yutuqlarini  va 
“Zij”ning  nusxalarini  ham  yetkazdilar.  Jumladan,  Ali  Qushchi  1473  yili 
Istambulga borib, u yerda rasadxona quradi. Shu tariqa Ulug‘bek “Ziji” Turkiyada 
tarqaladi va u Turkiya orqali Yevropa mamlakatlariga yetib boradi. Ulug‘bekning 
“Ziji  Ko‘rag‘oniy”  asarida  geografiyaga  oid  ma’lumotlar  nimalarda  namoyon 
bo‘ladi degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Uning sirlari bevosita “Zij”da yashirinib 
yotibdi.  Buni  biz  bevosita  “Zij”  dan  izlashimiz  zarur  bo‘ladi.  Ma’lumki, 


56 
 
manbalarda u “Ziji jadidi Ko‘rag‘oniy” (“Ko‘rag‘oniy yangi astronomik jadvali”), 
“Ulug‘bek ziji” deb yuritiladi. Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Zij”ning 120 
ga  yaqin  forsiy  va  15  dan  ortiq  arabiy  nusxasi  mavjud.  Shuni  ta’kidlash  kerakki, 
o‘rta  asrda  yozilgan  ushbu  asar  lotin  tiliga  ham  tarjima  qilingan.  Asar  ikki 
bo‘limdan,  ya’ni  muqaddima  va  kuzatishlar  natijasida  1018  ta  yulduzning  holati 
bo‘yicha  tuzilgan  jadvaldan  iborat.  Muqaddima  4  qismga  ajratilgan.  1-qism  – 
xronologiya  bo‘yicha  Sharq  xalqlarining  yil  hisoblash  usullari  bayon  qilingan 
bo‘lib,  unda  arab,  yunon,  eron,  xitoy  va  uyg‘urlarda  yil  hisoblash  tartiblari, 
ularning  birinchisidan  ikkinchisiga  o‘tish  yo‘llari  va  u  xalqlarning  o‘ziga  xos 
milliy  bayramlari  va  udumlarini  hisoblash  usullari  ifodalangan.  2-qism  –  amaliy 
astronomiya  masalalariga  bag‘ishlangan.  Unda  ekliptika  va  ekvator  orasidagi 
burchakni  aniqlash,  osmon  jismlarining  koordinatalarini  topish  usullari,  meridian 
chizig‘ini o‘tkazish, qibla azimutini aniqlash, geografik koordinatalarni topish, yil 
davomiyligini  aniqlash  va  osmon  sferasida  differensial  o‘lchashlar  o‘tkazish 
masalalari  yoritilgan.  3-qismda  sayyoralarning  ko‘rinma  harakatlari  geotsentrik 
sistema asosida sharqlangan. 4-qismda goroskop haqida ma’lumotlar keltiriladi.  
Shu o‘rinda biz, taniqli o‘zbek geograf olimi Hamidulla Hasanovning sa’yi-
harakatlari tufayli u “Ulug‘bek ziji”da geografiyaga taaluqli bo‘lgan ma’lumotlarni 
akademik  T.N.Qoriniyoziyning  “Ulug‘bekning  astronomik  maktabi”  (Toshkent, 
Tanlangan 
asarlar 
6-tom, 
1967 
yil), 
Ozarbayjonlik 
astronom 
olim 
H.J.Mamadbeylining  “Marog‘on  observatoriyasining  asoschisi  Muhammad 
Nasriddin Tusiy” asarlari hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik 
instituti  (O‘zFAShI)  kutubxonasi  qo‘lyozmalar  fondida  saqlanayotgan  “Ulug‘bek 
ibn  Shohruh  ibn  Temur  Ko‘ragon.  “Ziji  sultoni  Ko‘ragoniy”  №  2214  bo‘yicha 
taqqoslangan.  Ular  quyidagilardan  iborat.  T.N.Qoriniyoziy  fikricha,  “Ulug‘bek 
ziji”  tafsilotini  O‘zbekistonda  birinchi  bo‘lib,  mukammal  ochib  berdi. 
Ulug‘bekning yulduzlar jadvali undan 100 yil keyin Yevropada tuzilgan jadvaldan 
ancha aniq edi. Unda berilgan asronomik jadvallar bilan bir qatorda shaharlarning 
geografik  koordinatalari  ham  ko‘rsatilgan  va  u  oldingi  “zij”lardan  ancha 
mukammalroq  deb  hisoblagan.  H.J.Mamedbeyli  asarida  bunday  deyilgan: 
“Nasriddin  Tusiy  tuzgan  “Ziji  Elxoniy”dagi  ayrim  jadvallar,  jumladan, 
shaharlarning  geografik  koordinatalari  jadvali  “Ziji  Ko‘rag‘oniy”ga  to‘ppa-to‘g‘ri 
ko‘chirib  yozilgan.  Sinchiklab  tekshirish  natijasida  shu  narsa  isbot  etildiki,  256 
shaharning  geografik  koordinatasi  berilgan  bu  jadval  hech  qanday  o‘zgarishsiz 
“Ziji Elxoniy”dan “Ziji Ko‘rag‘oniy”ga ko‘chirilgan, faqat Samarqand shahrining 
koordinatalarigina  boshqatdan  aniqlangan”  (232-bet).  O‘z  navbatida  o‘zbek  olimi 
tomonidan  bir  qator  manbalar    batafsil  o‘rganilishi  va  taqqoslash  usulidan 
mohirona  foydalanib,  Nasriddin  Tusiy  tuzgan  “Zij”da  256  ta  shahar,  Ulug‘bek 
“Ziji”da  569  ta  shahar  koordinatalari  berilganligini  isbotladi.  Hozirgi  tadqiqotlar 


57 
 
bo‘yicha  ularning  soni  637  tani  tashkil  qiladi.  H.Hasanov  “Sayyoh  olimlar” 
asarining  (176-b)da  Bosh  meridianlar  qo‘lda  chizilgan  sxemani  keltirgan.  Uning 
tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  Ptolemey,  Xorazmiy  va  Beruniy  Afrika  qit’asining 
g‘arbiy  qirg‘oqlari  bo‘yida  joylashgan  (Schastlivыe,  Bajennыx,  Ferro,  Sa’da, 
Saodat)  orollar  turkumini:  Boshlang‘ich meridian  sifatida olgan  bo‘lsa,  Nasriddin 
Tusiy va Ulug‘bek esa, Atlantika okeanida joylashgan Azor orollari, Yashil Burun 
orollarini  ham  G‘arbda  (Vechnыe,  Rayskie,  Xolidot  orollari)  bo‘lgan  punktlarini 
bosh  meridiani  sifatida  olgan.  Hozirda,  bosh  meridian  sifatida  Angliyadagi 
Grinvich (1676) observatoriyasi olingan. Samarqanddagi Ulug‘bek observatoriyasi 
va memorial muzeyiga ekskursiya paytida eksponantlar ichida e’tiboringizni o‘ziga 
beixtiyor  tarzda  jalb  qiladigan,  yorqin  shu‘la  tarqatib  turgan  globusga  ko‘zingiz 
tushadi.  Unda  belgilangan  iqlimlarning  chegaralari,  tog‘lar,  cho‘llar,  vohalar, 
dengizlar,  daryolar  belgilab  qo‘yilganligini  XV  asr  madrasa  toliblari,  olimu 
fuzalolar, elchilar, sayyohlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan. Tashrif buyurganlar esa 
uni keng ommalashtirgan. Shu sababli Yevropa olimlari orasida keng tarqalgan va 
Ulug‘bekning  jahon  olimlari  orasidan  munosib  o‘rin  egallaganligidan  dalolat 
beradi.  Ulug‘bekning  ta’lim-tarbiya,  ilm-fan  ravnaqi  haqidagi g‘oyalari  va  hissasi 
beqiyosdir.  U  davlat  ishlari  bilan  band  bo‘lishiga  qaramasdan,  avvalo,  yosh 
avlodning  aqliy  va  ma’rifiy  tarbiyasiga  katta  ahamiyat  berib,  ularni  dunyoviy 
bilimlarni  egallashga  da’vat  etgan,  faqat  rivojlangan  fan  va  madaniyat  inson 
tafakkurining  kamol  topishiga  ko‘maklashishiga  ishongan.  Alloma  yoshlar  olgan 
va  egallagan  bilimlarning  ahamiyatini  bu  bilimlardan  maqsad  nima  ekanligini 
anglash, bilimlarni takomillashtirib borishlari, ularni hayotga tadbiq etish yo‘llarini 
bilishlari,  zarur  kasblarni  egallab  olishlari  lozim  deb  hisoblagan.  Shu  bois, 
Ulug‘bek  bilimlarni  nafaqat  kitoblardan,  balki,  bevosita  hayotning  o‘zidan 
egallashni uqtirgan. 
Ulug‘bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb 
bilgan. Ulug‘bek ushbu ezgu g‘oyalarni amalga oshirish maqsadida Movarounnahr 
shaharlarini, xususan, Samarqand va Buxoroni ilmu-ma’rifat dargohiga aylantirdi. 
Ulug‘bek  o‘zidagi  shu  insoniy  fazilatlarni  ilm-fanni  ravnaq  topishiga,  yoshlarni 
tarbiyalashga  bag‘ishlagan.  Yoshlar  taqdiri  haqida  qayg‘urgan,  maktablar  ochib, 
bolalarni  o‘qitgan,  ularga  bilim  bergan,  ta’lim-tarbiyani  rivojlantirishga  intilgan, 
o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ehtiromda bo‘lgan, ularni moddiy va ma’naviy 
tomondan  qo‘llab  turgan.  Shu  sa’y-harakatlari  bilan  ta’lim  sifatini  ko‘tarishga, 
madrasalarda  o‘qish-o‘qitish  tizimini  jonlantirishga  katta  hissa  qo‘shgan. 
Chunonchi, madrasadagi o‘quv tizimini isloh qilib, unda astronomiya, matematika, 
geografiya  kabi  aniq  fanlarni  o‘qitishni  joriy  etdi,  ta’lim  mazmunining  sifatini 
oshirdi, madrasalarda o‘qitish muddatini 15-16 yildan 8 yilga qisqartirdi. 


58 
 
Ulug‘bekning  40  yillik  hokimlik  davrida  Samarqand  yanada  gullab 
yashnadi. Ayniqsa, hunarmandchilik, me’morchilik va adabiyot ravnaq topdi. Ilm-
fan  yuksaldi,  savdo  rivojlandi,  ajoyib  bog‘lar  barpo  etildi.  Shuningdek,  uning 
rahbarligida  talaygina  jamoat  binolari  (karvonsaroy,  tim,  hammomlar)  ham  barpo 
etildi. Tarixchi Hayvar Mirzo o‘zining “Tarixi Rashidiy” asarida: “Mirzo Ulug‘bek 
tarixnavis  donishmand  edi,  va  “To‘rt  Ulus”  (tarixini)  ham  yozib  qoldirgan”  deb 
yozgan.  Hozirgi  kunda  bu  asar  o‘zbek  tilida  nashr  qilingan.  Uning  2  nusxa 
qo‘lyozmasi  Britaniya  va  Istambul  muzeylarida  saqlanmoqda.  Ulug‘bek  fanda 
kuzatish  metodiga  va  ilmiy  asboblarning  roliga  katta  e’tibor  bergan.  Ilmiy 
haqiqatni  ochishda  matematik  vositalar  va  mantiqiy  usullar  rolini  alohida  qayd 
etadi. O‘z ilmiy kuzatishlari va konkret xulosalarida tabiatning moddiy mavjudligi 
va  undagi  hodisalar  obyektiv  sababini  bog‘lanishlarga  asoslanishidan  kelib 
chiqadi. Ulug‘bek merosi – “Ziji Ko‘rag‘oniy” uning vafotidan so‘ng ko‘p o‘tmay 
Yevropa  madaniyati  dunyosiga  kirib  bordi.  Uning  ilmiy  merosini  Turkiya,  Eron, 
Afg‘oniston,  Hindiston  va  Yevropa  mamlakatlarining  olimlari  o‘rgandilar,  o‘z 
navbatida,  Ulug‘bekning  tadqiqot  usullaridan  foydalandilar,  uning  rasadxonasiga 
o‘xshatib  rasadxonalar  qurdilar.  Xitoy  astronomlarning  aytishicha:  “Biz 
xitoyliklar,  astronomiya  sohasida  barcha  bilimlarimizni  G‘arbdan  Samarqand 
atroflaridan olganmiz”, deb e’tirof etishgan. Bu Ulug‘bek kashfiyotini jahon faniga 
qo‘shilgan katta hissasini to‘la isbotlaydi. Uning pedagogikasi “Shogirdlar yuzida 
o‘qituvchini  ko‘rish”  prinsipiga  asoslangan  edi.  U  o‘qituvchi-ustozni  har 
tomonlama  bilimdon,  darslarni  puxta  tayyorlab  o‘tadigan,  yuqori  ma’lumotli 
bo‘lishini  istadi.  U  bilimlarni  mustaqil  o‘rganish  kerakligini,  ahamiyatini  aytib, 
izohladi. U o‘zidan ko‘plab munosib shogirdlar qoldirdi. 
Ulug‘bek tavalludining  600  yilligi  YuNESKO  homiyligida    1994    yil  aprel 
oyida  Parijda,  oktabr  oyida  Toshkent  va  Samarqandda  tantanali  ravishda 
nishonlandi va xalqaro  konferensiyalar o‘tkazildi.  Shu  yili  Toshkentda Ulug‘bekka 
haykal  o‘rnatildi.  Uning siymosi  Pulkovo  rasadxonasi,  Moskva  davlat  universiteti 
konferensiyalar  zalida,  dunyodagi  mashhur  olimlarning  portretlari  qatoridan  joy 
olgan.  Samarqandda  Ulug‘bekning  memorial  muzeyi  tashkil  etilgan.  Toshkent 
shahrida O‘zbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, ko‘cha, mahalla, metro 
stansiyasi,  istirohat  bog‘i,  shaharcha  Ulug‘bek  nomi  bilan  ataladi,  Samarqand 
arxitektura  qurilish  institutiga,  Kitob  xalqaro  kenglik  stansiyasiga,  2019  yildan 
boshlab  Toshkent  shahridagi  iqtidorli  maktab  o‘quvchilarining  astronomiya 
maktabiga Ulug‘bek nomi berilgan.  


59 
 
Buyuk  alloma 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish