Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta


I-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN



Download 1,5 Mb.
bet12/38
Sana27.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#414523
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH USULLARI”Abdullayeva (Adilova) Sohiba

I-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN SaYOHATLAR TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI.


1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sayohatlar tashkil etishning usullari, yo‘nalishlari.
Sayohatlar bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lishlari ularning sog‘ligiga va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning ochiq havoda bo‘lishi natijasida qon kislorodga to‘yadi, temperaturaning o‘zgarib turishi, havoning namligi, shamol ta’siri termoregulyasion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi.
O‘tkaziladigan sayohatning tashkiliy jihatlari, mazmuni va mstodikasini tarbiyachilar puxta o‘ylashlari lozim. Sayohatga yig‘ilish ko‘p vaqtni olmasligi, buning uchun bolalarni bir tartibda kiyinish va echinishga o‘rgatish kerak. Sayohatlar rejasiga atrof hayotni kuzatish, sport mashg‘ulotlari, mehnat faoliyati, o‘yinlar kiradi. Bolalarning turli faoliyatlarini tashkil etish uchun bolalar maydonchasi pedagogik talabga javob beradigan qilib jihozlangan bo‘lishi kerak. Har bir guruh maydonchasida turli o‘yinlar o‘tkazish uchun qurilish materiallari, qum, suv, turli o‘yinchoqlar, sirpanish uchun tepaliklar, muz maydonchasi, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, sakrash uchun moslamalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Veslosiped uchish, mashinada yurish uchun yo‘l bo‘lishi kerak. Bolalar 3—4 soat ochiq havoda vaqt o‘tkazishlari lozim. Faqat qattik yomg‘irda, kuchli shamolda, sovuq — 25° dan oshganda sayrga chiqish kerak emas.
Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigienik sharoit (bino, maydoncha, jihozlar, kiyim-bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojlantirish va organizmni chiniqtirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi) albatta bajarish zarur. SHu bilan birga, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlari olib borishi talab etiladi.
Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarida murg‘ak qalblarga ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilaridagi eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda va atrof –olamda yuz beradigan voqea-hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Bolalarga inson umri tabiat bag‘rida kechishini, inson va tabiatning o‘zaro bog‘liqligini, ularning bir-biriga nisbatan ta’sir ko‘rsata olishini hamda bu ta’sirlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini anglatish, shu orqali bolalar o‘rtasida ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish, yosh qalblarda ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish va ularning ekologik tarbiyasini amalga oshirishning qulay pedagogik usullarini ishlab chiqish va didaktik imkoniyatlarga boy tarbiyaviy usul va vositalarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun sayohatlar, sayrlar tabiat qo‘ynida past-baland joylarda (istirohat bog‘lari, dalalar, tog‘lar, kishloqlar va x.k.) o‘tkaziladi.
Tarbiyachilar tomonidan Vatanimizning manzarali joylari haqida suhbatlar uyushtiriladi. Engil harakatlar bilan 2,5 km masofaga yuriladi. Turizm sayyohatlariga doir ishlar turizm ma’muriyati tomonidan qat’iy belgilangan marshrut asosida (5 dan 25 km gacha instruktor nazoratida) olib boriladi.
Sayohatlar davomida turgan joyni yo‘nalishni aniqlashni, turistik anjomlardan foydalanishlari, to‘siqlardan oshib o‘tib qiyinchiliklarni engish, palatka tutish, ovqat pishirish, bir-biriga yordam berish, tabiatni sevish va uni asrashni ham bolalarga o‘rgatish, bilim berish va ko‘nikmalar hosil qilish lozim.
Bolalarni maktabga tayyorlashni belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik , o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena darajasidir. Bu me’yoriy ko‘rsatkichlar ”Ilk qadam” tayanch dasturi va “Davlat talablari ” asosida belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan etuk, ma’naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim va tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, ahloqiy estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiatni sevish, undan oqilona foydalanish, sog‘lom va barkamol bo‘lib etishishlarida sog‘lomlashtirish va jismoniy tarbiya, tabiatga oid bo‘lgan tadbirlarni o‘z o‘rnida rejalashtirish ham katta o‘rin tutadi. Bu esa tarbiyachining shaxsiy va kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida kechayotgan pedagogik jarayonda bolalar faoliyatini tashkil etish, ularni tabiat bilan tanishtirishda turli xil usul va shakllardan foydalanib kelinmoqda. Bular asosan mashg‘ulotlar, sayr va sayohatlar tarzida bolalar bilan o‘tkaziladi. Yashab turgan joy, tabiatni kuzatish, yoki tabiat kuchog‘ida mehnat qilishni guruhlar bilan yoki yakka tartibda tashkil qilish samarali natija beradi. Jumladan, o‘rgatish jarayonida bolalarda tabiatni muhofaza qilish istagini uyg‘otish va uni ehtiyot qilmayotganlarga nisbatan salbiy munosabatni hosil qilish uchun tarbiyachi har xil usullardan foydalanishi (ko‘rgazmali, amaliy, so‘zlashuv) maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish