Abdullayeva shahnozaning


Kiprikli chuvalchanglar sinfi



Download 2,44 Mb.
bet3/9
Sana23.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#843216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi full adabiyotlar ro\'yxati bian(1)

1.2. Kiprikli chuvalchanglar sinfi
Kiprikli chuvalchanglar, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chuvalchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Tanasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ogʻzi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, baʼzan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi boʻlmaydi. Tuban Kiprikli chuvalchanglarda oziq parenximada hazm boʻladi. Ayirish organi protonefridiylar (tuban tuzilgan Kiprikli chuvalchanglarda boʻlmaydi). Tuban Kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gangliylar va koʻndalang nerv tolalari bilan oʻzaro bogʻlangan bir necha juft boʻylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. Kiprikli chuvalchanglar gnatostomulidlar, temnotsefallar, udonellidlar, se-relatlar kabi 11 ta turkumga boʻlinadigan 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Koʻpchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, koʻpincha, suv tubida uchraydi; ayrim.turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik oʻrmonlarda quruqlikda yashaydigan turlari ham bor6. Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo‘lib, mayda kipriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda erkin yashaydi.
Teri-muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglarning tana uzunligi bir necha mm dan bir necha sm ga yetadi. Ayrim turlari (oq planariya) tanasining oldingi qismida paypaslagichga o'xshash kalta o‘simtasi bo'ladi. Tanasi silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ayrim turlarida sitoplazmaning yadro joylashgan qismi parenximasiga chuqur botib kirishi tufayli alohida hujayralar orasidagi chegara yo'qolib ketadi. Tana qoplag'ichining bu tipi botib kirgan epiteliy deyiladi.
Hazm qilish sistemasi halqumdan va uchi berk o‘rta ichakdan iborat. Hazm boimagan oziq qoldiqlari og‘iz orqali chiqarab yuboriladi. Ko'pchilik turlari yirtqich bo'lib, har xil mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Og'iz teshigi qorin tomonining o'rtasida, tanasining oldingi yoki keyingi uchiga yaqin joyda joylashgan. Ayrim yirik vakillarida og'iz teshigi halqum cho'ntaklari deb ataladigan joyga ochiladi. Cho'ntak tubidan uning bo'shlig'iga halqum bo'rtib chiqib turadi. Halqum og'iz teshigidan chiqib, o'ljasini tutib oladi. Nafas olish organlari bo'lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo'li bilan o'tadi.
Ayirish sistemasi. Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda birinchi marta paydo bo'ladi. Ayirish sistemasi ikkita yoki bir necha naylardan iborat. Naylardan parenximaga juda ko'p naychalar tarqaladi; ular ko'p marta shoxlanib, juda ingichka naychalami hosil qiladi. Naychalar uchki qismida tirik yulduzsimon hujayralar joylashgan. Hujayralar ichida bir boylam kipriklar bo'ladi. Kipriklaming tebranishi yonib turgan shamning shamolda miltillashiga o'xshaydi. Ana shu sababdan ular miltillovchi hujayralar deyiladi. Kipriklar silkinib ayirishning suyuq mahsulotlarini naychalarga chiqaradi. Uchki qismida yulduzsimon hujayralari bo'lgan shoxlangan naychalardan iborat bunday ayirish sistemasi protonefridiylar deyiladi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari parenximadan naylarga diffuziya orqali o'tadi. Protonefridiylar ayirish bilan birga tanadagi osmotik bosimni boshqarish vazifasini ham bajaradi. Sodda tuzilgan ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish organi bo'lmaydi, ayirish mahsulotlarini harakatchan amyobotsitlar tanadan olib chiqib ketadi.
Nerv sistemasi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari tananing oldingi qismida to'planib, qo'sh tugun - miya gangliysini hosil qiladi. Gangliydan orqa tomonga nerv stvollari ketadi. Stvollar nerv tolalaridan va ular bo'ylab joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Ayrim ichaksiz kipriklilaming nerv sistemasi bo'shliq ichlilamikiga o'xshab diffuz (tarqoq) joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Miya gangliysi tananing oldingi qismida joylashgan statotsist ishini boshqaradi. Bunday sodda nerv sistemasining murakkablashuvi quyidagicha sodir bo'ladi. Dastlab tarqoq nerv hujayralari tartib bilan joylashib, nerv stvollarini va ulami birlashtirib turadigan ko'ndalang belbog' - komissuralami hosil qiladi. Nerv gangliysi yiriklashib borgan sari nerv sistemasi markaziy qismining ahamiyati ortib boradi. Bir vaqtning o'zida nerv sistemasi parenximaga chuqurroq botib kira boshlaydi. Buning natijasida, tarqoq nervlardan hosil boigan bo'ylama nerv stvollarining soni 5-6 juftdan 1-3 juftgacha qisqaradi, ya’ni gomologik organlarning oligomerizatsiyasi sodir bo'ladi. Bo'ylama nerv stvollari ko'ndalang komissuralar bilan qo'shilib, panjara yoki narvonga o'xshash shaklga ega bo'ladi. Nerv sistemasining barcha yassi chuvalchanglarga xos bo'lgan bu tipi ortogon deyiladi.
Sezgi organlari. Kiprikli chuvalchanglarning sezgi orgainlari kuchsiz rivojlangan. Tuyg‘u vazifasini teri, ayrim vakillarida esa tana oldingi qismida joylashgan bir juft o'simtalar bajaradi. Mexanik va kimyoviy ta’simi tana bo‘ylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu kiprikchalr xuddi bo'shliqichlilar knidotseliga o'xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan bog‘langanligi bilan ulardan farq qiladi. Nerv hujayralarining о‘simtasi miya gangliysi bilan bog‘langan. Bunday sezgi organlarini sensillalar deyiladi. Ayrim chuvalchanglarda miya gangliysi ustida yopiq xaltaga o‘xshash muvozanat saqlash organi - statotsist bo'ladi. Ko'zlari bitta yoki bir necha hujayradan hosil bo‘lgan qadahdan iborat. Hujayralardan chiqadigan nerv tolalari ko ‘rish nervlariga birlashib, miya gangliysiga boradi. Pigmentli qadahningbotiq tomoni tashqariga о‘girilgan bo‘lganidan yorug'lik dastlab retseptor hujayra tanasi orqali o‘tib, uning yorug‘likka sezgir qismiga tushadi. Bu xildagi ko‘zlar teskari ag'darilgan, ya’ni invertirlangan deyiladi.
Jinsiy sistemasi-germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko'pchilik chuvalchanglarda jinsiy bezlari rivojlangan. Jinsiy bezlar juda xilma-xil tuzilgan. Quyida ko'p shoxli va uch shoxli chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi keltirilgan.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Ko'pchilik kiprikli chuvalchanglar faqat jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Har xil sistematik guruhlarning embrional rivojlanishi turlicha bo'ladi. Odatda tuxum hujayrasi to'liq, lekin notekis bo'linadi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish