Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 


62 
 
2.3. Chor Rossiyasi davrida Turkiston o‘lkasida  
geografiya ta’limi rivoji 
 
Umuman  olganda  Turkiston  o‘lkasida  geografiya  ta’limining  taraqqiyoti  va 
rivojlanishi bevosita Rossiya maktablarida geografiya o‘qitish bilan bog‘liq desak 
xato qilmaymiz. 
XVII-XIX  asrlarda  Turkiston  hududidagi  maktablarda  geografiya  deyarli 
o‘qitilmagan.  Madrasalarda  eng  oddiy  (elementar)  geografik  bilimlar  bo‘lgan. 
Lekin ularning aksariyati noto‘g‘ri tasavvurlardan iborat bo‘lgan. XIX asrning 60-
yillarida  Rossiya  Turkistonni  bosib  olishi  tufayli,  qisman  bo‘lsada  geografiyani 
o‘qitishga  ta’sir  ko‘rsata  olgan.  1866  yilda  Toshkentda  boshlang‘ich  ma’lumot 
beruvchi  birinchi  rus  maktabi  ochilgan. 1877  yilda  Toshkentda  gimnaziya  tashkil 
etildi. 1879 yilda Turkiston o‘qituvchilari seminariyasi faoliyat ko‘rsata boshlaydi. 
XIX  asrning  80-yillaridan  boshlab  mahalliy  aholi  farzandlari  uchun  maxsus  rus-
tuzem  maktablari  ochiladi.  Turkistonda  birinchi  rus-tuzem  maktablari  1884  yilda 
Toshkentda,  keyinchalik  Samarqand,  Xiva,  Buxoroda  ham  ochildi.  1870  yildan 
boshlab  «Turkiston  viloyati»  gazetasi  nashr  etila  boshladi.  Bu  gazeta 
geografiyaning fan sifatida o‘qitilishida va geografik bilimlarni tarqalishida yangi 
davrni  boshlab  berdi.  Gazetalarda  e’lon  qilingan  maqolalarda  ko‘plab  geografik 
ma’lumotlar  berilar  edi.  XIX  asrning  90-yillariga  kelib  o‘zbek  tilida  geografiya 
o‘quv  qo‘llanmalari  tashkil  etila  boshladi.  Nemis  olimi  A.Geykining  maqolalari 
asosida  «Yer  xususida  ilmdan  olingan  so‘zlar»  nomli  ilk  o‘zbek  tilidagi  birinchi 
geografik qo‘llanma nashrdan chiqdi. Avvalo, u «Turkiston viloyati» gazetasining 
1889  yilgi  sonida  e’lon  qilingan  edi.  1901  yilda    kitobning  ikkinchi  nashri    chop 
etiladi.  Bu  kitobda  yer  shakli,  kecha  va  kunduz,  havo,  yog‘inlar,  iqlim  haqidagi 
ma’lumotlar  berilgan.  XX  asr  boshlarida  M.V.Lavrovning  «Turkiston  o‘lkasi 
geografiyasi  va  tarixi»  nomli  risolasi  ham  o‘lkada  geografiya  o‘qitishda  juda 
ahamiyatli  bo‘ldi.  XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  yashab  ijod  etgan  Hoji  Yusuf 
Xay’atiy  madaniyat  arbobi,  sayyoh  va  geograf  bo‘lgan.  U  1880  yilda  globus 
yasagan.  U  yasagan  globusning  aylanasi  160  sm  masshtabi  1  smda  250  km 
bo‘lgan.  Bu  globus  hozirgi  kunda  Samarqand  o‘lkashunoslik  muzeyida 
saqlanmoqda.  
Yangi usul maktablari – musulmon maktablarining ta’lim usuli va dasturlarini 
isloh  qilib,  bolalarga  ona  tilida  xat-savod  o‘rgatgan  va  yangilik  g‘oyalarini  ilgari 
surgan  o‘quv  yurti.  Dastlab  Qrimning  Boqchasaroy  shahrida  1884  yilda 
ma’rifatparvar  Ismoilbek  Gasparinskiy  tomonidan  tashkil  etilgan  va  u  “usuli 
savtiya tadrijiya” (“rivojlantiruvchi tovush usuli”) maktabi bo‘lgan. XIX asr oxiri – 
XX  asr  boshlarida  Turkistonda  tijorat  va  sanoatning  rivojlanishi  bu  sohalarni 
boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlash ehtiyojini tug‘dirdi. Mavjud bo‘lgan  


63 
 
mahalliy  maktablar  bolalarga  zarur  dunyoviy  bilim  va  ko‘nikmalarni  bermas  edi. 
Shuning  uchun  yangi  usulda  ta’lim  beradigan  maktablar  ochila  boshladi.  1893-
yilda  Buxoro  amiri  ruxsati  bilan  Mo‘minxo‘ja  Vobkendiy  va  g‘ijduvonlik  domla 
Fozil  sa’y-harakati  bilan  dastlabki  “Yangi  usul”  maktabi  ochiladi.  Keyinchalik 
1898-yili  Qo‘qonda  Salohiddin  domla  va  Samarqanddagi  paxta  zavodi  huzurida 
tatar  muallimlari  tomonidan  ochilgan  (o‘zbeklar  bu  davrda  bunday  maktablarni 
“no‘g‘oy  maktab”  deb  atagan).  1900  yildan  boshlab  Toshkentda  jadidchilik 
harakatining  yirik  namoyondasi  Munavvarqori  Abdurashidxonov  (1878-1937), 
1901-yilda  Samarqandning  Rajabamin  qishlog‘ida  Abduqodir  Shakuriy  (1875-
1943),  1903  yilda  Jomboy  kentidagi  Halvoyi  qishlog‘ida  Saidahmad  Siddiqiy 
(1864-1927),  Namanganning  Shohand  qishlog‘ida    Is’hoqxon  Ibrat  (1862-1937) 
tomonidan  «yangi  usul»  maktabi  ochiladi.  Bu  maktablarda  mahalliy  aholidan 
yetishib  chiqqan  jadidlarning  ta’siri  kuchli  bo‘lgan.  Unda  bolalar  sinflarga 
bo‘linib,  partalarga  o‘tqazilib  o‘qitilgan,  darslarda  o‘tilgan  mashg‘ulotlar  dars 
jadvali  asosida  amalga  oshirilgan.  «Yangi  usul»  maktablarida  geografiya  o‘qitila 
boshlanadi.  1905  yilda  “yangi  usul”  maktablari  uchun  o‘zbek  tilida  geografiya 
darsligi  va  birinchi  geografik  karta  «Turkiston  va  unga  yondosh  mamlakatlar 
kartasi» ham nashr etiladi.  

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish