So‘zlashish usuli. Bu usul o‘z ichiga tarbiyachi va bolalarning xikoyalar aytib berishini, tabiat to‘g‘risidagi badiy asarlarni o‘qish, tirik organizmlarni o‘zaro bir-biri bilan aloqada bo‘lshpi to‘g‘risida suhbatlar tashkil qilishdan iboratdir. So‘zlashish usulidan bolalardagi tabiatga nisbatan ijobiy xis-tuyg‘uni shakllanishiga yordam beradi.
Bolalarni ekologik tarbiyalash jarayonida ishlatiladigan turli xil usullarni jamlagan holda, bir-biri bilan uyg‘unlashtirilgan xolda olib borish kerak. [12,20,21]
Kerakli usullarni tanlab olish va ulardan jamlangan holda foydalanish, turli yoshdagi bolgsharni imkoniyatlari, rivojlanish darajasi ularni oldiga qo‘yilgan tarbiyalash va bilim berish bilan bog‘liq bo‘lgai vazifalarni bajarish xarakteri orqali aniqlanadi. Bola bilishi kerak bo‘lgan tabiat ob’ektlari va tabiat hodisalarining xilma-xilligi xam o‘z navbatida turli hil usullardan foydayaanishni taqate etadi. Masalan, qurbaqa, itbaliq, dumli qurbaqani hayot kechirish tarzi uning xarakatlarini kuzatmasdan turib bilib bo‘lmaydi, xuddi shunday uyda o‘sadigan o‘simliklarni hayot kechirish tarzi, ularni parvarish qilish, ularga suv quyish, tagini yumshatish kabi xarakatlarni kuzatish orqali, qor va muz xossalari esa ular bilan turli xil tajriba va o‘yinlar o‘tkazish orqali kuzatiladi.
Yovvoyi hayvonlar to‘g‘risidagi bilim badiiy adabiyotlarni o‘qish, tarbiyachi hikoyalari. yumshoq va elimli o‘yinchoqlar, yovvoyi hayvonlarning rangli rasmlarini ko‘rsatish yordamida shakllanadi. Tarbiyachi o‘z hikoyalarida yovvoyi xayvonlar qanday qilib o‘zlari yashayotgan muhitga moslashishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishlari shart.
Tabiatni, atrofdagi olamni bilishda katta e’tibor kuzatishga qaratiladi, chunki kuzatish ekologik tarbiyaning asosiy usuli hisoblanadi.
Kuzatishdan maqsad - bu predmetlarning ichki va tashqi tuzilmalari, sifati va hossalari, o‘zgarish sabablari (o‘simlik va jonivorlar), mavsumiy o‘zgarishlarni aniqlash va o‘rganib borishdir.Tarbiyachi bolalar bilan tabiat qo‘yniga uyushtiriladigan sayrlarmazmunini murakkablashtiradi. Bu sayrlar bolalarning axloqiy tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. Bolalaarda tabiatga muhabbat,unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash jarayoni ko‘proq aniqlik va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda taxminan ikki yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular bolalarda vatanparvarlik tuyg‘ulari va jonli narsalarga muhabbatni tarbiyalashga yordam beradi.
1).O‘simlik va hayvonot dunyosi,jonsiz tabiat bilan tanishtirish,tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, bilimlarni chuqurlashtirish.
2). Tabiat –Vatanimiz boyligi, uning go‘zalligi, insonlarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ekinlarni o‘stirish va hayvonlarni parvarish qilish ishlarining zarurligi.
Sayohatlar vaqtida tarbiyachi bolalarga o‘simliklarni ehtiyot qilishni, gulzorlarni toptamaslikni, ulardan gul uzmaslikni yoki nihollarni bosib tashlamaslikni, shohlarini sindirmaslikni eslatadi.Shuningdek, tarbiyachi bolalarga daraxt kasal bo‘lmasligi uchun uchun shohlari kesilgan joylariga bo‘yoq surkalishi, ildizlarini sovuq olmasligi uchun qishda daraxt tagiga qor to‘plab qo‘yilishini (agar daraxtning ildizi muzlasa u qurib qoladi)ko‘rsatadi.
Yilning turli davrlarida, turli ob-havo sharoitida tabiat hodisalarini kuzatish estetik va ahloqiy tarbiyaning birligi uchun sharoit yaratadi.Bolalar go‘zallikni ko‘rish, tushunishga o‘rganadilar.Tabiat bilan muloqot bolada quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi, bu esa o‘z navbatda uning tengdoshlari, jamoadagi xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadi.Bola atrofga xayrxox bo‘lib boradi.
Oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tarbiyachi bolalarni qabul qilish xususiyatini yanada faollashtirish maqsadida turli xil o‘yinlarni o‘ylab topadi va ulardan foydalanadi. Masalan, bolalarga savollar beradi, ma’lum bir predmetni o‘rganib chiqishni taklif qiladi, ob’ektlarni bir-biri bilan taqqoslaydi, ma’lum bir ob’ektlarning tabiat hodisalari bilan aloqasini aniqlab beradi.
Bolalarni ekologik tarbiyalashda qo‘llaniladigan kuzatish usuli asosiy usul hisoblanadi. Bu usuldan samarali foydalanishning ahdmiyati maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tushunarli bo‘lgan bilimlar xarakteri bilan bog‘likdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘plagan bilimlari asosan tabiat ob’ektlari, hodisalarni obrazli qilib qabul qilish, ya’ni tasavvur qilishdan iboratdir. Tasavvur qanchalik rangli va aniq bo‘lsa, bola qiynalmasdan o‘z tasavvurlaridan amaliyotda foydalanadi. Buning uchun bolalarni tez-tez tabiat quchog‘iga olib chiqish, undagi hodisalarini kuzatish, ularning o‘rtasidati o‘zaro aloqalarni o‘rganish kerak.
Kuzatish maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiatni turli xil ko‘rinishlari rango-rangligini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyatini beradi. Tabiatda kechadigan ko‘pgina hodisalar va o‘zgarishlarni kuzatish unchalik ko‘p bilim talab qilmaydi. Tabiatda uchraydigan o‘zaro bog‘lanish va munosabatlar tabiatni tushunishga uni bilishga yordam beradi.
Kuzatishlarni tartiblashtirilgan tarzda va doimo tabiat bilan yaqindan tanishish ishlarini olib borish, bolani kuzatish, qiziqish, ba’zi bir hodisalarni kelib chiqish sabablarini aniqlash kabi harakatlarga undaydi. Natijada, bolada diqqat bilan kuzatish, razm solish qobiliyati rivojpanadi. Bu esa, o‘z navbatida bolalarning aqliy tarbiyasini rivojlantirish oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Tabiatni kuzatish estetik va ekologik taassurotlarni bitmas-tuganmas manbai hisoblanadi va bolalar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyachi tomonidan kuzatishning turli xil usullari qo‘llaniladi. Masalan: bog‘chalarda turli xil o‘simlik va jonivorlar, jonsiz tabiat ob’ektlari, turli xil ob’ektlarni aniqlash uchun kuzatishni o‘rganish usulidan foydalaniladi. Bu usul o‘z navbatida bolalarda tabiat to‘g‘risida yorqin, jonli tasavvurlarning to‘planishiga sabab bo‘ladi.
Bolada tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar, o‘simlik va jonivorlarning o‘sishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi taassurotlarning shakllanishiga yordam beruvchi kuzatishlardan ham foydalaniladi.
Kuzatish davomida butun-butun hodisalarni alohida belgilari yordamida aniqlash zarur. Masalan, rangiga qarab meva pishganmi yoki hommi: uy o‘simliklari rangining o‘zgarishi: erga tushgan urug‘ga qarab, qaysi daraxt mevasi ekanligini aniklash. Yoz va kuz fasllarida bolalarga mevali daraxtlarning mevalarini ko‘rsatish maqsadida oromgohlarga borish, ekskursiyalar uyushtirish natijasida, ular qish faslida tol, terak, chinor, akatsiya, safora kabi daraxtlarning barg va mevalari tushib ketganligiga qaramasdan, mevaga qarab qaysi daraxtga mansub ekanligini aniqlay oladilar.
Kuzatishlar yakka tartibda yoki 3-6 kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlar bilan, ba’zida butun guruh bilan o‘tkaziladi. Kuzatishga bunday yondoshish tarbiyachi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga bog‘liqdir. Mashg‘ulotlarda jonivor va o‘simliklar, kattalarning qilayotgan mehnatlarini kuzatish mumkin. Bu vaqtda bolalar bilan ishlash kichik guruhlar yoki frontal tarzda tashkil qilinadi. Sayohatlar kichik guruhlar bilan yoki yakka tartibda tashkil qilinadi.
Kuzatishlarning har bir turi garbiyachi tomonidan o‘ziga xos tarzda boshqarilib turiladi. Turli xildagi kuzatishlarni olib borish uchun quyidagi talablarni bajarish kerak.
1. Kuzatishning maqsad va vazifasi aniq bo‘lishi kerak. Har bir holat uchun belgilangan vazifani bilish, o‘rganish xarakteriga ega bo‘lishi, bolani o‘ylashga, eslashga, oldiga qo‘yilgan savolga javob izlashga undashi lozim.
2. Har bir kuzatish turi uchun tarbiyachi tomonidan unchalik katta bo‘lmagan bilim darajasi tanlab olinadi. Tabiat ob’ektlari to‘g‘risidagi tasavvurlar tabiat ob’ektlari bilan tez-tez uchrashib turish natijasida bola ongida asta-sekinlik bilan shakllanadi.
Har bir alohida olingan kuzatish bolani yangi bilim olishga, bor tasavvurlarni esa yanada chuqurlashtirishga va kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
3. Kuzatishni tashkil qilishda o‘zaro aloqalarni ta’minlaydigan tartiblashtarishdan foydalanishni ko‘zda tutish lozim. Natijada, bolalarda ularni o‘rab turgan tabiat to‘g‘risida chuqur va to‘liq tasavvur shakllanadi.
4. Kuzatish bolalarning ongi va so‘zlashish faolligini oshirishga yordam berishi kerak. Aqliy faollikni oshirish xilma-xil yo‘llar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, bolalar oldiga aniq va echimi qulay masala qo‘yish, kuzatish bo‘yicha bola to‘plagan tajribasidan foydalanish, kuzatish
natijalarini gapirib berish, bir ob’ektni boshqa bir ob’ekt bilan taqqoslash, turli xil darajadagi murakkab savollarni o‘rtaga tashlash va h.k. Ko‘pgina munozarali, muammoli va ekologik mazmunga ega bo‘lgan savollar bilan bolaning ongi, tafakkurini qo‘zg‘atish kerak.
5. Kuzatishlar bolalarni tabiatga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytarishi, tabiatda kechadigan o‘zaro bog‘liqlik to‘g‘risida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga undaydi.
6. Kuzatish jarayonida to‘plangan bilim doimo mustahkamlanib, to‘ldirilib, yanada chuqurlashtirilib borishi va boshqa usul, ish shakllari yordamida tartiblashtirilishi, umumlashtirilishi kerak. Bunday shakllarga tarbiyachining hikoyalari, tabiat to‘g‘risida badiiy kitoblarni o‘qish, rasm
chizish, har xil shakllarni yasash, tabiat kalendarini olib borish, ko‘rgan, kuzatganlar to‘g‘risida davra suhbatlar o‘tkazish kiradi.
Har bir alohida olib borilgan kuzatishlar natijasida bolalarda tabiatning u yoki bu ob’ekt to‘g‘risida elementar tasavvurlarning shakllanishi, tabiatga nisbayagan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hissini paydo qiladi.[22,24]
Ma’lum bir kuzatish jarayonini olib borishda tarbiyachi ushbu kuzatishni uslubiyot tomonidan to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Kuzatish olib borilayotgan davrda tinch vaziyatni saqlash, qafasdagi qushni bolalar uchun ko‘rinadigan joyga osish, akvariumni qulay joyga qo‘yish. ular to‘g‘risida gapirib berilayotgan vaqtda ushbu predmetlar so‘zlovchi uchun ham kuzatuvchi uchun ham qulay vaziyatda joylashgan bo‘lishi shart.
Shuningdek, o‘z navbatida bolalarda olib borilayotgan kuzatishga nisbatan qiziqish mavjud bo‘lishi kerak. Ushbu qiziqishni uyg‘ota bilish yo‘llari xilma-xildir. Masalan, akvariumdagi baliqlarning harakatini kuzatishdan oldin, tarbiyachi bolalarga akvariumni yuvish, uni baliq solishga tayyorlash ishida qatnashish, jonli quyonni ko‘rsatishdan avval quyonga beriladigan sabzavotlarni tozalash, to‘g‘rashni taklif qiladi. Bundan tashhari gapirib bermoqchi bo‘lgan hayvon tirigini ko‘rsatish, uning to‘g‘risida topishmoq, maqollar aytib berish orqali bolalardagi qiziqish kuchaytiriladi.
Kuzatish olib borish jarayonida tarbiyachi tomonidan bolalar dunyoqarashini kengaytirib borish, bolalarni bilish, o‘rganish asosan, 3 bosqichdan iboratdir
Birinchi bosqichda tarbiyalanuvchilar gapirilayotgan ob’ekt to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bolalarga kuzatilayotgan ob’ektni to‘liq ko‘rib chiqish uchun vaqt beriladi. Kuzatish davomida tarbiyachi bolalarga ob’ektni yaxshiroq kuzatish uchun uning tashqi belgilarini ajratish, bir-biri bilan taqqoslash, o‘xshash va farq qiluvchi belgilarini topish, o‘zining shu ob’ektga nisbatan munosabatini ifodalovchi savollar bilan murojaat qiladi.
Ikkinchi bosqichda tarbiyachi bolalarning yoshiga qarab qabul qilish imkoniyati turlicha ekanligidan kelib chiqqan holda, ob’ekt belgilari, sifati, hossalarini aniqlovchi. ma’lum bir jonivorning hulqi, hayot kechirish tarzi, o‘simliklar holati va boshqa holatlarni o‘rganish va kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan usullardan foydalanadi: bir organizmning ikkinchi organizm bilan o‘zaro aloqasini (zarpechak daraxt tanasiga chirmashdi. laylak tumshug‘ida qurbaqani ushlab turibdi, daraxt shoxida qo‘ng‘iz o‘tiribdi) aniqlaydi.
Tarbiyachi bolalarga turli xil savollar beradi, topishmoqlar aytadi, oldilarida turgan predmetni yaxshiroq kuzatishni taklif qiladi, ularni bir-biri bilan taqqoslashga undaydi.
O‘simlik va hayvonot dunyosining tashqi xususiyatlari, bir organizm ikkinchi organizm hisobiga yashashini ochib beruvchi, mehnat bilan bog‘liq harakatlar, o‘yinlar, she’lar, badiiy asarlardan parchalar o‘qishdan keng foydalanadi.
Bu harakatlar o‘z navbatida bolalarda kuzatilayottan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
Kuzatish jarayonida hayvonlar harakatini kuzatish orqali bolalar sharoitga yarasha hayvonlarning xulqlari ham o‘zgarib borishi bilan tanishadilar.
O‘simliklarni kuzatish, o‘simlikning eng ajralib turuvchi qismini (guli, barg, shox) ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Undan so‘ng navbat bilan tashqi tuzilishi (balandligi, shakli, ustki qismi) ko‘zdan kechiriladi. SHunday qilib, tarbiyachi bolalarni kuzatishni sistemali ravishda olib borishga o‘rgatadi.
Uchinchi bosqichda olib borilgan kuzatishlarga yakun yasaladi. To‘plangan natija, bilimlar umumlashtiriladi.
Agar kuzatish ishlari sistemali ravishda olib borilsa, bolalarda bilim olish, o‘rganish va odatlarning umumiy tizimi shakllanadi va bu o‘z navbatida bolalarni tabiat ob’ektlariga, o‘zlarini o‘rab turgan olamga yaxshi munosabatda bo‘lishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |