Abdulla sher axloqshunoslik


Спиноза Б. И збранны е произведения в 2 т. Т. 1. М ., «Политиздат», 1957. С



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

1 Спиноза Б. И збранны е произведения в 2 т. Т. 1. М ., «Политиздат», 1957. С.
120
.
www.ziyouz.com kutubxonasi


vujudi. Shu sababli faylasuf ru hni vujudning g'oyasi deb ataydi. R uhning 
bu sifati uning nofaol ekanidan, vujudga qaram ligidan dalolat beradi. 
Z ero, u hissiy bilish bilan bog‘liq. Biroq bu ruh nafaqat vujudiy holatlam i, 
balki o ‘z g ‘oyalarini ham anglash qobiliyatiga ega. A ynan m ana shunda 
ruh n ing ratsional-fahm iy (intuitiv) faol jih ati o ‘zini nam oyon etadi. 
Bu faol jih at substansiya — X udoga yetishishga olib boradigan bilishdir. 
D onishm andlik erishgan bu h olatn i Spinoza, G ‘azzoliy izidan borib, 
X udoga bilish orqali m uhabbat q o ‘ym oq, X udoni bilib sevm oq, deb 
ataydi.
S p ino za bilishni zaruriyat do irasid a k o ‘radi. Agar biz tu y g ‘ular 
sababini ularning zaruriyati do irasida bilsak, u lar bilan m urosa qilsak, 
u lard an kam roq iztirob chekam iz. M asalan, b a rc h a bolalar dastlab 
yurolm asliklari va gapirolm asliklarini bilganlari uchun bu holat bilan 
m urosa qiladilar ham da uni o d atiy deb qabul etadilar. D em ak, ruh 
n a rs a la rg a q a n c h alik z a ru riy a t sifa tid a q a ra s a , tu y g ‘u la r u stid a n
shunchalik kuchliroq hukm ron b o ‘ladi va ulardan kam roq aziyat chekadi. 
Y a’ni insonning erki o ‘z tu y g 'u larin i bilish va ular ustidan hukm ronlik 
qilishdadir. Aqlning qudrati shaxs erkini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, 
S p in o z a in so n iy q ilm is h la r u s tid a n k u lm a s lik k a , u la r d a n xafa 
b o'lm aslikka, ularni la’natlam aslikka, balki tushunishga chaqiradi.
Inson uchun to ‘g‘ri hayot tarzi sifatida niderland m utafakkiri o ‘z 
m anfaatini ko'zlab ish yuritishni tak lif etadi. Z ero, barcha insonlar 
k atta baxtga erishish uchun intiladilar. Lekin h a r bir shaxs o ‘z m anfaati 
nuqtayi nazaridan harakat q ilar ekan , boshqalar ham shunday harakat 
qilishlari uchun o ‘z xatti-h arak atlarin i tuyg‘ular bilan em as, aql bilan 
boshqarishi lozim. Ayni p aytda, faylasufning fikricha, xalq om m asi o ‘z 
xatti-harakatlarida aql bilan ish ko ‘ra oladigan bilish darajasiga ko ‘tarilish 
qobiliyatiga ega b o ‘lolm aydi. S hu jih a td a n o d am larn in g eh tiro s va 
h a y a jo n la rin i bosib, u larn in g b a rc h a x a tti-h a ra k a tla rin i aql b ila n
y o ‘n altirad ig an q o n u n lar c h iq a ra d ig a n davlat hokim iy atiga ehtiyoj 
m avjud. A xloq-odob q o n u n -q o id a lari, Spinoza fikricha, davlat huquqi 
qo n u n larig a mos kelishi lozim . D avlat q o n u n lari sh un day b o ‘lishi 
kerakki, ularga ko ‘ra, h a r b ir kishi o ‘z m anfaatiga intilar ekan, boshqa 
shaxslar va davlat m anfaatiga x ilo f ravishda ish tutm asligi kerak. A na 
sh u n d a «oqilona o ‘zini cheklash» yuz beradi. Shu bilan birga, m utafakkir 
yuq ori hokim iyatning in so n lar shaxsiy hayotiga aralashuviga qarshi 
ch iq ad i va vijdon erkinligini, tafak k u r erkinligini him oya qiladi. H a r 
kim ga o ‘z fikrini aytish erkinligini berish lozim , deydi faylasuf, faqat
www.ziyouz.com kutubxonasi


hukm yurgizishning dem okratik shakligina zarur b o ig an erkinlikni to liq 
ta ’minlashi m um kin.
Ratsional yo‘nalishdagi m utafakkirlardan yana biri ingliz faylasuf! 
Tomas H obbsdir (1588-1679). U ning axloqiy qarashlari asosan «Inson 
haqida» (1640), «Leviafan yoki m oddiyat, cherkov h am da fuqarolik 
davlatining hokim iyati va shakli» (1651), «Erkinlik va zaruriyat haqida» 
(1652), «Falsafa asoslari» (1642—1658) asarlarida aks etgan.
Hobbs o ‘z axloqiy ta ’lim otida asosiy e ’tiborni insonning zo'ravonlik 
va hukm ronlikka y o‘naltirilgan fe’l-atvoriga, shaxslarning bir-biriga 
nisbatan «urush» holatida ekaniga qaratadi; inson insonga b o ‘ri, deydi. 
Faylasuf insonning xudbinlik tabiatini doim o oldingi o ‘ringa chiqaradi. 
eng ulug‘ ezgulik - o ‘zini asrash, tabiatning eng ulkan yovuzligi -
o ‘lim. Juda k o ‘pchilik odam lardagi m ana shu o ‘zini asrashga intilish 
ularni hayvonot dunyosi bilan yaqinlashtiradi. Shuning uchun odam lar 
tabiatan ehtiros, q o ‘rquv, g‘azab va boshqa hayvoniy tuyg‘ularni boshdan 
kechiradilar, k o ‘proq d o ‘stlarni em as, obro‘- e ’tibor h am d a foydani 
izlaydilar. Insonning o ‘ziga o ‘xshagan zotlar orasidagi hayoti asosini 
m urakkab m anfaatlar o'yini tashkil etadi. Faylasufning fikriga ko ‘ra, 
«ezgulik» va «yovuzlik» so‘zlari, eng aw alo , insonlar o ‘z hayotidagi 
m uayyan sh a ro itla rd a b o sh id an k ech irg an h o latla r b ila n bog liq. 
«Ezgulik» d o im o u lar uchun o ‘zlariga foydali va yoqim li, о zlari 
intiladigan narsa, «yovuzlik» esa buning aksi bo‘lgan holatlar. Ushbu 
fikrlari bilan H obbs keyinchalik Angliyada rivojlangan utilitarchilik 
ta ’lim otining ibtidosida turadi, desak xato qilmaymiz.
H o b b s a x lo q iy q a d riy a tla rn i o ‘z - o ‘zin i h a ra k a tg a k e ltiru v c h i 
nuqtalarning (shaxslarning) vazifasi, ular orasidagi o'ziga xos aloqa 
sifatida ta ’riflaydi. Insonning o ‘zi bu o ‘rinda ijtimoiy m unosabatlar, 
kesishadigan n u q ta. «Inson qad ri yoki bahosi, boshqa n arsalard a 
b o ‘lganidek, uning narxidir, ya’ni uning kuchidan foydalanish qancha 
tursa, odam ning bahosi o ‘shancha shu sababli u m utlaq em as, balki 
unga b o ‘lgan ehtiyojga va boshqalarning bahosiga bog‘liq narsadir»1. 
H obbs ana shu baholovchi m unosabatni axloqni belgilanishning asosiy 
m odeli sifatida olib qaraydi. B ir-birim izni qadrlashim izning ifodasini 
biz odatda hu rm at va hurm atsizlik deb ataymiz, deydi faylasuf. Z ero u 
h urm at uyg'otadigan narsa-hodisalarnigina axloqiy jih atd an qadrli deb
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblaydi. H urm at esa bu o ‘rind a hu km ronlikning ijtim oiy ifodasi 
tarzida namoyon bo ‘ladi: « K im g ad irb o‘ysunm oq unga hurm at ko‘rsatish 
d em akdir»1. Q adr-qim m atni H obbs insonga davlat tom onidan berilgan 
b a h o sifatida izohlaydi.
Faoliyatning axloqiy to m o n i shundaki, inson o ‘z erkini u yoki bu
tarzda anglamasdan turib, yuzaga chiqarishi m um kin emas. Hobbs ixtiyor 
erkinligiga erkinlik tushunchasini qarshi q o ‘yadi, ham m adan a w a l inson 
faoliyatiga taalluqli b o ‘lgan erkinlik ayni paytda m a’lum jih a td a n tab iat 
ja ra y o n la rin i ham izo h lay d i. F a y lasu fn in g fikriga k o ‘ra, e rk in lik
tushunchasini aql-idrokli m avjudotlarga nisbatan qo'llangani kabi jo nsiz 
m avjudotlarga nisbatan ham ishlatsa b o ‘ladi: agar suv solingan idish 
s in d irils a , suv h a m e rk in lik k a c h iq is h i m u m k in . B iroq e rk in lik
tu shu nchasin i narsalar dunyosi va odam larning o ‘ziga xosliklari bilan 
xilm a-xil m unosabatga kirishadigan insonga nisbatan q o ‘llash ayniqsa 
m urakkab. C hunki u, o d atd a, b iro r jih a td a n erkin b o ‘lsa, ikkinchi 
jih a td a n erkin b o ‘la olm ay di. E rk in lik tu sh u n c h a si aslo z a ru riy a t 
tushunchasiga zid em as, ular b ir-b irin i inkor etm aydi. D aryoning erkin 
oqim i o'zining zaruriyati bilan y o ‘naladi. O d am lar faoliyatida erkinlik 
va zaruriyatning birlashuvi yana ham m uhim . Shu nuqtayi n azardan
inson erkining tabiati h a r xil b o ‘ladi, zero, u erkinlikning m a ’lum
zaruriyat bilan m uayyan tarzd a birikuvi bilan belgilanadi. U m u m an
olganda, Hobbsning qarashlarida axloqiy qo id alar shaxs xudbinligidan 
kelib chiqsa-da, ayni paytda ular yaxshi m unosabatlarga asos b o ‘lib 
h a m xizm at qiladi degan fikr ilgari suriladi.
H obbs axloqiy qarashlarining yana bir diqqatga sazovor jih a ti — 
m uayyan subyektlar m uam m osi, subyektdagi turli kuch va intilishlarning 
nisbati masalasi. Faylasuf inson shaxsining haqiqiy asosini ehtiroslilikda 
k o ‘radi. Inson hissiyotlar bilan yashaydi va ular tufayli o ‘zini yuksaltiradi. 
B o y lik , b ilim , h u r m a t, u n in g b a rc h a m u a y y a n b e lg ila ri fa q a t 
h ukm ronlikning shakli xolos. K im d a-kim , an a shular deb ehtirosga 
lim m o -lim b o ‘lsa, o ‘sha xayolot va zeh n o ‘tkirligiga ega b o ‘ladi. H obbs 
a n a shu fikrlari bilan o ‘zi sezm agan holda ratsionallik doirasidan chiqib, 
sensual t a ’lim otning darvozasini qoqadi.
Subyektni ratsionalcha tushunish insonning ijtim oiy tabiatini o ‘ta 
bilvosita va chala ifodalardi. Buning ustiga, u m uayyan shaxsni, uning
www.ziyouz.com kutubxonasi


xilma-xil va boy aloqalari bilan birgalikda, mavhum, ijtimoiy to r aqlga 
b o ‘ysundirishga qaratilgan edi. Tajribaviylik (empirizm) va uning moyasi 
bo ‘lmish sensual axloqshunoslik bunday munosabatni buzib yuboradi; sen­
sualist mutafakkirlar jamiyatdagi o ‘z mavjudligi haqida teran о ylaydigan 
axloqiy shaxs sifatida aqlning muxtorligini, tirik, insoniy taqdirdan yuz 
o ‘girishni istam aydigan, his etuvchi, ehtirosli subyekt ehtiyojlariga 
bo'ysundirdilar. Bu insonni am alli-faoliyatli mavjudot, o ‘z tarixining 
yaratuvchisi sifatida tushunish tom on tashlangan jiddiy qadam edi.
Sensual axloqshunoslikning eng yirik vakillaridan biri ingliz faylasufi 
Jon 
Lokkdir (1632-1704). Uning axloqiy qarashlari asosan «Inson fahm i 
haqidagi tajriba» (1690), «Tarbiya to ‘g‘risidagi b a ’zi fikrlar» (1693), 
«Aqlni boshqarish haqida» singari asarlarida aks etgan.
Lokk hissiy sifatga ega b o ‘lgan bilim larning tug‘maligi haqidagi 
m ulohazalam i aql bilan tajribaga zid deb hisoblaydi. U ning fikricha, 
tushunchalar, fikrlar va tamoyillarning tug‘maligi to ‘g‘risidagi qoidalar 
ham asossizdir. Z ero, biz tafakkurimizga zarur b o ‘lgan barcha narsalam i 
tajribadan olamiz. Aqldagi bor narsalarning ham m asi dastaw al sezgilarda 
mavjud b o ‘ladi. Tug‘m a g‘oyalar nazariyasining tanqidi uning pedagogik 
konsepsiyasining ibtido nuqtasidir. F aylasuf go‘dak ongida tug m a 
bilimlarning faol mavjudligini rad etgani holda, b a’zi ehtiyojlar, intilishlar 
va tuyg‘ular tug‘maligini inkor qilmaydi. Ularning bir xillari keyinchalik 
savqi’ tabiiy yoki tabiiyyat (instinkt) deb atala boshlandi, b a zilari esa 
hali tug‘ilm agan bola ongiga ona vujudi orqali o ‘tgan tashqi ta sirlar 
natijasida paydo b o ‘ladi. Lokk xulqdagi ayrim o ‘ziga xosliklarining ham
tu g ‘maligini ta n oladi. D arhaqiqat, hozirgi zam on fani shu tarzdagi 
hodisalam i e ’tiro f etadi va ularni zot bilan, irsiyat bilan bog‘laydi. Shu 
nuqtayi nazardan asab tizim ining tuzilishida jam langan ibtidodagi xulqiy 
dasturda axboriy (inform ativ) m azm un borligi tabiiydir. Lekin, yuqorida 
aytilgandek, asosiy axloqiy tamoyillarning tug‘maligi inkor etiladi. Natijada 
Lokk ezgulik tushunchasini lazzat va foyda bilan, yovuzlikni esa iztirob 
va insonga ziyon tushunchalari bilan m ustahkam bog‘liqligini ta kidlaydi. 
«N arsalar faqat lazzat va iztirobiga nisbatan ezgu va yovuz b o 'lad i, — 
deydi Lokk. — Biz lazzatim izni osh iradig an yoki iztiro b larim izn i 
kam aytiradigan narsalam i ezgu deymiz... Yovuz deb esa, aksincha, bizga 
iztirob beruvchi yoki qandaydir iztirobim izni kuchaytiruvchi, yoxud 
qandaydir lazzatim izni kamaytiruvchi narsani aytamiz»1.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M utafakkir eng oliy tam oyilni h a r q and ay fazilat asosini in sonning 
oqillikka to ‘g ‘ri kelm aydigan o ‘z istaklaridan kechishida, o ‘z m ayllariga 
qarshi xatti-harakat qila bilishda k o ‘radi. Baxtga erishuv huquqinin g
axloqiy tam oyili Lokk ta ’lim otida insonlar tengligi qoidasi bilan bog‘liq; 
b ir xil turdagi, tug ‘ilganida b ir xil tabiiy im tiyozga ega b o ‘lgan va b ir 
xildagi qobiliyatdan foydalangan jo n z o tla r bir-biriga b o ‘ysunish yoki 
b ir-b irin i b o ‘ysundirishdan voz kechib, o ‘zaro teng bo 'lishlari lozim .
Ingliz m utafakkirining fikriga ko‘ra, xususiy m ulk - m ehnat m ahsuli; 
tilla, kum ush va boshqa narsalarni o ‘zgalarga ziyon yetkazm asdan tu rib
h a m jam g ‘arish m um kin. Lokk inson shaxsining o ‘zini h a m xususiy 
m ulk tarzida qabul qiladi. U asosiy vazifalaridan biri xususiy m ulkni 
q o ‘riqlash b o ‘lmish davlatni barch a kishilarning teng erkinligi va ten g
im koniyatlari kafolati deb hisoblaydi. Xullas, Lokkning axloqshunosligini 
o ‘z m a n f a a tin i u n u tm a y d ig a n , a y n i p a y td a , h a d d a n o s h is h d a n
saqlanadigan, tavakkalchilikni yoqtirm aydigan, m adaniyatli fuqaroning 
fazilatlari haqidagi t a ’lim ot desak, yanglishm aym iz.
Buyuk ingliz m utafakkiri E ntoni Eshli S h eftsbarining (1 6 7 1 -1 7 1 3 ) 
qarashlari ham diqqatga m olik. Axloqiy m u am m o lar uning «F azilatlar 
y o x u d m unosib xizm atlar tadqiqi» (1699), «N asihatgo'ylar» (1709) 
singari asarlarida ko'tariladi.
Axloqiy ezgulik Sheftsbari to m o n id an tab iatn i estetik tushunish bilan 
b u tu n lay qo'shib yuboriladi; u inson yaratgan tartib va m utanosiblikning 
ijtim oiy shakli sifatida nam oyon b o ‘ladi; axloq dunyoning ichki, axloqiy- 
am aliy, estetik jih atd an qayta ishlangan ko 'rin ishig a aylanadi. Y om o n 
narsalar, bu — ijtimoiy m utanosiblikning xudbinlarcha buzib ko ‘rsatilishi 
yoki vayron qilinishi. Yolg‘o n o b ro ‘, o r-n o m u s tam oyilidagi soxtalik, 
soxta diniy b id ’atlar natijasida inson dastlab b a ’zi axloqsizliklarga q o ‘l 
u r a d i , k e y in c h a lik o 'y la g a n in g d a k is h in i t i t r a t i b y u b o r a d ig a n
q ab ih lik larn in g b a rc h a tu rin i b e m a lo l am alg a osh irad ig an b o ‘ladi. 
Sheftsbari axloqshunosligi va estetikasi bir-birining sharti sifatida m avjud; 
g o ‘zallik ezgulikdir, ezgulik esa inson d an begonalashm agan faoliyatning 
g o ‘zalligidir.
Sheftsbari axloqiy dunyoni ulug‘ tabiat q o n u ninin g o ‘ziga xos davom i 
s ifa tid a t a ’riflaydi. In so n n in g axloqiy m oy asi, uning fikriga k o ‘ra, 
hissiyotda, m ulohazadan a w a l keladigan hay o tiy faoliyatda, ad o lat va 
adolatsizlikka nisbatan b o ‘lgan en tu ziazm d a m ujassam . H am d ard lik , 
birdam lik hissi, boshqa shaxsga nisbatan h u rm a t, b ir so‘z bilan aytganda, 
o ‘zga z o t bilan bir butunlikka yurakdagi m oyillikni anglatadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayni paytda m utafakkir, um um m anfaatlar uchun boshlangan ijtimoiy 
harakat xudbinlarcha intilishga va zo‘ravonlik dahshatiga aylanib ketishi 
mumkinligini aytadi. C hunonchi, dunyodagi eng vahshiy m ashg ulot 
b o ‘lm ish u ru sh b ird a m lik a lo q a la rin i v u ju d g a k e ltir a d i, z e r o , 
«qahram onlik va insonni sevish deyarli bir xil m azm unga ega. Lekin bu 
his salgina t o ‘g ‘ri y o ‘ldan adashsa, in so n iy atn i sevgan q a h ra m o n
shafqatsiz telbaga aylanadi; qutqaruvchi va asrovchi inson — zolim va 
vayron qiluvchi kimsa b o ‘lib qoladi»1. Fazilatning bunday о z ziddiga 
aylanmasligiga kafolat, faylasuf nazdida yuksak entuziazm tabiatiga, 
tartibga m uhabbatda, axloqiy tuyg‘uning beg‘arazligidadir.
Xudbinlik, faqat o ‘zini sevish m akkorlik va m ug‘om birlikni keltirib 
chiqaradi. Tabiatim izdagi oqko‘ngillilik va samimiylik yo‘qolib, ularning 
o ‘rnini shubha, rashk ham da hasad egallay boshlaydi. A ynan xususiy, 
um um m anfaati bilan sig‘ishm aydigan intilishlar bizda hayotim izdagi 
eng ulkan baxtsizlik hisoblangan beshafqatlikni va dahshatli hissiyotlarni 
yuzaga keltiradi.
Sheftsbari axloqiy m u no sab atlarg a s a n ’a tn in g t a ’sirin i a lo h id a
t a ’kidlaydi, san ’at axloqiy yuksalish uchun oqilona axloqiy qoidalar 
sifatida em as, balki subyektning faol estetik faoliyati jara y o n id a g i 
am aliyot tarzida ta ’sir ko‘rsatadi. San’at tabiat m utanosibligini, go zallik 
va ezgulik qoidalarini obyektiv ravishda qaytadan tiklaydigan ко zgudir. 
M uayyan, estetik idrok etuvchi va estetik faoliyatli subyekt ayni bir
paytda axloqiy shaxsdir.
Buyuk fransuz m a’rifatparvari, faylasuf, yozuvchi va axloqshunos 

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish