Abdullayeva shahnozaning


Sestodsimonlar sinfining parazit vakili



Download 2,44 Mb.
bet8/9
Sana23.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#843216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi full adabiyotlar ro\'yxati bian(1)

2.3. Sestodsimonlar sinfining parazit vakili
Sestodsimonlarning tuzilishi ko'p jihatdan tasmasimonlarga o'xshash; hazm qilish sistemasi bo'lmaydi. Lekin ulaming likofora lichinkasida 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlar bo'ladi. Lichinka serkomerasi ko'pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi. Hamma sestodsimonlarning tanasi bo'g'imlarga bo'linmagan; jinsiy apparati ham bitta bo'ladi. Jinsiy sistemasi germafrodit, juda ko'pfollikular urug‘donlardan va bitta ikki bo‘lakli tuxumdondan iborat. Sariqdonlari rivojlangan; bachadoni alohida teshik orqali tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan. Boshqa organlari tasmasimonlarga o‘xshash bo‘ladi.
Sestodsimonlaming tipik vakili amfilina osetrsimon baliqlarda parazitlik qiladi. Tana shakli bargsimon oval, uzunligi 5 sm. Voyaga yetgan davrida ichakda emas,balki tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Oraliq xo'jayini ayrim yonlab suzarlar va ayrioyoq qisqichbaqasimonlar hisoblanadi. Oraliq xo'jayini tanasida protserkoid tipidagi lichinkasi bo'lgan qisqichbaqasimonlar bilan asosiy xo'jayini tanasiga o'tadi.

Amfilina amjilinalar (Amphiilidea) turkumiga kiradi. Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ximeralar (akulasimon baliqlar) ichagida parazitlik qiladi. Yassi tanasining keyingi qismida yopishuv diski, oldingi qismida kichikroq so'rg'ichi bo'ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasining keyingi qismida serkomerasi bo'ladi. Girokotilidlar monogeneyalar bilan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi belgilarini o'zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.
2.4. Monogeneyalar sinfining parazit vakili
Monogeneyalar, ya’ni ko'p so'rg'ichlilar - baliqlar terisi va jabralarida yashaydigan ektoparazitlar. Ba’zan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar qovug'i va boshqa organlarida parazitlik qiladi.
Tuzilishi. Monogeneyalar tanasi cho'ziq va yassi bo'lib, keyingi tomonida yopishuv diski joylashgan. Diskda xo'jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo'lgan bir qancha ilmoqlari, so'rg'ichlari yoki ikki tavaqali klapanlari bo'ladi. Bunday yopishuv organlari ulami tez harakatlanadigan baliqlar tanasidan tushib ketmasligiga yordam beradi. Monogeneyalar tanasining oldingi tomonida ham uncha katta bo‘lmagan so‘rg‘ichlari bo‘ladi. So‘rg‘ichlarga yopishqoq suyuqlik ajratadigan bir hujayrali bezlaming yo'li ochiladi. Bu so'rg'ichlar parazit tanasi oldingi qismini xo'jayin tanasiga yopishib turishi uchun xizmat qiladi.

Monogeneyalarning tana qoplag‘ichi va ichki tuzilishi so'rg'ichlilargao'xshash tuzilgan. Og'iz teshigi tanasining oldingi qismida joylashgan, ichagi xaltasimon yoki ikki shoxli bo'ladi. Ayirish sistemasi - protonefridiylar tanasining oldingi uchida bir juft teshiklar bilan tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi ortogen tipida; bosh nerv gangliylaridan uch juft nervlar chiqadi. Bu nervlami ko'ndalang nerv tolalari tutashtirib turadi. Sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Faqat ayrim turlari tanasining oldingi qismida invertirlangan (teskari ag'darilgan) ko'zlari bo'ladi. Jinsiy sistemasi germafrodit. Urug'donlari bitta yoki ko'p, tuxumdoni bitta.
Ko‘payishi. Hayot siklida xo'jayin almashinish va nasi gallanish sodir bo'lmaydi. Misol tariqida baqa ko'p so'rg'ichlisi (Polystoma integerrimum) hayot siklini ko'rib chiqamiz. Baqa ko'p so'rg'ichlisi voyaga yetgan davrida baqaning qovug'ida yashaydi. Bahorda baqalar ko'payishi bilan birga parazit ham ko'paya boshlaydi. Parazit qovuqdan kloakaga chiqib, suvga bir qancha urug'langan tuxum tashlaydi. Tuxumdan juda mayda kiprikli lichinka suvga chiqadi. Lichinkasining 16 ta mayda ilmoqchalari bo'ladi. Lichinka itbaliq jabralariga yopishib olib, kipriklarini tashlaydi. Lichinka tanasining keyingi qismida ikkita yirik ilmoq va so'rg'ich hosil bo'ladi. Lichinka voyaga yetib, tuxum qo'ya boshlaydi. Bu tuxumlardan lichinkalaming ikkinchi nasli rivojlanadi, lekin bu lichinkalar itbaliq mctamorfozi tamom bo'lguncha rivojlanishga ulgurmaydi. Itbaliqning jabralari baqaga aylanishda yo'qolib ketadi. Bu davrda parazit xo'jayin terisi orqali borib, uning kloakasiga va undan siydik pufagiga kirib oladi. Bu lichinka endi uch yildan so‘ng, ya’ni baqa voyaga yetishi bilan birga voyaga yetadi. Shunday qilib, baqa ko'p so‘rg'ichlisining rivojlanishi uning xo'jayini baqaning rivojlanishi bilan chambarchas borg'liq. Baqa ko'p so'rg'ichlisi rivojlanish davomida parazit jabra ektoparazitdan qovuq endoparazitiga aylanadi.
Karpsimon baliqlar paraziti daktilogirusning rivojlanishi boshqacharoq boradi. Daktilogirusning uzunligi 1-3 mm; baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o'sha joyga tuxum qo'yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinkaning oldingi qismida ikki juft ko'zlari, orqa qismida ilmoqchalari joylashgan diski - serkomerasi bo'ladi. Lichinka shu joyining o'zida yoki boshqa baliqlar jabrasiga o'tib voyaga yetadi.
Girodaktilus (Gyrodactylus) deb ataladigan ko'p so'rg'ichli tirik tug'adi. Uning bachadonida partenogenetik yo'l bilan bitta embrion shakillanadi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, keyingisi ichida esa uchinchi, uchinchisi ichida to'rtinchisi shakllanadi. Monogeneyalar germafrodit bo'lib, ular o‘z-o‘zini urug'lantiradi. Shuning bilan birga ayrim turlarida о‘z-o‘zini urug'lantirishga to'sqinlik qiluvchi omillar ham rivojlangan. Masalan, spaynik (Diplozoon paradoxum, qarang: 56-rasm) yosh davrida yakka yashaydi. Keyinroq parazitlar juft-juft bo'lib qorin so'rg'ichlari orqali bir-biriga yopishib olishadi. Parazitlardan birining urug' yo'li ikkinchisining tuxum yo'ligaochilishi tufayli ular bir-birini urug'lantiradi.
Ahamiyati. Monogeneyalar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa, chuchuk suv baliqlari jabrasida parazitlik qiladigan Dactylogyridae oilasi vakillari katta patogen ahamiyatga ega. Ular teridagi shilimshiq modda va epiteliy, ba’zan qon bilan oziqlanib, baliqlami yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Gyrodactylidae oilasi vakillari ham katta ziyon keltiradi. Volga daryosida osetrsimon baliqlarga nitsha (Nitzchia sturionis) katta ziyon keltiradi. Bu parazit sevryuga balig'i iqlimlashtirilganida Orol dengiziga ham kelib qolganligi va mahalliy osetrsimon baliqlarda (baqra) parazitlik qilishga o'tganligi ma’lum.

XULOSA
Yassi chuvalchanglar orasida ichaksiz kiprikli chuvalchanglar eng sodda tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo'shliqichlilardan kelib chiqqan. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglardan to'g'ri ichaklilar kelib chiqqan bo'lishi kerak. Yassi chuvalchanglarning boshqa hamma guruhlari filogenetik jihatdan ana shu to'g'ri ichaklilar bilan bog'langan. Hozirgi parazit yassi chuvalchanglar filogenetik jihatdan to'g'ri ichakli kiprikli chuvalchanglar ajdodlari bilan bog'langan. Qadimgi to'g'ri ichaklilaming evolyutsiyasi uch xil yo‘nalishda borgan. Ulardan biridan xozirgito‘g‘ri ichaklilar, qolgan ikkitasidan parazit yassi chuvalchanglar paydo bo'lgan. Erkin yashovchi hayvonlaming parazitlikka о‘tishi bir necha yo‘nalishda borgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan "kvartirantlik” deb ataladigan simbioz diqqatga sazovor. Simbiozning bu xilida hay vonlardan bin, ya’ni kichikrog‘i boshqasi (yirikrog‘i) tanasidan pana joy sifatida foydalangan. Hozirgi monogeneyalarning kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydigan ajdodi ana shunday kvartirant bo‘lgan. Ular baliqlar jabrasi, terisi yoki suzgichlariga yopishib olib, dastlab yuqoridan bu joyga tushadigan mayda organizmlar yoki baliq tanasidan ajraladigan shilimshiq modda bilan oziqlangan kvartirant keyinchalik xo ‘jayini tanasini jarohatlab, o‘ziga bitmas-tuganmas oziq topib olgan; asta-sekin qon va xo'jayin tanasi to'qimasi bilan oziqlanishga o'tib, parazitga aylangan. Qadimgi monogeneyalami parazitlikka o'tishi tog'ayli baliqlar (ximeralar va akulalar) ning paydo bo‘lishi bilan bog'liq. Monogeneyalar evolyutsiyasining asosiy yo'nalishi dastlab organning takomillashuvi, ya’ni parazitni xo'jayin bilan bog'lanishini yanada mustahkamlanishiga yordam beradigan yopishuv diskini mukammallashuvidan iborat bo'lgan. Ayrim hollarda ektoparazitlik ichki parazitlikning paydo bo'lishiga olib kelishi ham mumkin. Bu jarayonni tushuntirishda yuqorida ta’riflangan baqa ko'p so'rg'ichlisini misol keltirish mumkin. Hozirgi monogeneyalar orasida ham baliqlaming og'iz bo'shlig'i, halqumi va qizil о'ngachidaparazitlik qiladigan turlari bor. Extimol, evolyutsiya davomida dastlab jabralarda parazitlik qilgan hayvon asta-sekin og'iz bo'shlig'i orqali ichak bo'shlig'ida parazitlik qilishga o'tgan. Ana shu yo'l bilan qadimgi monogeneyalardan tasmasimonlar va sestodsimonlar kelib chiqqan. Yuqorida girokotilidlami morfologik jihatdan monogeneyalar bilan tasmasimonlaming tuzilish belgilariga ega bo'lishi ko'rsatib o'tilgan edi. Ana shunday dalillarga asoslanib, ektoparazit monogeneyalami o'rganish orqali endoparazit tasmasimonlaming kelib chiqishini tushuntirib berish mumkin. Endoparazit hayot kechirishga o'tish parazitlaming tuzilishini yanada soddalashuviga, ya’ni ichak va sezgi organlarining yo'qolishiga, jinsiy organlami yanada kuchliroq rivojlanib, seфushtlikning ortishiga sabab bo'lgan. Individlar sonining ortishi ba’ zan ikkilamchi tarzda lichinkalik metagenez (pedagenez)ning paydo bo'lishi bilan bog'liq (exinokokk, miya qurti). Evolyutsiya davomida ayrim sestodsimonlaming oraliq xo'jayini paydo bo‘lgan (amfilina). Ektoparazitlaming tarqalishida oraliq xo'jayin katta ahamiyatga ega emas. Shuning uchun ularning hayot sikfida oraliq xo‘jayinbo‘lmaydi. So‘rg‘ichlilar evolyutsiyasi simbiotik munosabatlar bilan bog'liq bo‘lsada, tasmasimon chuvalchanglarga nisbatan boshqacha borgan. Hozirgi so‘rg‘ichlilar hayot siklining mollyuskalar bilan bog‘liqligi nazarda tutiladigan bo‘Isa, ulaming evolyutsiyasi qadimgi erkin yashovchi kipriklilaming mollyuskalar bilan simbiotik munosabatlariga borib taqaladi. So‘rg‘ichlilaming to‘g‘ri ichakli kipriklilarga o‘xshash lichinkasi suv tubidagi toshlar ostida yashagan yoki mollyuskalar chig‘anog‘idan pana joy sifatida foydalangan. Chuvalchang chig‘anoqdan jabra bo‘shlig‘ida kvartirantlikka, asta-sekin mustaqil oziqlanishdan parazit yashashga o‘tgan. Molluska ichiga o'tishi bilan parazit juda qulay oziqlanish imkoniyatiga ega; tashqi muhitning noqulay sharoitidan yaxshi himoyalangan bo'ladi. Bu xol parazit tuzilishining soddalashuviga, uning tashqi muhitga chiqmasdan rivojlanishiga imkon berdi. Ilgari xo'jayin tanasidan chiqib, tashqi muhitda voyaga yetadigan parazit, endi undan chiqmasdan ko‘payishga va rivojlanishga o‘tadi; parazit hayoti geterogeniya xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni, hayot sikli ikki xil jinsiy naslning almashinuvidan iborat bo‘lib qoladi. Uning tuzilishi soddalashib, germafroditlikdan partenogenetik urg'ochilikka o‘tadi; erkin yashovchi nasli esa germafrodit bo‘lib qoladi. Trias davrida suyakli baliqlaming paydo bo'lishi bilan so‘rg‘ichlilaming hayot siklida ikkinchi oraliq xo‘jayin ham paydo bo'lgan; germafrodit erkin yashovchi nasi ham parazit yashashga o‘tadi. Germafrodit naslning ancha keyinroq parazit yashashga o‘tishi uning tuzilishida erkin yashovchi yassi chuvalchanglarga xos belgilar (jinsiy, ayirish, hazm qilish sistemalari va boshqalar) ning borligi bilan isbotlash mumkin.


Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish