1 Макиавелли H. Государь. М ., «Планета», 1990. С. 52—53.
93
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki tiklanish davridagi turli xil ichki h am da tashqi ig‘vogarliklaru
qiyinchiliklarni faqat tulkining tadbirkorligiyu arslonning ham lasi bilan
yengib chiqib keta olish m um kin.
Uchinchidan, Makiavelli fikr yuritayotganda, Ovro‘pada yangi vujudga
kelgan milliy davlatni nazarda tutadi. U ning tanqidchilari esa k o ‘p
hollarda, allaqachon o ‘tish yoki tiklanish davrini boshidan kechirgan,
o ‘n yillar, hatto yuz yillar m obaynida o ‘ziga xos m uqim dem okratik
y o ‘nalishni ishlab chiqqan va aholisi shu yo ‘nalishga ongli ravishda
m unosabatda b o ‘la olish darajasiga ko‘tarilgan m am lakatlarning siyosiy
arboblari, faylasuflaridir. Makiavelli ta ’lim otini esa yuqoridagi har uchala
holatda ham Italiya tarixidan ajratib olib tahlil etish m um kin emas.
T o'rtin chidan , Makiavelli barcha m ashhur hukm dorlar tutgan yo‘lni,
hukm ronlik sirlarini shafqatsiz tarzda avra-astarigacha ochib tashlaydi.
Bunday «surbetlik» shunday yo ‘lni bosib o ‘tgan, lekin o ‘zini b unaqa
y o ‘lga aloqasi yo ‘qdek ko ‘rsatishni istagan siyosiy arboblarning g ‘ashini
keltiradi — ularga o ‘zi uchun hozirda yoqimsiz boMgan holatlarni eslatadi.
B e s h in c h id a n , s h u n i d o im y o d d a t u t i s h k e ra k k i, b a r c h a
axloqshunoslar ichida faqat M akiavelligina davlat rahbarini alohida,
boshqalardan tub d an farq qiladigan axloqiy tip sifatida olib qaraydi.
M akiavelli tanqidchilarining va boshqa k o ‘pgina axloqshunoslarning
xatosi shundaki, ular hukm dor axloqini oddiy axloqiy tamoyillarga nisbat
bergan holda baholashga urinadilar. Makiavelli esa hukm dor axloqini
m avjud ijtimoiy sharoitdan, uning jam iyatda va millat taraqqiyotida
egallagan real, istisnoli o ‘rnidan kelib chiqib talqin etadi. Faylasuf bunga
dabdurustdan erishgan emas. U tarixiy voqealar va dalillarni bilgan
h am d a ularni ilmiy tahlil etgan; «Florensiya tarixi» degan fundam ental
asar yaratgan ulkan tarixshunos olim. U tarixiy tajribaga suyanib shunday
xulosaga keladi. Shu bois Makiavelli nom ini siyosatda axloqsizlikni
targ'ib etuvchi, dem okratiyaning dushm ani deganga o ‘xshash sifatlashlar
b ilan «bezash» ilm d an k o ‘ra ehtirosning, soxta dem okratchilikning
mevasidir. Aslida esa haqiqiy donishm and, h ar jihatdan kuchli, m a ’rifatli,
um um lashtiruvchi falsafiy iqtidorga ega hukm dorgina Makiavelli ta ’rifiga
jonli misol bo‘la oladi. M asalaga yettinchi osm ondan emas, real hayotdan
tu rib yondashilsa, b uni anglash qiyin emas.
M a n a, tarix im iz d a n b ir m isol. S o h ib q iro n A m ir T e m u r o ‘g ‘li
M ironshoh va uning a ’yonlarini o ‘zlariga ishonib topshirilgan hud ud ni
boshqarishda adolatsizlikka yo ‘l q o ‘ygani, kayfu safoga berilib, raiyatga
jabr qilgani uchu n shafqatsizlarcha jazolaydi: barcha a ’yonlar o'lim ga
www.ziyouz.com kutubxonasi
hukm etiladi. M ironshoh esa otasining piri Sayyid Baraka m aslahati
tufayligina oMimdan saqlanib qoladi va sazoyi qilinadi: q o ‘llari bog‘liq,
tiz c h o ‘k tirilg a n M iro n s h o h n in g k o ‘zi o ld id a b a r c h a a ’y o n la ri
b o ‘g ‘iz la n a d i, m ax su s o ‘rn a tilg a n ta r n o v d a n o q ib tu r g a n q o n
M ironshohning yodida um rbod qoladi — bu ham oMimga ten g b ir ruhiy
iztirob edi. Bu jazo , haqiqatdan ham shafqatsizlik. Biroq o ‘n besh-
yigirm a odam ning o ‘limi va shahzodaning ruhiy iztiroblari evaziga
M ironshoh tasarrufidagi Eron, Ozarboyjon, R um , A rran singari k o ‘plab
oMkalarni o ‘z ichiga olgan ulkan bir hududdagi m illionlab aholi am aldor
ham da sipohiylarning boshboshdoqligidan, o ‘z fuqarolik huquqlariga
tajovuzidan qu tiladi, y a’ni A m ir T em u rning , shafqatsiz degan nom
olishdan qo'rqm ay, ota emas, hukm dor sifatida ish ko‘rishi tufayli adolat
o ‘rnatiladi; kichik shafqatsizlik ulkan shafqatga aylanadi.
Endi davlat boshlig‘ining o ‘z so ‘zi u stidan chiqish-chiqm asligini
axloqiy baholash borasida zam onaviy b ir misol keltiram iz. S h o 'ro la r
ittifoqi endigina tarqalgan va davlatlararo M D H tashkiloti tuzilayotgan
p a y td a o ‘tk az iIg a n m a tb u o t k o n fe re n s iy a s id a m u x b irla rd a n b iri
0 ‘zbekiston va U krainada fuqarolik m aqom i q anday b o 'la d i, M D H
tark ibid agi b o sh q a d a v la tla r fu q aro lari b u ikk ala d a v la tn in g h am
fuqarolari hisoblanadim i — yo ‘qm i, degan m azm un da savol berdi. Savol
m ohiyatan ig‘vogarona edi. C hunki M D H d avlatlaridan birortasi o ‘sha
paytda bu masalani kun tartibiga q o ‘ym oqchi em asdi, ham m asi hozircha
faqat qog‘ozdagina boMgan m ustaqilligini m ustahkam lashga intilardi.
Lekin, ayni paytda, bu savolga qaysi davlat rahbari salbiy javob bersa,
o ‘sh a d a v la td a ru siy z a b o n a h o lin in g ju n b is h g a k e lis h i, m a ’lum
tartibsizliklar ro ‘y berishi, b u ndan m am lakat m a ’naviy va m oddiy zarar
ko‘rishi shubhasiz edi. Z ero, bu davlatlardagi m udofaa, harbiy sanoat,
o g 'ir sanoat, rangli m etallurgiya va boshqa m u h im so h alar asosan
m ustam lakachilik d a ’volaridan voz k ech ish ni istam agan rusiyzabon
kishilar q o'lida b o ‘lib, ilk o ‘tish davrining dem o k ratiya niqobi ostidagi
boshboshdoqliklari natijasida ular m uayyan m am lakat m ustaqilligiga
sezilarli zarba bera olishga qodir edilar. A gar jav o b ijobiy b o ‘lsa, o ‘sha
ra h b a r d av latid agi a h o lin in g bu qism i ig‘v o g a rlik u c h u n b a h o n a
topolm asdi va g ‘azabini birqancha vaqt bosib turishga m ajb ur b o ‘lardi.
Eng m uhim i an a shu fursat edi. Biroq m am lakatdagi m ustaqillikdan
m ast yoshlar, milliy partiyalar, muxolifatdagi kuchlar bu davlat boshlig'ini
m ohiyatan milliy m ustaqillikka qarshi rah b a r sifatida baholardilar. Ikki
davlat rahbari oldida an a shunday m u h im tan lo v turardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston davlati rahb ari, b archa M D H davlatlari fuqarolari
0 ‘zbekiston fuqarolari b o ‘la oladi deb, U kraina rahbari esa, aksincha,
bunday b o ‘lishi q a t’iyan m um kin emas, deb javob berdi. 0 ‘sha m atbuot
k o n fe re n s iy a s id a n U k ra in a d av lati ra h b a ri z im d a n o lq ish o lib ,
0 ‘zbekiston rahbari esa istehzoli jilm ayishlar ostida chiqib ketdi. O radan
sal o ‘tm ay, 0 ‘zbekistondagi rusiyzabon harbiylar va mutaxassislar bahona
topolm ay, tinchib qoldilar, tez orada Rossiyaga olib o ‘tib ketiladigan
harbiy texnika haqidagi shov-shuvlar ham sekin-asta to ‘xtadi. U krainada
esa rusiyzabon aholining noroziliklari boshlandi, «rus vatanparvarlari»
to m o n id an yuzlab harbiy texnika vositalari, xususan, yangi jangovar
havo kemalari ham Rossiyaga olib o ‘tildi...
Bir necha yildan keyin esa m azkur masala real kun tartibiga q o ‘yildi:
Rossiya davlati o ‘z mavqeyini M arkaziy Osiyo m am lakatlari ichkarisida
m ustahkam lash va, kerak b o ‘lganda, ularning ichki ishlariga aralashish
u c h u n zam in tayyorlash m aqsadida ikkiyoqlam a fuqarolik borasida
tashabbus bilan chiqdi. Shunda 0 ‘zbekiston davlati rahbari oqilona va
aniq javob berdi: 0 ‘zbekiston dem okratik va huquqiy yo‘nalishdagi
davlat, unda barcha m illatlar teng huquqqa ega. Shu bois rus m illatiga
m ansub aholiga ikkiyoqlam a fuqarolik tatb iq etilsa, boshqa m illat
vakillariga ham shunday huquq berilishi kerak, m asalan, koreyslarga,
ukrainlarga, yunonlarga, qozoqlarga, tojiklarga va hokazo. Aks holda,
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan millatlararo
tenghuquqlilik tam oyili buziladi. Ayni paytda, bunday keng miqyosli
ikkiyoqlam a fuqaro lik n in g , m uayyan favqulodda hodisalar yuzaga
kelganda, 0 ‘zbekiston davlati xavfsizligiga, hatto mustaqilligiga xatar
tu g ‘dirishi hech kim ga sir emas.
Bunday javobga M arkaziy Osiyo m am lakatlarining ham m asiga o ‘z
t a ’sirini o ‘tkazib kelgan Rossiya davlati hech nim a deya olmadi: uning
ro ‘parasida ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan o ‘ziga
yarasha qudratli davlat turardi. Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston davlati
rahbariga hech kim , b u n d an b ir necha yil aw algi gapingiz boshqacha
ed i-k u , deya olm adi va deya olm asdi ham . C hunki fikr, um um an
olganda, beqarorlik xususiyatiga ega; fikr beqarorligi — o ‘zgaruvchanligi
taraqqiyot garovi, fikr barqarorligi, fikm ing qotib qolishi insoniyatni
tanazzulga, h atto , um u m an , biologik tu r sifatida yo‘q b o ‘lib ketishiga
h a m olib kelishi m um kin. Bu insoniyatning m ing yillar m obaynidagi
tarix iy tajrib a sid a n c h iq a rilg a n falsafiy xulosaga hech kim qarshi
turolm aydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunday qilib, m uhim b ir xalqaro m asalada 0 ‘zb ekiston davlati
to ‘la yutib chiqdi: b ir to m o n d a n , U kraina singari h a m m odd iy, ham
m a ’naviy zarar ko‘rm adi, ikkinchi to m o n d an , juda katta xalqaro o b ro ‘ga
m ush arraf b o ‘ldi. Lekin bu quvonarli hoi, m a ’naviy lazzat, 0 ‘zbekiston
davlati rahbarining ruhiy iztiroblari, ta ’na-dashnom larga sab r-toqat bilan
chidashi natijasida, fidoyiligi tufayli ro ‘y berdi. 0 ‘zbekiston davlati
rahbari o ‘ziga shafqatsizlik qilib, m illatga, Vatanga shafqat qildi, Lorenso
Valla aytganidek, kichik lazzatdan kechib, vaqtinchalik iztirob evaziga
katta lazzatga noil b o ‘ldi.
Yana shuni t a ’kidlash joizki, M akiavelli q a ttiq q o ‘llilik, so 'zin in g
u stid a n c h iq m a slik singari x a tti- h a ra k a tla rn i faq a t u m u m d a v la t,
u m u m m illa t n u q tay i n a z a rid a n kelib ch iq ib am alg a o sh irilsa g in a
m a’qullaydi, hukm dorning bosiq boMishini, hadeb jazolashga intilmasligi
kerakligini aytadi; o ‘z xalqida nafrat va h azar hissini uyg‘otgan h u k m
dorning ahvoliga voy ekanini ta ’kidlaydi. M utafakkir, an a shu n d ay oqil,
m o hir hukm dorlarga ega m am lakat o ‘z ozodligini q o ‘ldan berm aydi,
deb hisoblaydi. U m u m an , shuni ta ’kidlash kerakki, M akiavelli uchu n
eng m uhim i — ozodlik: ozod Italiya, ozod jam iyat, shaxs erkinligi,
faoliyat erkinligi kabi tushunchalar uning uchun eng asosiy qadriyatlardir.
Ayni paytda, odam lardan nasroniylik talab qiladigan b o ‘ysunish, sabr-
to q a t, h a m m a narsag a s h u k u r qilish singari ax lo q iy ta m o y illa rn i
q o ‘rqm ay qattiq tan q id ostiga oladi. U Italiya ozodligini ikki narsa
yemirganligini aytadi: biri — m illatni b o ‘shashtirib, ojizlashtirib yuborgan
hodisa nasroniylikning xulqiy-axloqiy tam oyillari b o ‘lsa, ikkinchisi —
har qanday respublikachilik va h ar qanday ozodlikning dushm ani qudratli
Rum o saltanati edi.
Xulosa qilib shuni aytishim iz m um kinki, M akiavelli o ‘z asarlarida,
xususan, «H ukm dor» risolasida ilgari surgan axloqiy t a ’lim o t, davlat
rahbari axloqiy faoliyatidagi fazilat va illatning o ‘zaro aloqasi, b ir —
biriga o ‘tib turishi, b a ’zan esa, biri ikkinchisini keltirib chiqarishi haqidagi
yangicha flkrlari haligacha o ‘z aham iyatini y o‘qotgani y o ‘q.
Uyg‘onish davrining yana b ir o ‘ziga xos axloqshunosi, b u M ishel
M o n te n d ir ( 1 5 3 3 —1 5 9 2 ). U n in g a x lo q iy b a d i h a l a r d a n i b o r a t
«Tajribanom a» (1580—1588) asari G ‘arb m a ’naviy d u n y o sid a ulkan
voqea b o ‘lgan am aliy axloq borasidagi noyob asardir. U n i G ‘arb n in g
o ‘ziga xos «G uliston»i deb atash m um kin. Z ero , yangi davr tajribaviy
axloqshunosligi M o n te n d a n boshlanadi: «Tajribanom a» d a tu rli davr
va xalqlar hayotida ro ‘y bergan ju d a k o ‘p axloqiy h o la tla r yig‘ilgan:
www.ziyouz.com kutubxonasi
ular m uallifning nozik ruhiy-ijtim oiy kuzatishlariga moyil iste dodli
ax lo q sh u n o s ek an in i k o ‘rsatad i. M o n ten o ‘z m u lo h azalari o rq ali
in so n n in g tajribalar girdobiga ilojsiz tushib q o lg an zot ekanligini
ta ’kidlaydi va bizda shunday qudratli, jonli ta s a w u r uyg‘otadiki, bu
ta s a w u r uchu n dunyo qiyofalar yaratadigan xom ashyo m anbaiga
aylanadi. M utafakkir o ‘z davri uchun m uhim b o ‘lgan barcha m asalalar
b ila n , o ‘zligini tah lil etish bilan shug‘ullanadi: «Yashash m en ing
m ashg‘ulotim , m ening san ’atim — m ana shu!...
M en bunda h atti-
harakatlarim ni em as, balki o ‘zim ni, o ‘z m ohiyatim ni tasvirlayman», —
deydi m u ta fak k ir1. Z e ro , o ‘z — o ‘zini k ashf etish, o ‘zini — о ziga
tush u ntirish, M o nten fikricha, axloqiylikning sharti hisoblanadi.
«M en o ‘zimga qay tarzda yondashishim orqaligina, — deb yozadi
faylasuf, — o ‘zim dan uyatchanlik va surbetlikni, bokiralik va buzuqlikni,
sergaplik va kam suqum likni, m ehnatkashlik va logarlikni, zehni o ‘tkirlik
va t o ‘p o s lik n i, tu n d lik va o c h iq k o ‘n g illik n i, y o lg ‘o n c h ilik va
h aq iqatgo‘ylikni topam an. 0 ‘zini diqqat bilan o ‘rgangan kishi о zida
va, h atto , o ‘z m ulohazalarida ana shunday beqarorlik ham da qaram a-
qarshilikni ko ‘radi»2. Bu bilan M onten aql-idrok insondagi m urakkab
ru h iy h o latla r ichidagi b irgina holatdir. Shu sababli hech qanday
uyg‘unlashtiruvchi m a ’naviy shakl, hech qanday burch yoki fazilat
subyektning xotiijamligini kafolatlay olmaydi, ya’ni axloq muayyan qat iy
belgilangan, bir xildagi m e ’yorlar yig‘indisidan iborat b o ‘lmaydi, degan
fikrni ilgari suradi. Lekin b a ’zan uning shubhago‘yligi (skeptitsizm i)
m e ’yoridan oshib ketadi, shaxsni faqat o ‘zini o ‘ylashga barcha fikr va
niyatini o ‘z foydasini ko ‘zlash uchun qaratishga, y a’ni uni xudbinlikka
d a ’vat etishgacha borib yetadi. Ayni paytda bu shubhago‘ylik subyekt
tushunchasining ikki tom onlam aligini qat’iy ta ’kidlab o ‘tadi. Axloqning
ikkiga b o ‘linganini k o ‘rastish b arobarida M o n te n shu ikki qism ni
birlashtirishga intiladi. M utafakkir ta ’lim otining m ohiyati ham ana
sh u n d an iborat. U ning ta ’lim oti insondan aql-idrok, m ulohaza bilan
yashash huquqiga asoslanishni talab qiladi.
U yg‘onish davri axloqiy t a ’lim otlari axloqshunosiik tarixida shubasiz
o lg 'a tashlangan qadam b o ‘ldi. Z ero, bu davr m utafakkirlari qadim gi
d u ny o axloqshunoslari ilgari surgan nazariya va g ‘oyalarni 0 ‘rta asrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |