1 Кант И. С очинения в 6 т.
Т.
4. ч. 1. С. 228.
2 0 ‘sha manba. С. 463.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu munosabatdagi majburiyatlarning ikkitasini K ant eng muhim deb
hisoblaydi. Bular — muhabbat va hurm at. H ar bir kishining burchi —
xayrli ishlar qilishidan, ya’ni biror-bir mukofotga umid bogMamasdan,
imkon qadar odamlarga yordam berishidan va ularning baxtli boMishiga
ko‘maklashuvidan iborat. Mutafakkir insonparvarlikni eng muhim fazilat,
insonni sevmaslikni asosiy illat deb hisoblaydi. Shuningdek, Kant adolat,
rostgo‘ylik, d o ‘stlik singari tushunchalarga ham bafuija to ‘xtaladi.
Kant axloqshunosligining cho‘qqisi — abadiy tinchlik g ‘oyasi; hech
qanday urushga yo‘l yo‘q: na men bilan sening orangdagi tabiiy holatdagi
urushga, na oramizdagi davlatlar sifatidagi urushga yo‘l yo‘q, urush har
kim o ‘z huquqini qo‘lga kiritishi uchun zarur bo'lgan usul emas. Ayni
paytda, insoniyat uchun axloqiy komillikka erishuvning faol vositasini
mutafakkir m a’rifatda ko‘radi. M a’rifat uchun esa faqat erkinlik, erkinlik
boMganda ham juda zararsiz, har bir holatda o ‘z aqlidan oshkora
foydalanadigan erkinlik zarur. Erkin, hayratlanib, ixlos bilan yashash
lozim. Kant inson sifatida ham shunday yashab o ‘tdi. U ning ikki narsa
haqida qancha ko‘p, qancha uzoq o ‘ylaganing sari qalbing tobora yangi,
tobora kuchayib boruvchi hayrat va ixlos bilan to ‘lib-toshaveradi, bular
— boshim ustidagi yulduzli osmon va mening botinimdagi axloqiy qonun,
degan gaplari eng aw alo o ‘ziga taalluqli edi.
Im m anuyel Kant qarashlarini o ‘rganib o ‘ziga xos rivojlantirgan
faylasuf — Yohann Gotlib Fixtedir (1762—1814). U «fan ta ’limoti» yoki
«fan haqida fan» degan tushunchani kiritadi; falsafani u ana shunday
nom bilan atadi va falsafada o ‘z tizim ini yaratdi. Falsafa fan haqidagi
fan ekan, d em ak , faylasuf — t a ’lim o tc h i — m u allim , a n iq ro g ‘i
insoniyatning muallimi, tarbiyachisi. Fixte falsafiy tizim ining asosini
«Men — menman» va «Men emas — M enm asm an» degan ikki tamoyil
tashkil etadi. Birinchi tamoyil M enning o ‘ziga moyilligi, insonning
abadiy yuksaklikka intilishi, ya’ni u bor narsa emas, balki b o ‘lishi kerak
narsa. Demak, falsafa yoki fan ta ’limoti aynan (faylasuf tafakkurida)
insoniyatga o ‘zining cheksiz davom etadigan taraqqiyoti natijasida
nim alar qilishi lozimligini ko‘rsatib beradi. M en — M enm an tamoyili,
bu — shunday falsafiy doiraki, undagi harakat ibtidosi ayni paytda intiho
hamdir. M en, bu — d a’vat, talab, bu — aynanlikka intilish bizga berilgan
emas, balki topshirilgan, buyurilgan. A na shu aynanlikka erishilgan
paytda inson ilohiylashadi: inson nim a qilishi kerak bo‘lsa, o ‘shani qila
oladi, bordiyu u, m en nimanidir qila olm aym an desa, bu uning o ‘shani
xohlamaganidir. Faylasufning axloqiy qarashlari m a’lum m a’noda ana
www.ziyouz.com kutubxonasi
shu fikrga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |