KUNDUZGI SAYR
|
Kuzatish
|
Harakatli o‘yin
|
Ixtiyoriy o‘yin
|
Mehnat
|
Tinch o‘yin
Sayr qismlarining ketma- ketligi olingan mavzuga qarab o‘zgarishi ham mumkin
|
Kechki sayr esa quyidagi qismlarga bo‘linadi.
KECHKI SAYR
|
Ixtiyoriy kuzatish
|
Ixtiyoriy o‘yinlar
|
Ota-onalar bilan ishlash
|
Tarbiyachining asosiy maqsadi yo‘naltirilgan ish natijasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda asta-sekinlik bilan mashg‘ulotlardagi faoliyatlarga qiziqish uyg‘otish, shug‘ullanish istagini shakllantirishdir. Tarbiyachi albatta bu yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olib, bolalarni jalb etadi. Mashg‘ulotlar bolalarda tabiatga dastlabki qiziqishni, ijtimoiy hayot hodisalari, insonning axloqiy fazilatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni dastavval ijtimoiy hodisalarning tashqi tomoni qiziqtirganligi uchun tarbiyachi ular e’tiborini kishilarning turmushi va faoliyatidagi eng yorqin ko‘zga tashlanadigan voqealarga qaratadi.[11]
Mashg‘ulotlarni kundalik kuzatishlar bilan bog‘lash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, ko‘cha bo‘ylab sayrlar o‘tkazish, rasmlarni tomosha qilish vaqida tarbiyachi bolalarga yangi uy qanday qurilayotganligini, ko‘chalarni bayramga qanday bezatishganini, yo‘lda transport qanday harakatlanayotganligini ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolalarga yaqin erda bunyod etilayotgan katta chiroyli binoda do‘konlar va kvartiralar bo‘lishini sodda va qisqa qilib tushuntiradi.U bolalarning savollariga tushunarli javob qaytaradi, bolalar ko‘rayotgan narsalar haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qiladi,mehnat qilayotgan kishilarga hurmatni tarbiyalaydi.
Har safar maxsus sayohatlar va kuzatishlarni tashkil etishda faqat mashinalarning turli markalariga e’tiborni qaratibgina qolmay,balki haydovchining mehnati muhimligini va qiyinligini ham ta’kidlash zarur.Agar imkoniyati bo‘lsa, yo‘lovchilarning haydovchi mehnatini hurmat qilishlarini, ko‘chani tartib bilan tezroq kesib o‘tishga intilishlarini, maxsus o‘tish joylaridan foydalanishlarini, faqat yashil chiroq yongandagina ko‘chani kesib o‘tishlarini ko‘rsatish yaxshi bo‘ladi.
Tarbiyachi maktabgacha ta’lim joylashgan ko‘cha bo‘ylab sayohat tashkil etganda, bolalarga odamlarning hatti-harakatiga nazar tashlashni taklif etadi.Mana, qarshidan ikkita ayol kelayati. Ulardan biri keksaroq. YOsh ayolning qo‘lida sabzavot solingan sumka, keksa ayol esa chinnigulardan iborat guldasta ko‘tarib olgan.Tarbiyachi yosh ayolning og‘ir narsani ko‘tarishi qiyin bo‘lgan keksa odam haqida g‘amho‘rlik qilayotganligini ta’kidlaydi. Mana bir bola butalarni savalayapti. Tarbiyachi bolaning yosh nihollarni savalashni darhol to‘xtatishni talab etadi.O‘z guruhidagi bolalarga bu bolaning yomon hatti-harakat qilganini, unga ergashish kerak emasligini nafrat bilan gapiradi.Sayr va kuzatishlar savollar va tarbiyachining izohlari bilan olib boriladi.Bu bolalar ong-bilim doirasini kengaytiradi va kattalarning mehnati haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qiladi. Lekin faqat tasavvurlarni kengaytirish bilangina cheklanib qolmaslik lozim. Ularning his-tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatish kerak. Bu u yoki bu jarayonni kuzatar ekan, chinakam qiziqish bildiradigan, bolalar bilan birga ko‘rgan narsalaridan quvonadigan, hayratlanadigan va ush tariqa bolalarningqiziqishini oshiradigan tarbiyachilarda ayniqsa muvaffaqiyatli chiqadi.
Bolalar bilan maqsadli sayrlar o‘tkazish chog‘ida ularning tevarak-atrofdagi narsalarga bog‘liq holda mashinalarning ko‘chaga qanday suv sepishi yoki ko‘chada gullarni qanday parvarishlashayotganliklari, do‘konlarga keltirilgan nonni qanday tushirishini, sotuvchining kitob do‘konida kitoblarni qanday sotishi va boshqa ko‘pgina qiziqarli kuzatishlarni o‘tkazish mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Bunday sayrlar bolalar uchun juda foydalidir, chunki u kattalar(haydovchi, sotuvchi, ishchi) mehnati to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi, bolalarda bu mehnatga qiziqish shakllantirish, ularda ezgu his-tuyg‘ularni uyg‘otish imkonini beradi.
Bayramlar arafasida ko‘chalar bo‘ylab o‘tkaziladigan sayrlar Vatanimizga muhabbatni tarbiyalashda ayniqsa katta yordam beradi.Tarbiyachi bolalar e’tiborini bezatilgan uylarga, ko‘chalarga, bayroqlarga jalb etadi. Tarbiyachi bolalarga tushunarli tarzda ko‘chalarning bunchalik bezatilishi sababini izohlab beradi. Bunda uning o‘z tarbiyalanuvchilarida bayramni kutish quvonchini, shaharga,Vatanga muhabbat tuyg‘ularini hosil qila olishi g‘oyatda muhimdir. Tarbiyachi bolalarda quvonchli tuyg‘ularni uzoq vaqt esda qoluvchi taassurotlarni hosil qiladiki, ularni kichkintoylar o‘z o‘yinlarida aks ettiradilar, bu haqida ota-onalariga so‘zlab beradilar.
Tarbiyachi tabiatga, jonajon o‘lkaga, o‘z mamlakatiga muhabbatni tarbiyalashning ta’sirchan vositalaridan biri ekanligini yodda tutib, bolalarga yoshligidan boshlab ana shu tabiatga qiziqish va muhabbat singdirishga katta e’tibor beradi. Ayni paytda tabiat bolalarning aql-idroki va his-tug‘ularini boyitadi, ularning hayotini qiziqarli, yorqin qiladi, o‘simlik va hayvonlarga ehtiyotkorona va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni, xayrixoxlik va mehribonlikni shakllantirishga ko‘mak beradi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachi turli shakllardan foydalanadi. Masalan: xiyobonga, o‘tloqqa maqsadli sayrlar uyushtiradi, maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi. “Mushuk(qushcha)ni tomosha qilish”, “Akvariumdagi suvni almashtirish” va boshqalar.
Jonli mavjudotlar bilan mashg‘ulot o‘tkazish chog‘ida tarbiyachi bolalar e’tiborini faqat jonivor, qushning tashqi ko‘rinishiga, ularning nima yoyishiga qaratmaydi, balki, ularda bu hayvon va parrandalarga qiziqish, ularni parvarish qilish istagini uyg‘otishga intiladi.
Bunaday mashg‘ulotlarda ham, maqsadli sayr chog‘ida ham kattalar bolalarni ular jonivor(yoki o‘simlik) haqida bevosita g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlari bilan bog‘liq faoliyatga jalb etadi.
O‘tloqqa sayr qilgan paytda yorqin chuchmomalar yoki dala chinnigullarini tomosha qilish yaxshidir.”Bu chuchmoma,-deydi tarbiyachi, -bu esa chinnigul. Qanday chiroyli,-qizil!”.
Tarbiyachi bolalarga gullarni yulmasliklarini eslatishni unutmasligi kerak. Bolalar bu erga keladiganlarning hammasi gullarni xuddi biz kabi zavqlanib tomosha qilishsin.!” [31]
Qushchani ko‘rish chog‘ida kattalar bolalarni uni parvarish qilishga chorlar ekan, ulardan biriga suv, ikkinchisiga don keltirishni, uchinchisiga endi unib chiqqan arpa maysalarini solib qo‘yishni taklif etadi. Bunda qushlar yaxshi sayrashi uchun ularni parvarish qilish kerak –deb ta’kidlaydi tarbiyachi. Bolalar uchun ana shunday amaliy faoliyat juda muhimdir.
Agar maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoit bo‘lsa, bolalar bilan issiqxonalarga yoki ko‘chatxonalarga sayohatlar tashkil qilishi mumkin.
Ota-onalar bilan shanba va yakshanba kungi sayohatlar, shahar
tashqarisiga chiqish, hayvonot bog‘iga borish, tabiat haqidagi multfilmlar, filmlarni tomosha qilish bolalar bilan suhbatlashish uchun mavzu bo‘lishi mumkin.
Bolalar muassasalaridan tashqaridagi piyoda sayr va sayohatlar bolalar turizmining eng oddiy ko‘rinishlaridan biridir.
Muayyan maqsadda uyushtiriladigan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli va foydalidir.Ular bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga, jismoniy rivojlanishiga, estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqotga kirishishga, harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi.
Bolalar ko‘pincha bolalar bog‘chasi xonasi yoki uchastkasida turli mashqlarni bajarayotib, yangi vaziyatda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar.
Tabiatning bolalarning sayr paytida duch keladigan o‘zgarib turuvchi sharoiti joylarda zarur mo‘ljal olishni, qatiyatlikni , botirlikni, umumiy chidamlilikni tarbiyalashga , do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Shuning uchun bunday sayr va sayohatlar muntazam amalga oshirilishi va u kichik gruppalardan boshlanishi, bunda mazkur gruppa bolalarining yosh xususiyatlari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, individual ko‘rsatkichlari hamda vrach tavsiyalari hisobga olinishi lozim.
Sayoatlar maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun tarbiyachi ularni kundalikish rejasida oldindan belgilab oladi va o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘radi.
Yoz- sayohatlarni o‘tkazishining eng qulay vaqti.Tarbiyachi bolalar muassasasi joylashgan tumani, shaharda( agarbolalar bog‘chasining dalahovlisi bo‘lmasa) park , bog‘, hiyobonlar, dala hovlida, yaqin atrofdagi o‘rmon, yaylov, soy, gullagan o‘tloq, daryo, ko‘lni oldindan o‘rganadi.
Bolalar bilan qaysi yo‘ldan borish maqsadga muvofiqligini aniqlash, ayrim marshrutlarning uzoqligini belgilash juda muhimdir.
Bolalarni yo‘lda dam oldirish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi, harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish mashqlarini o‘tkazish imkonini beradigan barcha tabiiy sharoit – irmoqchalar, qirg‘oq, do‘ngalaklar, tepaliklar, yiqilgan va egilib qolgan daraxtlar, yaylov va hokazolarning mavjudligi hisobga olinadi.
Turli jamoat muassasalari( shaharda, shuningdekdalahovlida) stadion va unda mavjud jismoniy tarbiya maydonchalari bilan tanishish ham juda maqsadga muvofiqdir. Bularning barchasi sayr va sayohatlarni rejalashtirish, ular maqsadini belgilash (masalan, sportchilar trenirovkasini, ularning o‘yini, musobaqalarini kuzatish), marshrutlarni tanlash uchun zarur muhim ma’lumotlardir.
Sayohatlar mazmuniga o‘yinchoqlar va kichikroq jismoniy tarbiya ashyolaridan foydalanib amalga oshiriladigan harakatli o‘yinlar kiritiladi.Yalanglikda navbatdagi jismoniy tarbiya mashg‘uloti, harakatli o‘yin o‘tkazilishi, shundan so‘ng bolalar dam olishlari, sayr etishlari, hotirjam o‘ynashlari mumkin.
Qish faslida bolalar bog‘chasidan tashqariga sayr uyushtirish ham muhim bo‘lib, u ham ish rejaga kiritiladi.
Agar muayyan bir guruxdagi barcha bolalar konkida uchao ladigan bo‘lsalar yaqin oradagi muz maydoniga( uning ma’muriyati bilan oldindan kelishilgan holda) borish maqsadga muvofiqdir. Kichik gurux bolalari yaqin atrofdagi hiyobonda sayr qilishlari mumkin.Bunday sayrlar bardoshlilik, chidamlilikni hosil qilishga, bola organizmining qarshilik ko‘rsata olishini oshirishga, nerv sistemasi faoliyatini mo‘tadillashtirishga, bolalarda tetik, quvnoq kayfiyat yuzaga kelishiga yordam beradi.
Bolalar bog‘chalari muntazam ravishda chiniqtirish va chang‘i, konkidan foydalangan holda o‘tkaziladigan sayrlar yuqumli va shamollash kasaliklarining sonini juda kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli’ xillaridan foydalanadi.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatlibo‘lishi mumkin.
O‘simlik va hayvonlarni o‘sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg‘arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning obektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to‘g‘ri keladi.
Kuzatish narsalarning ayrim belgilariga qarab holatlarini aniqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug‘orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yoki qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalaming pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma’lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko‘nikmalarining hosil bo‘lishiga yordam beradi. Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko‘ra murakkab bo‘lganligi sababli, maktabgacha ta’lim, o‘rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi.
Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra o‘simlik va hayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan sayohat, sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg‘ulotlarda tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |